Mavzu: O‘smirlik davrida deviant xulq-atvorning namoyon bo‘lishi



Yüklə 29,39 Kb.
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü29,39 Kb.
#157013
  1   2
Mavzu O‘smirlik davrida deviant xulq-atvorning namoyon bo‘lishi


Mavzu: O‘smirlik davrida deviant xulq-atvorning namoyon bo‘lishi.
O‘smirlik yoshida deviasiya namoyon bo‘lishining tinimsiz oshib borishi ijtimoiy pedagog oldida ular bilan ishlashning yangi usullari, texnologiyalarini izlash va ularni faoliyatga tatbiq etish vazifasini qo‘yadi. Ilmiy nazariya va amaliyotda ikki asosiy texnologiya profilaktika hamda reabilitasiya keng tarqalgan
Profilaktika — o‘smirlar xulq-atvorida ijtimoiy me'yorlardan og‘ishning turli shakllarini keltirib chiqaruvchi asosiy sabab va sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy, tibbiy, tash kiliy, tarbiyaviy va davlat tadbirlarining majmuasidir. U, asosan, bolani o‘rab turuvchi muhitga bog‘liq buladi.
Profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirayotganda, ijtimoiy pedagog quyidagi qoidalarga tayanadi:
1. Ijtimoiy-madaniy me'yorni o‘zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida amalga oshadi. Inson qadriyatlar, g‘oyalar va boshqa ramziy tizimlar majmuasini o‘zlashtirmay, jamiyatning to‘la qonli a'zosi sifatida faoliyat yurita olmaydi.
2. Ijtimoiy madaniy me'yorning muxolifi bolalarning ijtimoiy-madaniy va pedagogik qarovsizligi bulib, u nafaqat bola rivojining gayrime'yoriy alomati, balki uning zimmasiga anomal ijgimoiy holatlarni yuklatishning natijasi sifatida qaraladi.
3. Bolalar qarovsizligining profilaktikasi nafaqat mavhum ijtimoiy madaniy me'yordan, balki muayyan sharoitda yashashga majbur bulgan boladan kelib chiqishi lozim.
4. Bola reabilitasiyasini amalga oshiruvchi faoliyat sub'ekti, ijtimoiy sub'ekt va shaxs darajasida amalga oshirilishi kerak. “Profilaktika” atamasi uzi noxush oqibatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish ma'nosini bildiradi} Ijtimoiy og‘ishlar turli sabab va holatlardan kelib chiqishini inobatga olib, profilaktik chora-tadbirlarning bir nechta turlarini ajratsa buladi:
— neytrallashtiruvchi;
— o‘rnini to‘ldiruvchi;
— ijtimoiy og‘ishlarga sabab bo‘luvchi holatlarni yuzaga kelishidan ogohlantiruvchi;
— bu holatlarni bartaraf etuvchi;
— o‘tkaziladigan profilaktika ishlarini nazorat qiluvchi.
Ijtimoiy pedagogning o‘smirlar bilan profilaktika ishlarini olib borishida bir nechta yondashuvlar mavjud:
Informasion yondashuv voyaga yetmagan shaxslar ularga davlat va jamiyat tomonidan axloqiy me'yorlarni bajarishga takdim etilgan huquq va majburiyatlardan xabardor qilinadilar.
Ijgimoiy profilaktik yondashuv. Bunda asosiy maqsad salbiy hodisalarni aniklash, bartaraf etish va zararsizlantirishdir.
Bu yondashuvning mohiyati davlat, jamiyat, muayyan ijtimoiypedagogik muassasa, ijtimoiy pedagog tomonidan deviant xulq -atvorni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy-iktisodiy, ijtimoiy-siyosiy, tashkiliy, huquqiy va tarbiyaviy chora-tadbirlarni o‘tkazishdan iborat.
Tibbiy-biologik yondashuvning mohiyati esa ijtimoiy me'yorlardan, ehtimoliy og‘ishlardan, turli ruhiy anomaliyalardan aziyat chekuvchi shaxslarga nisbatan davlat profilaktik tavsifdagi choralar vositasida oldini olish hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogik yondashuv deviant xulq-atvorli o‘smirning ijobiy xislatlarini tiklashda namoyon buladi. Deviant xulq-atvorga ega bolalarning ijtimoiy-pedagogik reabilitasiyasi. Ijtimoiy pedagogning dezadaptasiya bo‘lgan o‘smirlar bilan ishlashining boshqa bir texnologiyasi ularning reabilitasiyasi hisoblanadi. Reabilitasiyaga keng turdagi vazifalar va oddiy ko‘nikmalardan tortib, insonning jamiyatda to‘liq integratsiyalashuvigacha bo‘lgan masalalarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi sifatida qaralishi mumkin.
Reabilitasiya ob'ektlariga quyidagilar kiradi:
1. Ijtimoiy va pedagogik qarovsiz bolalar. Qarovsiz guruhdagi bolalarning eng keng tarqalgan toifasi bulib, ularning tarbiyasi og‘ir psixologik-pedagogik sabablar bilan izoxlanadi. Qarovsizlikning asosiy belgilari deb yetakchilik faoliyatidagi kamchiliklar, xulq-atvorda chetga og‘ish va ijtimoiy adaptasiya qiyinchiliklarini aytsak buladi. Bu bolalar va o‘smirlar faoliyatning to‘laqonli sub'ekti bo‘lmaganliklari uchun ularga asosiy yordamni pedagog, psixolog va ota-onalar ko‘rsatishlari mumkin.
2. Voyaga yetmagan huqukbuzarlar, yetim bolalar, xulq-atvorida og‘ish bo‘lgan o‘smirlar. Bu toifadagi bolalarga, avvlambor, ijtimoiy adaptasiyada, ijtimoiy rollarni egallashda yordam ko‘rsatish lozim. Reabilitasiyaning asosiy sub'ekti ijtimoiy pedagog bulib, u yuqorida sanab o‘gilgan funksiyalarni bajara olishi, o‘smirlar va bolalarga psixologik yordam ko‘rsata olishi lozim.
3.Nerv-psixologik sog‘lig‘i buzilgan va funksional og‘ishlarga ega bolalar:
—surunkali somatik kasalliklar;
—funksional buzilishlar;
asab-ruhiy hastaliklar;
— aqliy qolokushk;
— nogironlik.
Bu toifa bolalar, avvalambor, tibbiy va ruhiy reabilitasiyaga ehtiyoj sezadilar. Ularning sub'-ektlari shifokorlar va psixologlar bo‘lib, ular, shuningdek, pedagog va ijtimoiy xodimlar bilan hamkorlikda kompleks
reabilitasiyani o‘tkazishlari mumkin.
Reabilitasion yordam tavsifi:
— kechikkan yordamdan profilaktik yordamga o‘tish;
— jazolovchi yordamdan ayovchi yordamga o‘tish;
— tasodifiy yordamdan kafolatlangan va kompleks yordamga o‘tish;
— anonim yordamdan shaxsiy yordamga o‘tish.
Adaptasiyadan farqli o‘laroq, reabilitasiya tiklanish, faollashttirish sifatida tushunila-di. Reabilitasiya jarayonida o‘rnini to‘ldiruvchi mexanizm mavjud nuqsonni yengib o‘tish uchun qo‘llanadi. Adaptasiya jarayonida esa u mavjud nuqsonga moslashuv maqsadida qo‘llanadi.
Demak, reabilitasiya — bolani jamiyatdagi faol hayotga vaijtimoiy foydali mehnatga qaytarish maqsadidagi choratadbirlar tizimidir.
Reabilitasiyaning bir qancha turlari mavjud: tibbiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy-iqtisodiy, kasbiy, maishiy.

Yüklə 29,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə