Mavzu: Moliyaviy tahlilda qo’llaniladigan usullari Kirish Reja


Moliyaviy tahlil fanida qo’llaniladigan usullar, ularning mazmuni va mohiyati



Yüklə 138,64 Kb.
səhifə2/9
tarix20.05.2022
ölçüsü138,64 Kb.
#87421
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Moliyaviy tahlilda qo’llaniladigan usullari (2) (Автосохраненный)

Moliyaviy tahlil fanida qo’llaniladigan usullar, ularning mazmuni va mohiyati.

Iqtisodiy tahlil jarayonida turli usullar va metodikalar qo‘llaniladi. Bu usul va metodikalardan foydalanish jarayonida tahlil metodining asosiy jihatlarini kompleksligi va tizimlashganligi yaqqol ko‘rinadi. Xo‘jalik jarayonlarining umumiy birligi, o‘ziga xos tuzilish va tarkibga egaligi hamda murakkab tavsifdagi o‘zaro bog‘liqligi tahlil usullari va metodikalarini qo‘llashda asosiy e’tiborda turadi.
Tahlilning usul va metodikalarini qo‘llashda korxonaning xo‘jalik va boshqa turdagi faoliyatini bir butun tizim ekanligi, uning umumiy yakuniy natijasi mavjudligi nazarda tutilgan holda faoliyatning turli tomonlari va elementlari ham alohida, ham birgalikda o‘rganilib, ulaming o’zaro bogliqligi. biri ikkinchisining ta’siridan kelib chiqishi. ya’ni ketma-ketligi aniqlanib. barcha omillar asosiy hamda asosiy bolmagan guruhlarga bo'linadi va ular o'zaro uyg‘unlashtirilgan hamda tizimga solingan holda yakuniy natijaga omillarning birgalikdagi bevosita va bilvosita ta’siri hisoblanadi.
“Moliyaviy hisobotning maqsadi arzon kapitalni olishdir ... Oddiy qilib aytganda, korporatsiya qarz oladigan foiz stavkasi qanchalik past bo'lsa yoki aktsiyalarni yangi investorlarga sotishi mumkin bo'lgan narx qancha yuqori bo'lsa, aktsiyadorlarning boyligi shunchalik yuqori bo'ladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, moliyaviy hisobotning eng yaxshi turi - bu korporatsiyaning holatini to'liq va adolatli aks ettiruvchi emas, balki eng yuqori kredit reytingini va narx bo'yicha daromadlarni ko'paytiradigan hisobot. Agar eng yuqori reyting va ko'payishlar rentabellik va moliyaviy ahvolni noto'g'ri ko'rsatadigan hisobotlar natijasida kelib chiqsa, aksiyadorlar oldidagi ishonchli majburiyat mantig'i rahbariyatni buxgalteriya darsliklarida namuna sifatida emas, balki bunday tartibda nashr etishga majbur qiladi”.

Tahlil usullarini qo’lash o‘rganilayotgan jarayonlaming bir-biriga bog'liqligi. o‘zgarish sababi, ta’sir ko‘rsatgan omillar va qo’shimcha sabablarni aniqlashga yordam beradi.


Hozirgi raqobatdosh iqtisodiyotda aksariyat yetuk iqtisodchi olimlarimiz tahlilning usullarini iqtisodiy adabiyotlarda shartli ravishda ikki guruhga ajratib ko'rsatishmoqda. Iqtisodiy tahlilning usullarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:

  1. Oddiy-an'anaviy (odatdagi) usullar guruhi.

  2. Iqtisodiy - matematik (omilli tahlil) usullar guruhi.

Oddiy-an'anaviy (odatdagi) usullar guruhiga iqtisodiy tahlil paydo
bo’lgandan buyon an’anaga aylanib, amaliy tajribada keng qo'llanilib kelayotgan usullar kiritiladi. Ulaming tarkibiga mutlaq va nisbiy farqlarni aniqlash, taqqoslash, guruhlashtirish, balansli bog‘lanish, zanjirli bog'lanish, indeks, foizlar va hokazo usullarni kiritishimiz mumkin bo’ladi.
Iqtisodiy-matematik usullarni yuzaga kelishi esa iqtisodiy axborotlarni qayta ishlovchi kompyuterlar hamda axborot texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'liq. Ushbu usullar iqtisodiy axborotlarni hisoblash va qayta ishlash jarayonini tezlashtirib, ularni qisqa muddatda boshqaruv xodimlariga uzatish hamda murakkab masalalarni tez va aniq hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Korrelatsiya, regressiya, integral, nazariy o'yin, matematik dasturlash va shu kabilar iqtisodiy-matematik usullarga misol bo‘ladi.
Xo‘jalik jarayonlarini organish, tahlil etishda yangi usul va vositalardan foydalanish iqtisodiy tahlilni takomillashtirishning muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu ma'noda tahlilda qo'llaniladigan iqtisodiy-matematik usullarni ham ushbu qatorga kiritish mumkin.




  1. Yüklə 138,64 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə