Mavzu. Jahon maydonlarini mafkuraviy bo’lib olishga urinishlar reja



Yüklə 33,02 Kb.
səhifə1/6
tarix26.10.2023
ölçüsü33,02 Kb.
#131121
  1   2   3   4   5   6
JAHON MAFKURASI




MAVZU. JAHON MAYDONLARINI MAFKURAVIY BO’LIB OLISHGA URINISHLAR


REJA

1. Mafkuraviy jarayonlar va mafkuraviy kurashlar.


2. Milliy g‘oyaning mafkuraviy kurashlardagi o‘rni.
3. Milliy g‘oyaning xalq maqsadlari va taraqqiyot bilan uzviy bog‘liqligi.
4. Milliy g‘oya ta’sirchanligini oshirish mexanizmlari.

Tayanch tushunchalar: Inson, erkinlik, huquq, manfaat, prinsiplar, barkamol avlod, qadriyat, qonun, fikrlar xilma-xilligi, muxolifat, aybsizlik prizumpsiyasi, konstitutsiyaviy erkinliklar.


Mafkuraviy jarayonlar va mafkuraviy kurashlar.

Yot va begona mafkuralar targ‘ibotining «mehribonligi”, “xolisligi” va “betarafligi”, “yoqimliligi”, “do‘stonaligi”ning ortida nima yotganini kishilar, yoshlarimiz doimo bilishlari lozim. Ya’ni, ularning zamirida O‘zbekistonning rivojlanib ketishiga qarab muntazam taktikasini o‘zgartirib turuvchi jonsarak aqidaparastlik targ‘iboti natijasi va amaliyoti yotganini, ularning an’anaviy fundamentalistik nazariya va g‘oyalarini zamonaviy usullarda “jonlantirayotganini” tushunishlari zarur.


Shu bilan birga, ayrim yoshlarimiz har xil yot g‘oyalarni xolis axborot manbai sifatida qabul qilayotganliklarini ham ta’kidlash kerak. Yot va begona mafkuralarni ko‘r-ko‘rona qabul qilish zararli oqibatlarni keltirib chiqarishi muqarrar. Shuning uchun har bir kishi, millat, xalq, davlat va jamiyatning ham aniq maqsadlari bo‘lishi shart. Shu bilan birga bu maqsad anglangan, uni amalga oshirishda sobitqadamlik darkor. Ana shunday aniq maqsad bo‘lmas ekan, xoh alohida inson, xoh millat yoki jamiyat bo‘lsin, goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishdagi mafkuraviy tazyiqlarga bardosh berishi amrimaholdir.
Shunday ekan, voyaga yetayotgan yoshlarni, umuman, xalqimizni ma’naviy barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun, kuchli mafkuraviy himoyaga ega shaxs sifatida tarbiyalash ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishning asosiy shartlaridan biri bo‘lib qolaveradi. Zero, ularni millat, davlat, Vatan sha’ni daxlsizligi uchun istagan paytda namoyon bo‘ladigan ishonchli fazilatlar bilan qurollantirish lozim.
Insoniyat tarixi ko‘plab mafkura shakllarining tarix sahniga chiqishiga guvoh bo‘lgan. Bugungi kunda ham uning turli turli ko‘rinishlari mavjud. Masalan, sub’ektiga ko‘ra, ya’ni qanday ijtimoiy kuchlar manfaatini ifoda etishiga ko‘ra sinfiy mafkuraning turli shakllari farqlanadi. Chunonchi, ishchilar, dehqonlar, tadbirkorlar, ziyolilar kabi ijtimoiy qatlamlarning bir-biridan farq qiluvchi ehtiyoj va manfaatlari, maqsad va muddaolarining muayyan g‘oyalar tizimida in’ikos etishi tabiiy.
Tarix bunday mafkuralarning ko‘plab marta siyosat sahniga chiqqanidan dalolat beradi. Afsuski, bunday mafkuralar o‘ziga xos manfaatlarni mutlaqlashtirishga asoslanganda jamiyatda nizo va ziddiyatlar kuchayishiga zamin yaratgan. Mafkura shakllari haqida gap ketar ekan, ularda ilgari surilayotgan g‘oyalar, maqsadlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga qarab ilmiy va noilmiy, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishidan kelib chiqib esa, progressiv va reaksion mafkuralar farqlanadi.
Mafkuralarda ko‘zlangan maqsadlarning ro‘yobga chiqishining ehtimollik darajasiga tayanib ularning real va xayoliy (utopik), jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlar, turmush tarzini saqlab qolish yoki uni isloh qilishga yo‘naltirilganiga qarab esa konservativ va liberal ko‘rinishlari ajratiladi.


Yüklə 33,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə