Mavzu: konveyer transporti reja: 1



Yüklə 14,72 Kb.
səhifə2/5
tarix12.12.2023
ölçüsü14,72 Kb.
#148661
1   2   3   4   5
Mavzu konveyer transporti-fayllar.org

Lentali konveyerlar
Lentali konveyerlar sochiluvchan, mayda bo’lakli, donador va o’rta donali materiallarni 16º...22º va maxsus lentalilar (ko’ndalang kesimi yoysimon) esa 30º...35º qiyalikda va gorizontal yo’nalishda yuklarni tashish uchun xizmat qiladi (6.1-rasm). Ularning yuk tashish masofasi 5, 10, 15 m dan bir necha ming metrgacha, ish unumdorligi soatiga 50 dan bir necha ming tonnagacha bo’ladi. Lentali konveyerning tortuvchi va yuk olib yuruvchi jihozi sifatida rezinalangan cheksiz lenta, yurituvchi va taranglovchi ikkita chegara barabanlar xizmat qiladi. Konveyerlarning hisobiy uzunligi, barabanlarning markazlaridan o’lchab aniqlanadi. Lentali yuk tashish mashinalarining qo’zg’almas va qo’zg’aluvchi, ya’ni bir ish maydonidan ikkinchi ish maydoniga ko’zg’aluvchi turlari mavjud. Lentalarning eni, qo’zg’aluvchan konveyerlarda 0,4 ... 0,5 m, qo’zg’almaslarida esa 0,5 metrni tashkil etadi.
6.1-rasm. Lentali konveyer. 1-yuritma, 2-etaklovchi baraban, 3-lenta, 4-etkalanuvchi baraban, 5- taranglovchi qurilma, 6-tayanch roliklar, 7-sozlovchi baraban, 8- elektrodvigatel. Lentali yuk tashish mashinalari (6.1-rasm) asosan yuk tashuvchi uzluksiz lenta 3 yetaklovchi 2 va yetaklanuvchi 4 baraban, elektrodvigatel 8 va yuritma 1 dan tuzilgan.

Lenta bilan harakatlanuvchi baraban orasidagi ishqalanish kuchini oshirish uchun lentaning salt yurish tarmog’iga taranglash qurilmasi 5 o’rnatilgan. Tortish kuchini oshirish uchun lenta bilan uzatuvchi baraban ilashish burchagini oshiradigan sozlovchi baraban 7 o’rnatilgan. Mashinaning ustki yuk tashish qismida lenta bilan yukni ko’tarib turish uchun tayanch roliklar 5 va pastki qismida ushlab turuvchi roliklar 6 o’rnatilgan, tashiladigan yuklarni yuklovchi qurilma mashinaning yuklash qismiga o’rnatilgan. Lentaning ish sirtiga yopishgan zarralardan tozalab turish uchun unga rezina (kurak) qirgich yoki sintetik materiallardan taroq qo’yiladi. Yuk transportlovchi mashinasi to’xtaganda yukli lenta o’z-o’zidan orqaga harakatlanmasligi uchun uzatma baraban valida to’xtatuvchi qurilma o’rnatilgan. To’g’ri yuzaga to’qilgan material konussimon shakl hosil qiladi, bu tinch holatdagi materialning og’ish burchagi hisoblanadi. Agar material harakatlanayotgan sirtga joylashtirilsa, u holda silkinish va tebranishlar natijasida material yeyiladi va burchak kichrayadi. Materialning lentaga ishqalanish koeffisienti bunkerlar, novlar, lentalar devorlarining og’ish burchagiga qarab olinadi. Ishqalanish koeffisienti f=tg , bunda  -ishqalanish burchagi. Lentali qo’zg’aluvchan konveyerlar (6.2-rasm) pnevmog’ildirakli shassiga ega bo’lib, tarqoq holdagi kichik hajmli ishlarni bajarishda qo’llaniladi, u quyidagi asosiy qismlar: rama 6, g’ildiraklar 10, lenta 4, yurituvchi motor-baraban 7, taranglovchi baraban 1, lentaning ish va salt shahobchalarini ushlab turuvchi yuqori novsimon 5 va pastki tekis rolik tayanchlar 9, yuklovchi voronka 2 va olib yuriluvchi pult 14 dan iborat. Konveyerning lentasi yopishib qolgan material qoldiqlaridan konveyerning pastki va yuqori qismlariga joylashgan qirg’ichlar 8 yordamida tozalanib turadi. Konveyerni motor-baraban harakatga keltiradi. Baraban 7 ni uning ichiga o’rnatilgan reduktor orqali elektr dvigatelidan aylanma harakatga keltiriladi. Konveyerning baland pastligi shassining qo’zg’aluvchan 10 va qo’zg’almas 12 tayanchlari o’rtasidagi masofani kanat-polistpast yordamida o’zgartirish yo’li bilan rostlanadi. Agar lentalar taram-taram bo’lsa, konveyerning qiyalik burchagi katta (35º gacha) va materialni yuqori balandlikka tashlab berish mumkin. Lentani harakat tezligi sekundiga 1,6...1,7 m, konveyerning ish unumdorligi esa soatiga 100...105 m 3 bo’ladi.



Yüklə 14,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə