Mavzu: Kon massivining holatini belgilovchi asosiy omillar Reja: Kirish



Yüklə 214,04 Kb.
səhifə5/6
tarix28.11.2023
ölçüsü214,04 Kb.
#135352
1   2   3   4   5   6
Kon massivining holatini belgilovchi asosiy omillar

Bog‘lanishli surilmalarmassivning geologik tuzilishida yassi, singan yoki pog‘onasimon ko‘rinishdagi siljish yuzalarining ifodalanishi bilan tasniflanadi.Siljish yuzalariayniqsa kichik quvvatli loyli qatlamlarida, qatlamlanish yuzalarida, tektonik buzilishlarda, katta darzliklarda va tog‘ jinsi massivining boshqa zaiflashgan yuzalarda tez-tez uchraydi. Bunday surilmalar shakllanishining asosiy ko‘rsatkichi suv hisoblanadi. Seysmik va tebratuvchi ta’sir kuchlari bu ko‘rinishdagi surilmalar shakllanishiga imkon yaratib beradi.
Bort ustida yotgan qatlamli massivlardagi chuqur surilmalar – bu surilmalar geologik tuzulishi qum-loyli tog‘ jinslaridan tashkil topgan qatlamli konlar uchun xarakterlidir. Bunday surilmalar tog‘ jinslari qatlami qazib olingan bo‘shliq tomonga nishab (qiya) yotgan va bir nechta pog‘onani egallash qobiliyatiga ega bo‘lgan karer bortida, ba’zida esa karerning butun borti bo‘ylab sodir bo‘lishi mumkin. Bu surilmalarda siljish yuzalari tog‘ jinsining qatlamlashish yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tadi. Siljish yuzalarining yuqori va quyi qismlari esa aylana silindrik yuzalar bo‘ylab qatlamlashish yuzalari bilan kesishadi.
Bu surilmalar sodir bo‘lishining asosiy sabablari tog‘ jinslari massivining qatlamlari orasida bosimli er osti suvlarining mavjudligi va karer bortlari qiyalik burchaklarining tik bo‘lishidan iborat.
Bort ostida yotgan qatlamli massivlardagi chuqur surilmalar – bu surilmalar nisbatan kam sodir bo‘ladi. CHunki bort ostidagi tog‘ jinslarida kon lahimlari bilan kesish hisobiga qatlamli tog‘ jinslarida katta bosimli er osti suvlari saqlanib qolmaydi. Bundan tashqari visyachiy tomon borti ish olib boriladigan bort hisoblanadi va bort uzluksiz harakat ostida bo‘lganligi uchun tog‘ jinslari yumshash va bo‘rtib chiqish jarayonlari rivojlanishga ulgurmaydi.
Bu surilmalar ikki turga bo‘linadi: ustki (qoplama) surilma va bo‘rtuvchi surilma. Birinchi turdagi sharoitda surilmalar karerning ochilgan pog‘onalarida kuchsiz qayishqoq (elastik) li qatlamlanishlar va bog‘lanishlar mavjud bo‘lganda sodir bo‘ladi. Bunday surilmalarda siljish yuzalarining yuqori qismi tog‘ jinsi qatlami bilan kesishadi, quyi qismi esa ularning zaif bog‘lamalari yoki egiluvchan loyli qatlamlashishlar bo‘ylab o‘tadi.
Bo‘rtuvchi surilmalar kuchsiz elastik tog‘ jinslari (loylar) ning qiyalik (bort) asosini kesib o‘tmagan hollarda sodir bo‘ladi. Bunday surilmalarning siljish yuzalari tog‘ jinsi massivining qazib olingan joy osti (karer osti) ni egallaydi va uning ostki qismi qiyalikning ostki brovkasiga nisbatan bir qancha masofaga er yuzasiga ko‘tariladi, qiyalikning oldi esa bo‘rtib chiqadi.

XULOSA
Muhandislik geologiyasida tog‘ jinslari massivlari deb, er qobig‘ining geologik, gidrogeologik va muhandislik-geologik qonuniyatlar bilan tavsiflanadigan, insonning muhandislik ta’siriga duchor bо‘ladigan qismiga aytiladi.Yer qobig‘ining geologik qonuniyatlarini - geologik jinslarning shaklini va fazoviy joylashuvini, tog‘ jinslarining moddiy tarkibini va tuzilishini, ularning gravitatsion tektonik maydonlar bilan shakllangan tabiiy kuchlangan holati belgilab beradi. Ochiq usulda kon ishlari sharoitlariga nisbatan qо‘llaniladigan tog‘ jinslari massiv deganda esa, foydali qazilmani fazib olish jarayoni tufayli yuzaga keladigan barcha muhandislik-geologik hodisalar mahalliylashtiriladigan, Karyer, texnogen uyumlar va chegaralangan zonalarni joylashtirgan er qobig‘ining bir qismi nazarda tutiladi. Muhandislik-geologik hodisalar – bu bortlar va qazilmalar qiyaliklarining turli xil deformatsiyalari (о‘pirilishlar, kо‘chkilar, oqovalar, chо‘kishlar va boshqalar). Foydali qazilmalar qazib olinganda tog‘ jinslari massiviningharakati, xususan uning turg‘unligi tabiiy va texnogen kabi ikki guruhda birlashishi mumkin bо‘lgan kо‘p sonli omillarning qо‘shma harakatiga bog‘liq.


Yüklə 214,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə