Mavzu: Ish yuritish tili va uslubi. Hujjat – ish yuritishning asosi. Tashkiliy hujjatlarning leksik va stilistik xususiyatlari



Yüklə 5,61 Mb.
səhifə3/4
tarix25.06.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#118867
1   2   3   4
DTIYu

Hujjatlar mazmuniga ko‘ra


Sodda hujjatlar
(muayyan bir masalani o‘z ichiga oladi)
Murakkab hujjatlar
(ikki va undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi)
1. Xususiy hujjatlar
2. Namunaviy hujjatlar
3. Qolipli hujjatlar
Hujjatlar mazmun bayoni shakliga ko‘ra
Xususiy hujjatlarga fuqarolardan kelib tushgan ariza va shikoyatlar, ularning asosida olib boriladigan xizmat yozishmalari misol bo‘ladi. Ular aksariyat hollarda ayni bir vaziyat va holatni izohlab, tushuntirib berish maqsadida yoziladi.
Namunaviy hujjatlar sirasiga ish yuritish sohasiga oid hujjatlarning aksariyati, ya’ni har bir tashkilot va uning bo‘linmalari uchun zaruriy bo‘lgan bildirgi, xizmat ma’lumotnomasi, tavsifnoma, majlis bayoni kabi belgilangan tartibda tuziladigan hujjatlar kiradi.
l
Qolipli hujjatlarning ko‘plab turlari mavjud, ular soha faoliyatini osonlashtiradi, vaqt va moddiy resurslarni tejashga imkon beradi, ish jarayonida qulaylikni oshiradi.

Hujjatshunoslikdagi ana shu an’anaga ko‘ra ish yuritish (munshoot)dagi hujjatlar, eng avvalo, yaratilish o‘rniga ko‘ra tasnif qilinadi, bu jihatdan ichki va tashqi hujjatlar farqlanadi. Ichki hujjatlar ayni tashkilotning o‘zida tuziladigan va shu tashkilot ichida foydalaniladigan hujjatlardir. Muayyan tashkilotga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladiganlari esa tashqi hujjatlardir.

Hujjatlar mazmuniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi:

    • sodda hujjatlar (muayyan bir masalani o‘z ichiga oladi);
    • murakkab hujjatlar (ikki yoki undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi)
  • Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko‘ra, xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. Xizmat hujjatlari tayyorlanishiga ko‘ra tashkilot yoki mansabdor shaxslarga tegishli bo‘lsa, shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi (masalan, shaxsiy ariza, shikoyat va h.k).

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə