Mavzu: Ishlab chiqarishda buyumlar tayyorlashning funksional vazifalarini o`rganish Mundarija: Kirish I bob. Ishlab chiqarishda buyumlar tayyorlash


Andozalar satxini hisoblash usullari



Yüklə 130,87 Kb.
səhifə6/7
tarix22.03.2024
ölçüsü130,87 Kb.
#181291
1   2   3   4   5   6   7
Ishlab chiqarishda buyumlar tayyorlashning funksional vazifalarini o`rganish

2.2 Andozalar satxini hisoblash usullari
Tikuvchilik korxonalarining tajriba sexida yangi model uchun tavsiya etilgan hamma razmer-rostdagi andozalar tayyorlanadi. Andozalar asosan 3 turga bo’linadi: etalon andozalar, ishchi andozalar, yordamchi andozalar va qo’shimcha andozalar.
Etalon andozalar asosan, nusxa ko’chirish va ko’paytish uchun ishlatiladi, ko’pincha ular originallar – asl nusxalar deb ham ataladi va hamma kiyimlar detallar konstruksiyasining etaloni hisoblanadi. Ishchi andozalar detallarni bichish bo’rlamalar tayyorlash uchun ishlatiladi, ular asosan 5 ta komplektda tayyorlanadi: 2 tasi tajriba sexida gazlama sarflash normasini aniqlash uchun, bittasi tayyorlov sexida bo’rlama tayyorlash uchun, ikkitasi bichish sexiga nuqsonli gazlamalarni bichish va bo’rlamalar uchib ketgan joylarni bo’rlash uchun ishlatiladi. Andozalar 0,9–1,2 mm qattiq kartondan tayyorlanadi. Yordamchi andozalar detallarni tikishga tayyorlayotganda bo’r yoki qalam bilan yordamchi chiziq o’tkazish va belgilar qo’yish uchun ishlatiladi.
Lentali bichuv mashinasida kiyim detallarini tekislab qirqish uchun qo’shimcha andozalardan foydalaniladi.
Andozalarni tayyorlashda ma’lum talablarga javob berish talab etiladi. Ular quyidagilardir:
- andozalar tayyor bo’lib qirqilgandan so’ng, ularning cheti aylantirib tamg’alab chiqiladi;
- andozaga gazlamani o’rish va arqoq iplari qanday yo’nalishda bo’lishi chiziladi;
- hamma andozalarga modelning nomeri, o’lchami, bo’yib yoziladi
- ishchi va yordamchi andozalarga texnik nazorat bo’limidan tekshirilib tamg’a qo’yiladi va ular oyda bir yoki ikki marta andoza bilan solishtirib tekshiriladi;
- karton qurish natijasida kirishishi mumkin bo’lgani uchun italon andozalari ham chorakda bir marta o’lchash tabeliga asosan tekshiriladi.
Ma’lumki gazlama qiymati tikuvchilik mahsuloti tannarxining 80-90 % tashkil etadi. Mahsulot tannarxini kamaytirish ishlab chiqarish rentabilligini oshirish uchun, bichish paytida chiqindilarni kamaytirish va materiallarni tejash kerak.
Gazlama shaklini tejash asosan, ma’lum fason uchun uning andozalari satxini to’g’ri o’lchashga bog’liqdir. Kiyim detallarining shakli ko’pincha Murakkab va egri chiziqli konturlaridan iborat. Uni satxini hisoblash ancha murakkab hisoblanadi. Andozalar satxini hisoblashning bir qancha usullari bor:
1. Geometrik usul
2. Andozalarni tarozida tortish usuli
3. Aralash usul
4. Pitra sepish usuli
5. Fotoelektron mashinada hisoblash usuli.
1. Geometrik usulda har qaysi andoza satxi mayda geometrik shakllarga bo’linib, ular aloxida hisoblab chiqiladi. Olingan natijalar yig’ilib, andoza satxi aniqlanadi. Ammo, bu usulda satxni o’lchash uchun ko’p vaqt ketadi. Olingan natija ham aniq bo’lmaydi.
2. Andozalarni tarozida tortish usuli. Andozalar kartondan qirqib olingandan so’ng, ular og’irligi tarozida o’lchanadi. Tarozida tortib o‘lchashning ikki xil usuli bor:
- absolyut og’irligini topish buning uchun kiyimning hamma andozalari alohida – alohida tortilib og’irliklari qo’shiladi.
- nisbiy og’irligini topish uchun, hamma andozalar birgalikda o’lchanib, umumiy og’irlik aniqlaniladi. So’ngra, shu kartondan bir bo’lak, hajmi 10 sm x 10 sm ya’ni 100 sm2 qirqib olinib, uning ham og’irligi o’lchanadi va shu yuza og’irlikka nisbatan andozalar satxi quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Sa – andozalarning umumiy satxi
Sb – karton bo’lagining satxi
Qa – andozalrning umumiy og’irligi
Qb – karton bo’lagining og’irligi
Bu usul ancha oson va oddiy hisoblanadi, faqat natijalar aniq chiqishi uchun, barcha andozalar bir xil kartondan qirqilgan bo’lishi kerak.
3. Aralash usulda andoza satxining katta qismi to’g’ri burchakli turtburchaklik satxi tarzida topiladi, egri chiziqli qismlarning satxi planimetr bilan o’lchab topiladi.
Andozalar satxini fotoelktron mashinada hisoblash usuli maqsadga muvofiqdir. Bu uchun IL mashinasidan foydalaniladi. IL mashinada andozalar satxi yorug’lik turi yordamida, fotoelektron qurilmadan foydalanib o’lchnadi. Bunda, andozalar satxi bevosita o’lchanmay, balki surilib borilayotgan andoza yorug’lik yo’lini to’sgan vaqt mobaynida generator hosil qilgan impulslarni sanasi vositasi bilan hisoblanadi.
Bichish ishlari bir qancha jarayonlardan iborat. Shuning uchun, bu jarayonlarning har qaysisi uchun alohida gazlama sarflash normasi belgilanadi. Bu normalar quyidagilardan iborat:
1. Bo’rlama normasi - Nb
2. To’shama normasi - Ntsh
3. Texnik norma – Nt
4. Fond normasi – Nf
Bo’rlama normasi muayyan razmer – rostga yoki razmer rostlar birlashmasiga sarflanadigan gazlamani belgilaydi. Ushbu norma buyum kalkulatsiyasini hisoblashda gazlmaga buyurtma berishda gazlama sarfini texnik va fond normasi belgilashda qo’llaniladi

Xulosa
O 'zbekistonda to'q im ach ilik va yengil sanoat rivojlanishi uchun katta m iqdordagi tabiiy xom ashyo resurslari mavjud. U shbu resusrslardan tayyor m ahsulot oiib chiqarib, avvalo ichki bozorim izni to'ldirib, so 'n g ra sifatli va raqob atb ard o sh buyum lar bilan ja h o n bozoriga chiqish respublikam iz iqtisodiyotining yetakchi yo'nalishlaridan biridir. Y uqori sifatli tikuv buyum larini loyihalashtirib, ularni ishlab chiqarishning zamonaviy iqtisodiy xususiyatlariga to ‘g‘ri yondashib, mutaxassislikka oid m urakkab m asalalarni yechishga q o d ir va estetik q o n u n iy a tla rn i m ukam m al egallagan yuqori m alakali kadrlarni tayyorlash m uhim vazifadir. Shu sababli kadrlar tayyorlash m illiy dasturida va m illiy m odelda ilm iy uzluksiz ta ’lim ning m azm uniy ham da tashkiliy rivojlanishiga doir strategik y o ‘nalishga asoslangan holda aniq belgilangan [1,2]. Y engil sanoatdagi o 'zg arg an vaziyatlar, kichik firma va q o 'sh m a korxonalarni tashkil etish, assortim enti tez-tez yangilanadigan ham da tez m oslashadigan texnologik «tugallangan slkllar« kom pleksini yaratish (ya’ni, tolalarni qayta ishlashdan boshlab tayyor buyum chiqarishgacha) sohasi m utaxassislar tayyorlash jarayoniga yangicha yondashuvni talab qiladi. Zam onaviy m utaxassis bir vaqtning o'zid a dizayner, konstruktor, texnolog, m arketolog va o 'z m ahsulotini m uvaffaqiyatli sotuvchi kabi vazifalarini bajarishi kerak. Tikuvchilik sanoati oldiga q o ‘yiladigan m asalalarni yechishda kiyim ni am aliy va ilntiy jihatd an konstruksiyalash ishlari yetakchi o ‘rin egallaydi, ch u n k i loyihalashning ayni shu b o sqichida kiyim ga va u n in g sifatiga qo'yiladigan barcha ijtimoiy va texnik-iqtisodiy talablar to ‘liq hisobga olinishi kerak. Kiyim konstruksiyalash — loyiha ishlarining m uhim qism i bo'lib, tikuv buyum lari konstruksiyalarini ratsional loyihalash m asalalari bilan shug'ullanadigan am aliy fandir.



Yüklə 130,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə