Mavzu: Korporativ tarmoqqa mobil texnologiyalarning kirib kelish xususiyatlari



Yüklə 277,61 Kb.
səhifə2/6
tarix06.02.2023
ölçüsü277,61 Kb.
#100272
1   2   3   4   5   6
Mavzu Korporativ tarmoqqa mobil texnologiyalarning kirib kelish

Internet – bu to`g’ridan-to`g’ri o`zaro bog’langan komp’yuterlar guruhi emas. Masalan, agar dunyoning har xil burchagidagi ikkita komp’yuter Internetda o`zaro ma`lumotlar almashinayotgan bo`lsa, bu degan so`z ular orasida to`g’ridan-to`g’ri yoki virtual bog’lanish mavjud degani emas. Ularning bir-biriga uzatayotgan ma`lumotlari bir nechta paketlarga bo`linadi va hatto bir seansda jo`natilayotgan xabarga taaluqli paketlar har-xil marshrutlar bo`yicha o`tishi mumkin. Qaysi marshrut bilan bu paketlar o`tmasin ular yuborilishi kerak bo`lgan manzilga yig’iladilar va natijada (oxirida) yagona hujjat ko`rinishini oladilar. SHuni ta`kidlash lozimki oldin jo`natilgan paketlar keyinroq va aksincha keyin yuborilgan paketlar oldinroq kelishi mumkin. Bu esa hech narsaga ta`sir etmaydi, sababi har-bir paket o`zining maxsus «markirovka» siga ega. SHuning uchun hujjat to`g’ri yig’iladi.
Internetning nazariy asoslari
Dastlabki ma`lumotlarni komp’yuter orqali uzatish va qabul qilish XX asrning 50-yillarda boshlanib, tajriba sifatida laboratoriyalarda olib borilar edi. 60-yillarning oxiriga kelib AQSHning «Istiqbolni belgilovchi agentligi» ning (DARPA – Defense Advanced Research Project Agency) mablag’i hisobidan birinchi milliy tarmoq yaratildi. Bu tarmoq agentlikning nomi bilan yuritila boshlandi va u ARPANET deb nomlandi. Bu tarmoqda bir nechta ilmiy tekshirish institutlari, markazlari va ta`lim tizimlari o`zaro aloqada edilar. Bu tarmoqning asosiy vazifasi yagona ilmiy-texnik loyiha ustida ish olib borayotgan bir guruh jamoa ishini koordinatsiya qilish bo`lib, bu ishlar ilmiy va ilmiy-konstruktorlik hujjatlarini elektron aloqa vositasi yordamida fayllar bilan o`zaro almashish orqali amalga oshirilar edi.
ARPANET tarmog’i 1969 yilda ishga tushirildi. Bu tarmoqning ko`p bo`lmagan tugunlari o`zaro ajratilgan aloqalar (Videlennie linii) bilan bog’langan edi. Ma`lumotlarni uzatish va qabul qilish tugundagi komp’yuterlarning dasturiy vositalari orqali amalga oshirib borilar edi. Tarmoq 80-yillarga kelib asta-sekin rivojlanib borib, mintaqaviy tarmoq darajasiga etkazildi.
Internetning haqiqiy tavallud topgan vaqtini 1983 yil deb qabul qilingan. SHu yili komp’yuter aloqasining dasturiy ta`minotida revolyutsion o`zgarishlar ro`y berdi. Internetning paydo bo`lish vaqti uning asosini tashkil etuvchi TCP/IP «protokol» larining standart sifatida qabul qilingan vaqti bilan belgilangan.
Bu erda TCP/IP - bu ikki pog’onada turuvchi alohida tarmoqli protokollardir (Buni odatda protokollar steki deb yuritiladi). TCP protokol transport pog’onasining protokolidir. Bu protokol ma`lumotlarni qanday uzatish kerakligini boshqaradi. IP protokoli adres bilan ta`minlovchi protokoldir. Bu protokol tarmoq pog’onasiga tegishli bo`lib, u ma`lumotlarni qaerga uzatishni aniqlaydi.

Internet tarmog’ining sxemasi




Yüklə 277,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə