Mavzu. Kirish. Mashinasozlik texnologiyasi asoslari fanining mazmuni va
vazifalari.
Mavzu rejasi:
1. Fanning qisqacha mazmuni, mashinasozlik texnologiyasining xalq
xo`jaligidagi
ahamiyati, predmetining vazifalari.
2. Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar strukturasi (operasiya, o`rnatish,
o`tish, yordamchi o`tish, ishchi yurish, yordamchi yurish, xolat, xarakat)
to`grisidagi asosiy tushunchalar.
1.Fanning qisqacha mazmuni, mashinasozlik texnologiyasining xalq
xo`jaligidagi ahamiyati, predmetining vazifalari.
Tabiat insoniyat ixtiyoriga tayyor ko’rinishda foydalanishi mumkin bo’lgan
(juda kam, sanoqli miqdordagi) buyumlarni taqdim etadi. SHuning uchun ham
insoniyat tabiat buyumlarini o’z extiyojiga moslashtirish maqsadida ish qurollari
yordamida doimo mehnat qilishiga to’g’ri keladi. Masalan, mashina tayyor holda
hech qachon tabiat tamonidan berilmaydi, uning metali ruda tarkibida beriladi.
Inson o’z bilimidan foydalanib rudadan metalni, metaldan kerakli sifatdagi
po’latni, po’latdan
zarur shakldagi tayyorlanmani, tayyorlanmaga mexanik ishlov
berib kerakli sifatdagi detalni tayyorlaydi. Va nihoyat detallardan mashinani
yig’adi.
Barcha bu jarayonlar mashinani tayyorlash texnologiyasi deb ataladi.
Texnologik fanlarning rivojlanishining zamonaviy bosqichlarida mashina
ishlab chiqarish texnologiyasining barcha jarayonlaridagi hamma bilimlarni bitta
mutaxassislik hajmida birlashtirish juda qiyin.
SHuning uchun ham ishlab chiqarish texnologiyasi mustaqil ahamiyatga ega
bo’lgan, rudalarni
boyitish texnolgiyasi, metallurgiya texnologiyasi, quymakorlik
texnologiyasi, temirchilik-shtamplash texnologiyasi, termik ishlov berish
texnologiyasi va x.k. soxalardan iborat.
Mashinasozlik texnolgoiyasi fanida ishlab chiqarishning oxirgi bosqichlari
hisoblangan tayyorlashning mexanik ishlov berish va mashinani yig’ish kabi
texnologik bilimlar majmuaviy o’rganiladi.
Mashinasozlik texnologiyasi fanining maqsadi mashinalarni yig’ish va
detallarga mexanik ishlov berish bo’yicha
texnologik jarayonlarni va
operatsiyalarni kerakli tartibda tahminlashni loyixalash, ishlab chiqish va
mehyorlash bo’yicha bilimlar majmuasini berishdan iborat.
Bu fanning yo’nalishi kam material sarflanadigan yuqori unumdorlikda
ishlaydigan va kam tannarxda tayyorlanadigan, jamiyat uchun zarur bo’lgan yuqori
sifatli mashinalarni yaratish bilan aniqlanadi.
Texnologik jarayonni ishlab chiqish texnik-loyixa ishini bajarish va texnik
iqtisodiy ko’rsatkichlarini asoslab texnologik jixozlarni to’g’ri tanlash,
ayrim
hollarda zamonaviylashgan yangisini yaratish bilan bog’liq.
«Mashinasozlik texnologiyasi» fani kompleks fandir. Birinchidan, bunda
texnologik materialli o’zini bayon etishdan tashqari, «Konstruktsion materiallar
texnologiyasi», «Materialshunoslik», «Metallarni kesish nazariyasi», «Kesuvchi
asboblar», «Metall kesish dastgoxlari» va boshqa fanlardagi xolatlardan foydalanib
tahlil qilinib ishlov berish jarayonida dastgox, asbob
va tayyorlanadigan detallni
o’zaro tahsir kompleksi ham beriladi.
Masalan, mehnatni mehyorlashtirish masalasi kesish tartibini ishlab chiqish
bilan uzviy bog’liqdir. Kesish tartibini ishlab chiqish «Metallarni kesish
nazariyasi» tadqiqotlarini natijasidir. Xuddi shuningdek kesish kuchlari to’g’risida
ham, moslamalarni va mexanik ishlov berish aniqligini hisoblashda qilishimiz
zarur bo’lgan kattalikni aytish mumkin. Kesish kuchlarini o’lchash va uni nazariy
hisobi «Metallarni kesish nazariyasi»da keltirilgan.
Kesuvchi asboblar va dastgoxlarni bilish texnolgik jarayonni to’g’ri tuzish
uchun zarur bo’ladi. Materialshunoslikdan olingan bilim detal va boshqalarni
materiallarni tanlash uchun o’ta zarurdir.
«Mashinasozlik texnologisi» ikki bo’limdan tashkil topgan.
Birinchisi – barcha texnologik mutaxassisliklar
uchun umumiy kurs
mehyorlash va texnologik jarayonlarni mukammal ishlab chiqishni loyixalash
asoslarini, mexanik ishlov berishda aniqlikni hisoblash, qo’yimlarni hisoblash,
detalni bazalashtirish, moslamalarni konstruktsiyalash va mashinalarni yig’ish
to’g’risida asosiy mahlumotlarni o’z tarkibiga oladi.
Ikkinchisi – maxsus kurs foydalaniladigan dastgox, moslama,
maxsus
asboblarni taxlil qilish va yoritish bilan talabaning yo’nalishiga mos mashina va
jixozlarning detallarga ishlov berishning tipli usuli va yig’ishni o’z ichiga oladi.
“Mashinasozlik texnologiyasi asoslari” fani asosiy fanlardan biri
hisoblanadi. Fanning o’qitishdan maqsad - talabalarda mashinasozlik texnologiyasi
asoslari to’g’risida tushuncha hosil qilishdan iboratdir. Fanning vazifasi - olingan
bilimlarni amaliy jixatdan qo’llay olishi va detallarni tayyorlash texnologik
jarayonlarini ishlab chiqishni o’rgatishdir.
Oliy kasb ta'limi Davlat ta'lim standartiga asosan, bakalavriyatda
quyidagi
bilim va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat: - talabalar mashinalarni yig’ishni,
detallarni tayyorlashda uning aniqligini oshirish yo’llarini, iqtisodiy jihatdan
samarali usullarda detal tayyorlash jarayonlarini bilishdir.
a) bilishi kerak:
- talaba ishlab chiqarish jarayonlari, ishlab chiqarish turlari, mexanik ishlov
berishdagi aniqlikni ta'minlash, ishlov beriladigan yuza sifatini ta'minlash:
tayyorlanmani olinish usulini tanlash to’g’risida bilimga ega bo’lish kerak;
b) o’quviga:
- talaba mashinasozlikda tayyorlanadigan maxsulotlarni aniqligi va sifatini
qo’yilgan talablar bo’yicha olish to’g’risida o’quvga ega bo’lish kerak;
v) ko’nikmasiga:
- talaba mashinasozlikda tayyorlanadigan maxsulotlarni tayyorlashda ishlab
chiqarish jarayonini tashkil etish, ishlab chikarish turini tanlash, kerakli aniqlik va
sifatni ta'minlash bo’yicha kerakli tadbirlarni amalga oshirish ko’nikmasiga ega
bo’lishi kerak.
Mazkur fanni yaxshi o’rganish uchun talaba oldingi semestrlarda o’tilgan
«Konstruksion materiallar texnologiyasi», “Materialshunoslik”, “Materiallar
qarshiligi”, “Mashina detallari”, “O’zaro almashuvchanlik va texnik o’lchamlar”
kabi fanlarni chuqur o’zlashtirgan bo’lishi kerak hamda mazkur fan talaba
tomonidan keyingi semestrlarda o’qitiladigan «Mashinasozlik texnologiyasi»,
“Tarmoq mashinalarini montaji eks’luatattsiyasi va ta'mirlash” fanlarini
o’zlashtirish hamda bitiruv malakaviy ishlarini bajarish uchun zamin yaratadi.
Hozirgi kunda, ichlab chiqarishni ilg’or texnologiyalar asosida tashkil
qilishda,
zamonaviy
avtomatik
tizimlardan
keng
foydalanish,
yangi
konstruksiadagi mashinalarni ishlab chiqarishni talab qiladi. «Mashinasozlik
texnologiyasi asoslari» fanini o’rganmasdan turib
tehnologik mashinalarining
sifatli ishlashini ta’minlab bolmaydi.