Mavzu. Kirish. Mashinasozlik texnologiyasi asoslari fanining mazmuni va vazifalari. Mavzu rejasi


Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar strukturasi to`grisidagi



Yüklə 54,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix24.12.2023
ölçüsü54,76 Kb.
#160022
1   2   3   4   5
2.Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar strukturasi to`grisidagi 
asosiy tushunchalar. 
Ishlab chiqarilayotgan maxsulotni shu korxonada tayyorlash yoki ta'mirlash 
uchun barcha ishlab chiqarish qurollari va odamlar xarakatlarining yigindisi ishlab 
chiqarish jarayoniga kiradi. Ishlab chiqarish jarayonining tarkibiga maxsulotni 
tayyorlash va yigish, sifatni nazorat qilish, saqlash va tayyorlash davomidagi 
barcha xarakatlar, ish joyini va uchastkaning ta'minlashini va xizmat vazifasini 
tashkil etish, ishlab chiqarishning barcha bo`limlarini boshqarish xamda ishlab 
chiqarishni xar tomonlama texnik jixatdan tayyorlash ishlari kiradi. Ishlab 
chiqarishni texnik jixatdan tayyorlamasdan turib rasional ishlab chiqarish 
jarayonini tashkil qilish mumkin emas. 
Ishlab chiqarishni texnik jixatdan tayyorlash.
Bu jarayon quyidagilarni
o`z ichiga oladi: konstruktorlik, texnologik va ishlab chiqarish jarayonini kalendar 
rejalashtirish. 
Ishlab 
chiqarishni 
konstruktorlik 
jixatdan 
tayyorlash
mashina 
konstruksiyasini ishlab chiqish va maxsulotning umumiy yigma chizmasini, uning 
aloxida detallarining va yigma elementlarining chizmalarini yaratish va ishlab 
chiqarishni kerakli konstruktorlik xujatlar bilan ta'minlashdir. 
Ishlab chiqarishni 
texnologik jixatdan tayyorlash
, ya'ni maxsulotni 
belgilangan muddatda, ko`rsatilgan sifatda, belgilangan xajmda va belgilangan 
xarajatlar bilan ishlab chiqarish uchun korxonani texnologik jixatdan tayyorlashni 
ta'minlovchi o`zaro bogliq bo`lgan jarayonlar yigindisi
tushuniladi. 
Kalendar reja
deb ishlab chiqarish jarayonini kam sarf bilan, kerakli xajmda 
va ko`rsatilgan muddatda maxsulot ishlab chiqarishga aytiladi. 
Texnik jixatdan ishlab chiqarishni mas'uliyatli va ko`p mexnat sarflanadigan 
qismi texnologik loyixalashdir, uning ish xajmi umumiy texnik tayyorgarlik ish 
xajmining 30-40% ni tashkil qiladi (yakka tartibli ishlab chiqarishda). Seriyali 
ishlab chiqarishda bu ko`rsatkich 40-50% va ommaviy ishlab chiqarishda 50-60% 
ni tashkil qiladi; buning sabablari - texnologik jarayonni loyihalashda 
maxsulotning xajmini oshirish bilan uning ish xajmining xam oshishi, ya'ni seriyali 
va ommaviy ishlab chiqarishda texnologik xujjatlarning atroflicha sinchiklab taxlil 
qilib 
yozilishi 
va 
undan 
tashkari 
texnologik 
jixozlarning 
birmuncha 
murakkablashishi ta'sir kiladi.
Aksariyat xolatlarda texnologik loyixalashning ish 
xajmi mashinaning konstruksiyasini yaratishdagi ish xajmiga boglik bo`ladi. 


Машинанинг конструкциясини яратиш ва технологик жараённи 
лойихалашнинг иш хажми 
1.1-жадвал 

Yüklə 54,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə