Mavzu: maslahat jarrayonining tuzilishi


Psixologik maslahatchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 262,77 Kb.
səhifə7/10
tarix17.12.2023
ölçüsü262,77 Kb.
#150230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MASLAHAT JARRAYONINING TUZILISHI

Psixologik maslahatchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar
Psixologik maslahatga va psixolog-maslahatchi amaliy ishiga qo‘yiladigan umumiy, kasbiy va ma’naviy-axlokiy talablar tizimi nizomlarda juda yaxshi aks ettirilgan. Mana shu Nizomning ko‘pchilik qoidalari psixolog-maslahatchi ishiga bevosita qo‘llanilgan. Ularning «psixolog» iborasi o‘rniga «psixolog-maslahatchi» so‘z birligini kiritib, ushbu qoidalarni eslatib o‘tamiz.

  1. Psixolog-maslahatchining kasbiy faoliyati u mijozga taklif etgan tavsiyalari uchun mijoz oldida uning mas’uliyati bilan ifodalanadi.

  2. Psixolog-maslahatchining kasbiy faoliyati ma’naviy-axlokiy va yuridik asoslarga muvofiqlikka tayanishi kerak.

  3. Psixolog-maslahatchining faoliyati mijozning intellektual va shaxsiy rivojlanishi yo‘lida har kanday cheklanishlarni olib tashlashni ko‘zda tutuvchi insonparvarlik maqsadlariga erishishga qaratilgan.

  4. Psixolog-maslahatchi o‘z ishini mijoz shaxsini qadr qimmatini so‘zsiz hurmat qilish va daxlsizligi asosida tashkil etadi. Psixolog-maslahatchi inson huquqlari deklaratsiyasi bilan belgilangan inson huquqi asoslarini hurmat qiladi.

  5. Mijozlar bilan ishlashda psixolog-maslahatchi xalollik va ochiklik tamoyillariga amal kiladi. Shu bilan birga u mijozga maslahat va tavsiyalarni berganda puxta o‘ylashi va extiyot bo‘lishi kerak.

  6. Psixolog-maslahatchi mijoz xukuklari buzilishini sezganda o‘z kasbiy birlashmalari a’zolari, xamkasblariga xabar berish, mijozlar bilan insonparvarlik munosabatlari buzilayotgani xolatlarini aytishi kerak.

  7. Psixolog-maslahatchi mijozlarga kerakli ma’lumoti, malakasi, bilimlari va ixtisosi mavjud bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin.

  8. O‘z ishida psixolog-maslahatchi faqat zamonaviy umumfan standartlariga javob beradigan sinovdan o‘tgan metodikalarni qo‘llashi kerak.

  9. O‘zining bilimlari va malakalarini doimiy ravishda yuksak darajasini ta’minlab turish psixolog-maslahatchining majburiy tarkibiy qismi hisoblanadi.

  10. Ilmiy tajribalarga to‘la javob bermaydigan yetarlicha sinovdan o‘tmagan psixologik metodlar va tavsiyalarni qo‘llashga majbur bo‘lganida psixolog-maslahatchi bu haqida o‘z mijozlarini ogohlantirishi va o‘z xulosalarida juda ehtiyot bo‘lishlari kerak.

  11. Psixolog-maslahatchi o‘z mijozi to‘g‘risida ma’lumotni oshkor qilishga yoki maslahatlar natijasi to‘g‘risida ma’lumotni oshkor qilishga yoki uchinchi shaxsga aytishga haqqi yo‘q.

  12. Psixolog-maslahatchi huquqi bo‘lmagan, kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lmagan shaxslarning psixologik maslahatlar va psixologik ta’sir ko‘rsatish metodlaridan foydalanishlariga to‘sqinlik qilishi hamda shunday «mutaxassislarning» xizmatlaridan foydalanayotganlarni bu haqda ogohlantirishi kerak.

  13. Psixolog-maslahatchi huquqi bo‘lmagan odamlarga mijozlar bilan psixologik ishlar metodlarini o‘rgatishi mumkin emas.

  14. Psixolog-maslahatchi mijoz tomonidan noo‘rin ishonch va umid yuzaga keltirmaslik uchun, ehtiyot bo‘lishi kerak, unga bajarib bo‘lmaydigan va’dalar, maslahatlar va tavsiyalar bermasligi kerak.

  15. Psixolog-maslahatchi mijozlarga taalluqli axborotlarni sir saqlash uchun shaxsiy javobgarlikni bo‘yniga oladi.

Mana shu barcha qoidalarga yoki odob normalariga amal qilish psixolog-maslahatchi amaliy ishida majburiy hisoblanadi. Bundan tashqari kasbiy tayyorlangan yaxshi psixolog-maslahatchining kasbiy to‘la tayyorlanmagan psixolog maslahatchidan ajratib turadigan yana bir qator muhim farqlar bor. Bu farq psixolog-maslahatchining mijozga bo‘lgan munosabati, psixologik maslahatlar davomida uchrab turadigan qiyin vaziyatlardan u qanday chiqa olishiga bog‘liq. Quyida keltirilgan 1-jadvalda tajribali va tajribasiz psixolog-maslahatchi xulqining 10 ta xususiyatlarini solishtirib ko‘rsatib o‘tilgan.

Yüklə 262,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə