Mavzu: jadval muharrirlaridan iqtisodiy masalalarni yechish jarayonida foydalanish



Yüklə 413,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix21.06.2023
ölçüsü413,02 Kb.
#118268
  1   2   3   4   5   6
4 laboratoriya ishi




LABORATORIYA ISHI №4. 
MAVZU: JADVAL MUHARRIRLARIDAN IQTISODIY MASALALARNI 
YECHISH JARAYONIDA FOYDALANISH
Ishning maqsadi:
Talabarda Excel elektron jadvali bilan ishlash bo‘yicha amaliy bilim 
va ko‘nikmalarini hosil qilish. 
Masalaning qo‘yilishi:
Excel elektron jadvalida hujjat tayyorlashni o‘rganish. 
Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
Ma’lumotlarni komputerda jadval ko‘rinishida 
tasvirlash, ularni tahlil qilish, qayta ishlash, hisob

kitob ishlarini olib borish uchun maxsus 
amaliy dasturlar yaratilgan bo‘lib, ular elektron jadvallar yoki jadval protsessorlari deb 
yuritiladi. Hozirgi baqtda soliq va bank tizimida, sanoat korxonalarida, buxgalteriya va 
tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy masalalarni yechishda elektron jadvallardan keng 
foydalaniladi. Windows boshqaruvida ishlaydigan va MS Office paketi tarkibiga kiruvchi ana 
shunday amaliy dasturlardan biri Microsoft Exceldir. 
Excelda tayyorlangan har bir hujjat biror nom bilan komputer xotirasida fayl ko‘rinishida 
saqlanadi va bu faylning kengaytmasi 
xls
kabi bo‘ladi (masalan, 
vedomost.xls
). Excel atamasida 
bunday fayl “Ish kitobi” (Workbook) deb yuritiladi. Microsoft Excelning asosiy ish maydoni 

bu “Ish kitobi” bo‘lib, u bir yoki bir nechta ish varaqlaridan tashkil topgan.
Xususan, MS Excel 2000 elektron jadvali 65536 ta satr (
row
) va 256 ta ustundan iborat 
bo‘lib, bunda satrlar 1 dan 65536 gacha butun sonlar bilan, ustunlar esa lotin alifbosining A dan 
IV gacha (A, B, C, …, AA, AB, …, IU, IV ) bosh harflari bilan belgilangan Har bir satr va ustun 
kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi 

yacheykalar (
cell
) joylashgan bo‘lib, 
har bir yacheykaga son, matn yoki formula ko‘rinishidagi ma’lumotlar kiritiladi. Kiritilayotgan
ma’lumotlarga qarab, ustun kengligi va satr balandligini o‘zgartirish imkoniyati ham mavjud. 
Jadvaldagi har bir yacheykaning o‘z nomi bor va u odatda 
adres 
deb yuritiladi. Adreslar o‘zaro 
kesishuvchi ustun belgisi va satr nomeri bilan aniqlanadi masalan, A1, B2, C24, AC18 va hk. 
Foydalanuvchi uchun MS Excel 2000 elektron jadvalining asosiy elementlari 

menyu 
bandlari, belgili vositalar majmuasi, formula satri va yacheykalardan iborat bo‘lib, ularning 
barchasi Excelning ish stolida mujassamlashgan (1-rasm).
1-rasm. MS Excel 2000 oynasining tuzilishi. 
MS Excel o‘z imkoniyati va bajaradigan vazifalariga ko‘ra foydalanuvchiga bir qator
imtiyozlarni beradiki, biz bunday imkoniyatlar bilan quyidagi topshiriqlarni bajarib borish 
jarayonida tanishamiz. Mazkur topshiriqlarda foydalanuvchiga ko‘proq duch keladigan masalalar 
yoritilgan bo‘lib, Excelning qolgan elementlaridan (menyu bandlari, vositalar panelining ayrim 



buyruqli tugmalari va shunga o‘xshashlar) foydalanish xuddi Worddagi singari amalga 
oshiriladi. 

Yüklə 413,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə