Mavzu: Kirish. Biologiya hayot haqidagi fan. Reja: Biologiyaning maqsad va vazifalari. Biologiya fanining tarmoqlari
Mavzu:Kirish.Biologiya hayot haqidagi fan.
REJA:
1. Biologiyaning maqsad va vazifalari.
2. Biologiya fanining tarmoqlari.
3.Biologiyani o’rganish metodlari
4.Biologiya fanining muammolari va ahamiyati
Biologiya atamasi fransuz olimi J. B. Lamark va nemis olimi G. R. Tre- viranus tomonidan fanga kiritilgan bolib, «bios» - hayot, «logos» - fan degan manoni bildiradi.
Insonlar salomatligini saqlash, turli kasalliklarni davolash va ularning oldini olish, inson umrini uzaytirish, tabiatdagi noyob osimliklar va hayvon turlarini muhofaza qilish, hosildor o’simlik navlari, mahsuldor hayvon zotlari, yangi xususiyatli mikroorganizm shtammlarini yaratish, insoniyatni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taminlash kabi muhim muammolarni hal etish biologiyaning rivojiga bogliq.
Biologiya fanining tarmoqlari. Biologiya fundamental va kompleks fan hisoblanadi. Fundamental fan deyilishiga sabab, biologiya tibbiyot, psixologiya, agronomiya, oziq-ovqat sanoati, farmokologiya uchun nazariy asos bolsa, kompleks fan sifatida esa koplab tarmoq fanlarni oz ichiga oladi. Tekshirish obyektiga kora biologiya fani bir qancha sohalarga bolinadi. Botanika - osimliklar, zoologiya - hayvonlar, mikrobiologiya - mikroorganizmlar, mikologiya - zamburuglar, gidrobiologiya - suv muhitidagi organizmlar, paleontologiya - qazilma holdagi organizmlar, ekologiya esa organizm va muhit orasidagi munosabat togrisidagi fan hisoblanadi.
EKOLOGIYA
ANATOMIYA
SISTEMATIKA
GENETIKA
POLEANTOLO
GIYA
EMBRIOLOGIYA
FIZIOLOGIYA
ZOOLOGIYA
BOTANIKA
SITALOGIYA
ANTRAPOLOGIYA
BIOLOGIYA
EKOLOGIYA
Biologiyaning ba'zi sohalari boshqa tabiiy fanlar hamkorligida paydo bo'lgan. Biologik sis-temalarda ro'y beradigan fizik-kimyoviy jarayonlar haqidagi biofizika, organizmlarning kimyoviy tarkibi, ulardagi kimyoviy jarayonlar to'g'risidagi biokimyo fanlari shular jumlasiga kira-di. Biotexnologiya esa tirik organizmlardagi biologik jarayon-larni ishlab chiqarish korxonalarida qo'llashni maqsad qilib qo'yadi.
Biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari.
Biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot metodlaridan keng foy-dalaniladil
Kuzatish metodi organizmlar va ularning atrof-muhitda ro'y beradigan hodisalarni tasvirlash va tahlil qilish imkonini beradi. Mazkur metod biologiya fanining ilk rivojlanish davridan bosh-lab qo'llanib kelinmoqda. Hozirgi paytda ham bu metod o'z mavqeyini yo'qotgani yo'q. U botanika, zoologiya va biologiyaning boshqa ko'pgina sohalarida keng qo'llaniladi. Turli organizmlar sistematik guruhlar, jamoalar, ularning tuzi-lishi, funksiyasi, tarkibiy qismlardagi o'xshashlik va farqlar taqqoslash metodi yordamida o'rganiladi. Mazkur metoddan sistematika, morfologiya, anatomiya, paleontologiya, embriologiya va shu singari fanlarda foydalaniladi. Taqqoslash metodi yordamida hujayra nazariyasi biogenetik qonun, irsiy o'zgaruv-chanlikning gomologik qatorlar qonuni kashf etilgan.
Turli sistematik guruhlar, organizmlar, ular organlarining tarixiy jarayonda paydo bo'lishi, takomillashish qonuniyatlari tarixiy metod yordamida aniqlanadi. Bu metod orqali organik olamning evolutsion ta'limoti yaratildi. Ma'lum maqsadlarni ko'zlab barpo etilgan sharoitlarda tirik organizmlar tuzilishi, hayot jarayonlarini kuzatish eksperimental metod orqali amalga oshiriladi. Bu metod organizmlar xatti-harakati, tuzilishi, xos-salari mohiyatini chuqurroq tadqiq qilish imkonini beradi.
Keyingi paytlarda elektron hisoblash texnikasining rivojlanishi biologik tadqiqotlarda modellashtirish metodidan foy-dalanishni taqozo etmoqda. Modellashtirish metodining maz-muni tirik tabiatdagi biror voqea-hodisa yoki uning muhim jihatlari matematik belgilarga aylantirilib, model tarzida qayta tiklab o'rganishdan iborat. Ma'lum vaqtdan keyin ana shu mo-delda qanday o'zgarishlar, hodisalar ro'y berishi mumkinligi elektron hisoblash mashinasi yordamida aniqlanadi. Modellashtirish metodining afzalligi shundaki, u tirik tabiatda kelgusi-da ro'y berishi mumkin bo'lgan voqea-hodisalarni oldindan bi-lish imkonini beradi
Dostları ilə paylaş: |