Mavzu: maslahat jarrayonining tuzilishi


Shaxsni ekperimental o‘rganish usullari



Yüklə 262,77 Kb.
səhifə3/10
tarix17.12.2023
ölçüsü262,77 Kb.
#150230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MASLAHAT JARRAYONINING TUZILISHI

Shaxsni ekperimental o‘rganish usullari
Yuqorida psixologiyada shaxsni nazariy jihatdan o‘rganish bilan bog‘liq bir qancha fikrlarni yuqorida ko‘rib chiqdik. Zamonaviy psixologiyada shaxsni ekperimental o‘rganish dolzarb bo‘lib qolganligi uchun bu borada olib borilayotgan ishlar tahlilini keltirib o‘tamiz.
Tadqiqotchi shaxsni o‘rganar ekan ikki narsani aniq bilishi kerak: birinchisi, qanday usulda o‘rganish va ikkinchisi, shaxsning qaysi xususiyatini o‘rganish.
Hozirda shaxsni o‘rganishda ma’lumot to‘plashning uchta asosiy usuli mavjd bo‘lib, shaxs haqida ma’lumot to‘plashning bu usllari odatda L, Q va T - ma’lumotlar deb nomlanadi.
Shaxsning kundalik hayotidagi real xulq-atvori haqida olingan ma’lumotlar L-ma’lumotlar (life record data) deb nomlanadi. Agar ma’lumot to‘plashning bu usulini qisqacha ta’riflaydigan bo‘lsak, shuni alohida qayd etish lozimki, bu usul tashqi kuzatishlarga va shaxsning ma’lum bir xatti-harakati yoki muvoffaqiyatini qayd etishga tayanadi. L- ma’lumotlar ko‘pincha boshqa usul orqali olingan natijalarning validligini aniqlashda yordam berish uchun qo‘llaniladi. Qayd etish lozim, ushbu usul bir qancha kamchiliklarga ega.Birinchi navbatda, haddan tashqari sub’ektivlilikka asoslanishini – uning kamchiligi sifatida qayd etish mumkin.
Shu o‘rinda Gordon Olportning Z.Freyd bilan uchrashuvidan olingan bir misolni keltirish o‘rinlidir.G.Olport talabalik davrida Z.Freydning oldiga o‘zini qiziqtirgan savol bilan boradi. Bu haqda G.Olport shunday hikoya qiladi: «Freyd meni o‘z xonasiga taklif qildi va menga o‘z fikrlarimni to‘plab olish uchun imkon bergan misol jim qarab turdi. Men noqulaylik sezib to‘g‘ri kelgan mavzudan gap ochishga urundim va hozirgina yo‘lda kelayotib kuzatganim 4 yoshli bolaning xulqidagi fobiyaga tegishli misjlni aytib berdim. Bola oyisiga «Men bu yerda o‘tirmayman, chunki juda kir ekan», «Mana bu irkit amaki mening yonimda o‘tirmasin» deb qayta-qayta takrorlardi. Men angladimki, uning nazarida hamma narsa kir bosgandek ko‘rinardi, uning onasi uy bekasi ekanligi toza va saranjom kiyinganligidan ma’lum edi. Undagi notozalikdan qo‘rquv onasining ta’siri bo‘lsa kerak deb o‘yladim va bu haqda Freydga aytdim.
Shunda u menga «Bu bolakay siz emasdingizmi?» deb savol berdi. Men uyalib gapni boshqa mavzuga burdim.Uning motivatsiyani tushunmaganligi meni hayron qoldirgan edi».
Ushbu misolda G.Olportning motivatsiyasini oddiy kuzatish yoki hatto uning gaplarini tinglab ham anglay olmagan byuk psixologni tanqid qilish uchun emas, balki yuqoridagi usl orqali ma’lumot to‘plashda sub’ektivlilikning ta’sirini tushuntirish uchun keltirdik.
Shaxs haqida ma’lumot to‘plashning ikkinchi usuli turli xil savolnoma va metodikalarga javob berishdan foydalanish orqali ma’lumot to‘plash usuli bo‘lib, bu usul ayni kunda juda keng tarqalgan. Ushbu usul orqali to‘plangan ma’lumotlar shaxs ekperimental psixologiyasida Q- ma’lumotlar (questionnaire data) deb atalishi qabul qilingan. O‘zining instrumental tzilishining soddaligi va ma’lumot olishning osonligi bois ushbu usul shaxsni tadqiq etishda birinchi o‘rinda turadi. Lekin qayd etish lozim, bu usul ham kamchiliklardan holi emas. Bu usul shaxsning o‘zi haqidagi ma’lumotlarni o‘zi baholashi asosida kechishini yuqorida qayd etgan edik, shunga ko‘ra olinayotgan ma’lumotlarda faktlarning buzib ko‘rsatilishi natijasida xatoliklarni keltirib chiqarishi mumkin va natijada sinaluvchi intellektning va madaniyatning past yoki yuqori ko‘rsatkichda bo‘lib qolishiga; sinaluvchining motivatsiyasida o‘zgarishga sabab bo‘lishi mumkin. Chunki ayrim sinaluvchilarda ataylab o‘zini jamoatchilikka yaxshi ko‘rsatishga intilish mavjud bo‘lsa, ayrimlarida o‘z kamchiliklarini bo‘rttirib ko‘rsatish ustun bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari matndagi so‘zlar yoki tasdiqlarni yaxshi tushunmaslik natijasida ham noto‘ri ma’lumotlarga ega bo‘lib qolish mumkin.
Shaxs haqida ma’lumot to‘plashning uchunchi usuli ob’ektiv ma’lumotlarni qayd etish bilan yuqoridagiladan farqlanadi.Bu usulda olingan ma’lumotlar T- ma’lumotlar (objective data) deb yuritiladi.Ushbu usul ham o‘ziga xos kamchiliklardan holi emas. Masalan, uning sermashaqqatliligi - natijalarni tahlil qilishning haddan tashqari murakkab va ko‘p mehnat talab qilishi kabilar.
Shunday qilib, yuqorida ko‘rsatilgan usullarning barchasida kamchiliklar mavjud. Faqat so‘rovnomalar orqali shaxsni tadqiq etish usuli boshqalariga nisbatan keng tarqalganligini va foydalanilayotganligini qayd etish joiz. Buning sababi, uning soddaligi bilangina belgilanmaydi, balki bu usulda olingan natijalar orqali shaxsning xususiyatlarini bir necha turlarga bo‘lish va ularga tavsif berish imkoni ham mavjudligi uning ommalashuviga sababdir. Bu usulning yana bir afzalligi natijalarni tahlil qilishda matematik usulllardan foydalanish imkoni borligidadir.
Xorijda shaxs psixologiyasini ekperimental o‘raganayotgan ayrim tadqiqotchilar har qanday savolnoma yoki anketa ham tekshiriluvchi va tadqiqotchi o‘rtasida bavosita munosabat bo‘lganligi bois aniq ma’lumot bera olmaydi, deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, shaxs to‘g‘ri javob berishi mumkin bo‘lgan usul – bu intervyu yoki o g‘zaki suhbatlar bo‘ilishi mumkin.
Shuningdek xorijda shaxsni qanday usulda o‘rganishdan ko‘ra uning qaysi jihatlarini o‘rganilsa ko‘proq ma’lumot berishiga e’tibor qaratishgan.
Shaxsni eksperimental jihatdan tadqiq etishni dastlab boshlagan taniqli olimlardan biri Z.Freyd shaxsning ongsizlik sohasini tadqiq etish muhimligini ta’kidlaydi. U o‘zining Id va Superego o‘rtasidagi tafovutlar sabab kelib chiqadigan xavotirlanishlar va buning natijasi bo‘lgan jinsiy va agressiv mayllar shaxs xulqini boshqaruvchi motiv ekanligini ta’kidlaydi. Neofreydistlardan A.Adler, K.Xorni, K.Yung kabilar esa Freydning bu ta’limotini qabul qilish bilan birga, shaxsda jinsiy va agressiv mayllardan tashqari boshqa motivlar ham borligini va Egoning shaxsni boshqarishdagi roli kattaroq ekanligini ta’kidlash orqali Freydga qarshi chiqadilar.
Freydning ongsizlikni tadqiq qilish orqali shaxs xulqini o‘rganish mumkin, degan fikriga qarshi chiqqan taniqli psixologlardan yana biri G.Olport bo‘lib, u yuqorida keltirilgan misol orqali ham shaxs xulqiga faqat yashirin motivlar emas, balki ongli motivlar (masalan, qiziqish) ham ta’sir etishi mumkin deb hisoblagan. Va Olportni shaxsning xarakteri yoki xulqini namoyon qilishiga nima ta’sir qilishi emas, balki ularning individual xususiyatga ega ekanligi ko‘proq qiziqtirgan.
Gans Ayzenk shaxsdagi ekstroversiya-introversiya hamda hissiy tur g‘unlik va notur g‘unlik holatlarini aniqlashga harakat qilgan.
A.Maslou shaxsni o‘rganishda uning ehtiyojlari kata rol o‘ynaydi, deb hisoblagan. U bir qancha mashhur odamlar bilan o‘tkazgan tadqiqotlari natijasida mashhurlar o‘z ehtiyojlarini qondirishda etiborni o‘z-o‘ziga emas, vazifalarni yechishga qaratganligini aniqlagan. Ya’ni uning fikricha, ehtiyoj paydo bo‘lganda «men shuni istayapman», deb qo‘l qovushtirib o‘tirgan kishiga nisbatan, «buning uchun nima qilishim kerak» deb yo‘nalgan kishi ko‘proq muvoffaqiyatga erishar ekan.
Shaxs psixologiyasini o‘rgangan va uni tadqiq etishda katta yutuqlarga erishgan Karl Rodjers ham Maslou kabi o‘zini namoyon qilishga e’tibor qaratadi va uning fikricha – barcha insonlar ma’lum bir muvaffaqiyatga erishish va o‘sish uchun imkoniyatlarga ega, faqat tashqi to‘siqlar bu o‘sishga xalaqit bermasa. U ijobiy o‘sishga yordam beruvchi 3ta shartni aytadi: samimiylik, ma’qullash, hamdard bo‘la olish. Karl Rodjers shaxsning xarakter sifatlarini o‘rganar ekan, shaxsni o‘rganish uchun eng muhimi uning «Men konsepsiyasi» ekanligini ta’kidlaydi. «Agar bizning «Men konsepsiya»miz ijobiy bo‘lsa, u holda biz xotirjam harakat qilamiz va dunyoni ijobiy qabul qilamiz, aksincha bo‘lsa biz o‘zimizni baxtsiz his qilamiz va hayotdan qoniqmaymiz», deydi Rodjers. Shuning uchun K.Rodjers psixiatrlarga, ota-onalarga, o‘qituvchilarga va do‘stlarga yaqinlariga o‘zlarini bilib olishlari, anglashlari va qabul qilishlari uchun metodikalarga to‘g‘ri javob berish lozimligini uqtirishni ta’kidlaydi.
Shaxsning o‘ziga baho berish sohasini o‘rgangan olimlar Tori Xiggins va Djon Bar tadqiqot jarayonida sinaluvchilarga o‘z-o‘ziga va boshqa odamlarga iliq va yaxshi gaplar aytish topshiri g‘ini beradi. Ularning xulosasiga ko‘ra, o‘ziga yaxshi munosabatda bo‘ladiganlar uyqusizlikdan azob chekmaydilar, tashqi ta’sirlarga qarshi tura oladilar, salbiy illatlarga moyilligi kamroq bo‘ladi, murakkab vaziyatlarda ancha xotirjam bo‘ladilar va boshqalarga nisbatan o‘zlarini baxtli his qiladilar. O‘zini past baholaydiganlar esa o‘zini omadsiz deb hisoblaydilar va o‘zlariga aytish uchun yaxshi so‘zlar ham topa olmaganlar. Ularda depressiyaga moyillik kuzatilgan.Va o‘z orzulariga yetisha olmaganligi uchun o‘zlarini baxtsiz hisoblashgan.
Shaxsni eksperimental jihatdan o‘rganayotgan tadqiqotchilarning e’tiboridagi yana bir masala uning o‘z o‘zini oqlashi bilan bog‘liq xususityalardir. Odamlarda o‘zining yomon ishlariga nisbatan yaxshi ishlari uchun javobgarlikka moyillik kuchliroq bo‘lar ekan. Masalan, imtihondan o‘ta olmagan talabalarning aksariyati o‘zini emas, imtihonni yoki imtihon oluvchini ayblashar ekan. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, aksariyat odamlar o‘zlarini o‘z tengdoshlari yoki o‘z hamkasblariga nisbatan yaxshi o‘qiyotgan, yaxshi ishlayotgan deb hisoblar ekan.
Shaxs borasidagi tadqiqotlar taxlilini k o‘plab keltirish mumkin.
Ularning barchasini umulashtirganda bir narsa ayon b o‘ladiki, shaxsni o‘rganishda uni iloji boricha bir necha usul bilan va har tomonlama o‘rganish maqsadga muvofiqdir.Chunki bunday o‘rganish u haqda aniq xulosaga kelishga imkon beradi.
Xulosa qilib aytganda, shaxs muammosi umumiy psixologiya o‘rganadigan eng asosiy tushunchalardan biri b o‘lib, bu tushnchani oydinlashtirish uchun olib borilayotgan tadqiqotlar hali-hanuz davom etmoqda. Va natijada yuqoridagi ma’lumotlarni yana bir karra isbotlash bilan birga yana yangi ma’lumotlarga ega b o‘lishmoqda. Bu ma’lumotlar va shaxsning boshqa qirralariga xos b o‘lgan ma’lumotlar psixologiyaning boshqa sohalarida o‘z aksini topgan.



Yüklə 262,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə