Mavzu: Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashda O‘zbekistonning o‘rni



Yüklə 60,47 Kb.
tarix17.12.2023
ölçüsü60,47 Kb.
#149971
otabek5


Mavzu: Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashda O‘zbekistonning o‘rni.
Reja
Mavzu: Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashda O‘zbekistonning o‘rni. Reja:
  • Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik muammolarining ijtimoiy-siyosiy xususiyatlari.
  • Mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda O’zbekistonning BMT bilan hamkorligi.
  • O’zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqa xavfsizligini ta’minlashdagi xalqaro tashkilotlar doirasidagi o’rni va roli.

O’tmishda Turonzamin – Movaraunnahr – Turkiston – O’rta Osiyo va Qozog’iston, xozirda esa Markaziy Osiyo deb nom olgan bu ulkan xududda 5 mustaqil davlat mavjud bo’lib, ular
O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridir. Ularning xududi 4,4 mln kv. km aholisi 55 mln dan ortiqdir.1
Bu davlatlarda yuzdan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilmoqda. Ularning dini, tili, dili, suvi, havosi bir va yeri tutash, madaniyati, urf-odatlari, an’analari bir-biriga yaqin. Ular nafaqat
qo’shni balki qon qardosh bo’lib ketgan.
Markaziy Osiyo kuchli iqtisodiy potensialga ega bo’lgan mintaqa. Katta miqdorda ishchi kuchi, suv-energetika, transport-kommunikatsiyasi va yer resurslariga, tabiiy boylikka ega bo’lgan, SHarq bilan G’arbni bog’lovchi “Buyuk Ipak yo’li” ustida joylashgan va geostrategik jihatdan katta qulaylikka ega bo’lgan bu mintaqa dunyodagi rivojlangan davlatlarning diqqatini o’ziga tortmoqda.
Katta boylikka ega bo’lgan bu mintaqada diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm havfi kuchayib bormoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida aholisining soni, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va intellektual
salohiyati jihatidan, hamda mintaqa havfsizligini ta’minlash, diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash jihatidan O’zbekiston yetakchi o’rinni egallaydi.
Istiqlol tufayli O’zbekiston Mustaqil tashqi siyosat olib borish imkoniyatiga ega bo’ldi.
Tojikistondagi birodarkushlik urushi, Afg’onistondagi nizolar, terrorizm, diniy ekstremizm va fundamentalizm shular jumlasidandir. Mustaqillikka erishgan Markaziy Osiyo davlatlarida turli siyosiy, iqtisodiy, harbiy va ekologiyaga oid ko’plab muammolar to’planib qolganligi sir emas.
SHuning uchun ham Birinchi Prezidentiimiz I.A.Karimov BMT Bosh Assableyasining 48 -50
sessiyalari va “Ming yillik” sammitida so’zlagan nutqida ilgari surilgan “Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash”, “Mintaqani yadro qurollaridan xoli zonaga aylantirish”, “Fuqarolar urushi olovida yonayotgan qo’shni Afg’onistonga qurol-yarog’ yetkazib berishni to’xtatish”, “Mintaqalar havfsizligini barqaror etish orqali dunyo tinchligini ta’minlash”, “Xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi hamkorlikda kurashish” kabi muhim takliflari xalqaro jamoatchilik tomonidan qo’llab-quvvatlandi. 1
Afg’onistondagi notinchliklar dunyo hamda Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi va barqarorligiga tahdid soluvchi eng muhim omillardan biriga aylandi. SHu sababga ko’ra Markaziy Osiyo mamlakatlari tinch yo’l bilan Afg’onistonda tinchlikni o’rnatishdan va shu orqali mintaqada xavfsizlikni ta’minlashdan va uzoq muddatli barqarorlikka erishishdan manfaatdorlar.
Afg’onistonda birodarkushlik urushlari 23 yildan ortiq davom etdi. Bu mamlakat xalqaro
terrorizm va diniy ekstremizm markaziga aylangan edi. Bundan tashqari insoniyat uchun katta havf bo’lgan giyohvand moddalar yetishtirilardi. Dunyoda yetishtirilgan giyohvand moddaning 70 foizi Afg’onistonda yetishtiriladi. Bu zaxarli moddani O’rta Osiyo orqali dunyoga tarqatishga harakat qilinilgan. O’zbekiston bunga qarshi keskin kurash olib borayapti. Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni qaror toptirish havfsizlikni ta’minlash O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo’nalishi hisoblanadi.
Afg’oniston muammosini hal etish yo’lida O’zbekiston mustaqillikni dastlabki kunlaridan boshlab o’z tashqi siyosatida faol ish olib borganligi ko’rsatib o’tilgan. Jumladan, 1992 yil 13 oktyabrda Toshkentda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentii I.A.Karimov va Afg’oniston Islom davlati rahbari Burhoniddin Rabboniy tomonidan ikki qo’shni davlat o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatish, havo yo’llari ochish to’g’risidagi hujjatlar imzolangan2.
Markaziy Osiyo mintakasida xavfsizlikni ta’minlash yo’lida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentii I.A.Karimov xalqaro tashkilotlarning yig’ilishlarida qator tashabbuslarni ilgari surgan. Jumladan, bunday tashabbuslar BMT Bosh Assambleyasining 48 -sessiyasidagi ma’ruzasida, 1994 yil dekabrda yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT)ga3 a’zo mamlakatlar davlat boshliqlarining Budapesht sammitida, 1997 yil 22–25 sentyabridagi yeXHT Parlament Assambleyaning kengaytirilgan “Markaziy Osiyo va Kavkazda mintaqaviy xavfsizlik, siyosiy va iqtisodiy, ijtimoiy va insonparvarlik masalalari” mavzusida Toshkent shahrida bo’lib o’tgan xalqaro seminarida bayon etilgan4.
SHu bilan birga, 1999 yil 19-20 iyul kunlari O’zbekiston hukumati tashabbusi bilan Afg’oniston
masalasi bo’yicha “6+2” guruhi uchrashuvining Toshkent shahrida bo’lib o’tganligiga va uning ahamiyatga ega tomonlariga alohida e’tibor berilgan5.
Ko’p yillar davomida cho’zilib ketgan Afg’on muammosining hal bo’layotganligi dunyodagi
yetakchi davlatlar va xalqaro tashkilotlarning sa’y-harakatlari natijasi deb qarash lozim. Bu harakatda O’zbekiston ham faol ishtirok qildi.
O’zbekiston Afg’on muammosini hal qilish uchun xalqaro maydonda va mintaqada o’ziga
bog’liq bo’lgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirdi va oshirmoqda.
1997 yilda O’zbekistonning tashabbusi bilan, Afg’oniston muammosini hal qilish bo’yicha 6+2 guruhi tuzilgan edi. Bu Afg’oniston bilan chegaradosh 6 ta davlat (Eron, Pokiston, Xitoy,
O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston) hamda Rossiya va AQSH. Bu davlatlarning 3 tasi BMT havfsizlik kengashining doimiy a’zosidir (Xitoy, Rossiya, AQSH).
2. Mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda O’zbekistonning BMT bilan hamkorligi
Hozirgi paytda butun jahonda globallashuv jarayonlarining kuchayib borishi bilan yer yuzida tinchlik-barqarorlikni saqlash tobora muhim ahamiyat kasb etib, uni amalga oshirishda xalqaro tashkilotlarning roli kuchayib bormoqda.
Xalqaro tashkilotlar deb butun insoniyat uchun umumiy bo’lgan maqsadlarga erishish yo’lida
davlatlar, milliy jamiyat uyushmalarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ilmiy-texnik asoslarda birlashuvidan tashkil topgan tashkilotlarga aytiladi. Xalqaro tashkilotlarning umumiy
xususiyati shundan iboratki, ularning faoliyati aniq bir milliy davlat chegarasidan chetga chiqib, davlatlararo vazifalar va muammolarni hal etishga qaratilgan bo’ladi. Bunday tuzilmalar bugungi
kunda davlatlar o’rtasidagi ko’p tomonlama munosabatlarning eng muhim va samarali
shakllaridan biri bo’lib qolmoqda.
xalqaro siyosatning demokratiyalashuvi va insonparvarlashuvi;
xalqaro munosabatning kengayishi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti – dunyodagi umuminsoniy manfaatlar asosida faoliyat olib boradigan eng nufuzli xalqaro tashkilot (1945 yil 24 oktyabr). BMTga hozirgi vaqtda 192 ta mamlakat a’zo. BMT – yer yuzida tinchlikni va xavfsizlikni ta’minlash, davlatlar va millatlarning o’zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida 1945 yilda, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan g’alaba qozongan mustaqil davlatlarning ixtiyoriy birlashishi asosida tuzilgan xalqaro tashkilotdir. Aslida bunday xalqaro tashkilotni tuzish zarurati Birinchi jahon urushidan keyinroq ayon bo’la boshlaydi. SHu maqsadda dastlab 1919 yilda “Millatlar Ittifoqi” nomli xalqaro tashkilot ta’sis etiladi va u 1946 yilgacha SHvetsariyaning Jeneva shahrida faoliyat olib boradi. Ammo u davrda demokratik va tinchliksevar kuchlarning uyushqoq emasligi va zaifligi tufayli Millatlar Ittifoqi xalqlarning umidlarini oqlamaydi, u Birinchi jahon urushida g’alaba qozonib, yetakchi mustamlakachi davlatlarga aylangan Buyuk Britaniya va Fransiyaning quroliga aylanib qoladi. Ikkinchi jahon urushi davomida va undan keyingi vaqtda 1919-1939 yillar mobaynidagi ana shu achchiq tajriba inobatga olinadi, tegishli xulosalar chiqariladi. Xullas, o’tmish sabog’i yangi xalqaro tashkilotlarning butunlay boshqacha bo’lishini talab qildi.
3. O’zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqa xavfsizligini ta’minlashdagi xalqaro tashkilotlar doirasidagi o’rni va roli
Hozirgi davrda Markaziy Osiyoda strategik barqarorlikni ta’minlash, mintaqada integratsion
jarayonlarni kuchaytirish, bu hududda joylashgan davlatlarning iqtisodiy, suv- energetik,
ekologik muammolarining yechimni topishda yakin hamkorlik aloqalarini yo’lga quyish va mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston poytaxti Toshkent bugungi kunda xalqaro nufuzli tashkilotlar ishtirokidagi xavfsizlik, barqarorlik, tinchlik va hamkorlik masalalari bo’yicha muhim xalqaro anjumanlar
markaziga aylandi. Ayniqsa, xalqaro tashkilotlar - yeXHT, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO)
bilan teng huquqli a’zo sifatida, yevropa Ittifoqi, NATO bilan «Tinchlik yo’lida hamkorlik» dasturi doirasidagi aloqalari rivojlandi.
BMTga a’zo bo’lishdan maqsad Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik, tinchlik, osoyishtalik
hamda totuvlikni ta’minlashning keskin muammolariga jahon jamoatchiligi e’tiborini jalb qilishdan iboratdir. 1993 yil 28 sentyabr BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida Birinchi Prezidenti I.A.Karimov nutq so’zladi, unda diqqat e’tibor Orol dengizi fojeasiga va mintaqadagi mojaroli o’choklarga qaratildi, birinchi bor Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hudud barpo etish tashabbusi ilgari surildi. Bu tashabbus 1996 yil dekabr oyida bo’lib o’tgan yeXHT
uchrashuvida yig’ilganlar diqqatiga havola etildi, 1997 yil 14–16 sentyabr kunlari Toshkentda
yuqoridagi mavzuga doir anjuman o’tkazildi. 1999 yil 22 oktyabrda Afg’onistondagi mojarolarni tinch yo’l bilan hal etish masalasiga doir BMTning Xavfsizlik Kengashi a’zolari nomidan. SHulardan ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni saqlashda mintaqa davlatlarining hamkorligi zarurdir. So’nggi yillar mobaynida O’zbekiston mintaqada xavfsizlikka erishish va uzoq muddatli hamkorlik yo’lida o’zaro oqilona murosaga tayyor ekanligini bir necha bor isbot qildi.
E’TIBOR UCHUN RAXMAT
Tayyorladi : Bozorov O.
Tekshirdi : Yakubov G’.
Yüklə 60,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə