Mavzu: Korxonalar faoliyatida elektron biznesdan foydalanish


Elektron to‘lov texnologiyasi



Yüklə 491,93 Kb.
səhifə3/3
tarix27.05.2023
ölçüsü491,93 Kb.
#113502
1   2   3
Mavzu Korxonalar faoliyatida elektron biznesdan foydalanish

Elektron to‘lov texnologiyasi

Elektron to‘lov texnologiyasi Sotib oluvchi sotuvchi bilan pul o‘tkazish yo‘li bilan xisoblashishi jarayonida naqd pul ishtirok etmaydi, faqatgina sotib oluvchi hisob raqamidan sotuvchining xisob raqamiga pul ko‘chiriladi. Pul o‘tkazish yordamida hisob-kitob qilishni bir necha usuli mavjud (bankdan pul o‘tkazish, bank kartasi yordamida hisob-kitob qilish, cheklar va shunga o‘xshash usullar). Istalgan maqsadda bankdan pul o‘tkazish operatsiyasi tranzaktsiya deb nom olgan (lotinchadan transaction- kelishuv, shartnoma ma’nosini anglatadi).


Tranzaktsiya – bu bank kartaning egasi tomonidan ruxsat berilganda, bank kartaning egasiga xizmat ko‘rsatish uchun tizim qatnashchisidan qatnashchiga uzatiladigan, tizim qatnashchilari tomonidan yaratiladigan ma’lumotlar ketma-ketligidir.
Tranzaktsiya quyidagi asosiy xossalarga ega:
-Bo‘linmaslik;
-Izolyatsiyalangan;
-Ishonchlilik;
-Karta egasi va xizmat ko‘rsatuvchilar orasidagi aloqa.
Elektron savdo-sotiqning barqarorligi ko‘p xollarda axborot oqimining doimiyligi bilan aniqlanadi. Firma Internet orqali elektron savdo-sotiq bilan shug‘ullansa, unda bu firma o‘zining raqobatbardoshligini oshiradi. Shu bilan bir qatorda firmaning xizmat ko‘rsata olish chegaralari ancha kengayadi. Interaktiv biznesni qullab-quvvatlanishini asosiy faktori sifatida kelishuvlarni va moliyaviy operatsiyalarni bajarish uchun juda kam vaqt ketadi.
Internet – Logistika qo‘yidagi oqimlar bilan ishlaydi.
-Tovar ko‘rinishida mahsulotlar oqimi yoki material oqim
-Xizmatlar oqimi
-Axborot oqimi
-Turistlar oqimi
-Ishchi kuchi oqimi
-Bank mahsulotlari oqimini


Yurtimizda elektron tijorat

Jadal o‘zgarayotgan zamonaviy bozor sharoitida kompaniyalar raqobatdoshligi, ko‘p jihatdan, axborot tizimlarining qulayligi, aloqa va ma’lumot uzatish imkoniyatlariga asoslanayotgani hech kimga sir emas. Binobarin, mamlakatimizda elektron tijoratni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqdaki, bu masofani qisqartirish, vaqtni tejash hamda ish samaradorligini oshirishda ayni muddaodir. Xususan, bugungi kunda bank xizmatlari, elektron to‘lovlarning yangi turlari hayotga tatbiq etilayapti, to‘lov amaliyoti soddalashtirilayotir. Bularning barchasi, jumladan, axborot texnologiyalari taraqqiyotining hozirgi bosqichi sohaga oid huquqiy poydevorni yanada takomillashtirishni taqozo qilmoqda.


Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yangi tahrirda ko‘rib chiqilayotganining boisi ham shunda.
- Yurtimizda elektron tijorat jabhasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida mustahkam normativ-huquqiy baza shakllantirilgan. Jumladan, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”, “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar qabul qilingan. Shu asosda elektron bank hujjat aylanishi, elektron plastik kartochkalar kabi tizimlar amaliyotga izchil joriy etilayapti. Ularning afzalliklari esa hamyurtlarimiz tomonidan munosib baholanmoqda. Mazkur qulayliklar ko‘magida xo‘jalik sub’yektlari bilan fuqarolar o‘rtasida tijorat amaliyotlari tezkor va samarali bajarilayotir, buyurtmachilar bilan tovar yetkazib -beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.


Xulosa

Shunday ekan, shubhasiz, tadbirkorlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya xizmatlari yordamida dunyoning istalgan davlatidan hamkor topishi, o‘z imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishi mumkin. Shu o‘rinda hozirgi vaqtda mamlakatimizda yuzdan ortiq tijorat -maydonlarida 700 dan ziyod brokerlik idoralari birja savdolarini elektron tarzda ham amalga oshirayotganini alohida qayd etish lozim. “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonun loyihasining yangi tahriri ushbu yo‘nalishni yanada takomillashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.


U tadbirkorlikni yanada taraqqiy toptirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratib berish, shuningdek, xalqaro standartlarga mos texnologik bozor infratuzilmasini -tashkil etishga xizmat qiladi. Qonun loyihasida tijoriy takliflar, elektron tijorat kelishuvlari va shartnomalari ijrosi bilan bog‘liq hisob fakturalari hamda boshqa hujjatlarni nafaqat qog‘ozda, balki elektron shaklda ham rasmiylashtirishga doir norma nazarda tutilayapti. Bu esa elektron bitimlarni rasmiylashtirish va ularni amalga oshirish taomillarini osonlashtiradi, tijorat amaliyotlari shaffofligini oshiradi, tovar hamda xizmatlar sotib oluvchilarga tegishli narxlar, sifat va yetkazib berish shartlari haqidagi ma’lumotlarni zudlik bilan olishlari uchun sharoit yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar
https://www.google.com
Yüklə 491,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə