Mavzu: Ish yuritish tili va uslubi. Hujjat – ish yuritishning asosi. Tashkiliy hujjatlarning leksik va stilistik xususiyatlari



Yüklə 5,61 Mb.
səhifə2/4
tarix25.06.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#118867
1   2   3   4
DTIYu

Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir. Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy yozma vositalar sifatida axborotni holis aks ettirmog‘i lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish, erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinki, tantanavor yoki bachkana so‘zlar, dag‘al so‘zlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan so‘zlar, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, istiora, tashxis kabi

obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar

ishlatilmaydi. Ularning ishlatilishi hujjatlar matnidagi

ifodaning noxosligiga olib keladi.

2.Hujjat turlari va ularning xususiyatlarini o‘rganish.

Ma’lumki, hujjatlar har xil va miqdoran juda ko‘p. Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Shunday ekan, hujjatlar turiga, tiliga, mazmuniga, hujjatlarning tegishliligiga, ularning tayyorlanish xususiyati va qoidalariga, hujjatlarning xizmat mavqeiga qarab qo‘yiladigan umumiy talablar bilan bir qatorda har bir turkum hujjatlar oldiga qo‘yiladigan ko‘pgina til talablar ham mavjud. Muayyan turdagi hujjat, albatta, o‘ziga xos til xususiyat va sifatlar bilan belgilanadi. Bu xususiyat va chuqur tasavvur qilmasdan turib, mukammal hujjatchilikni yaratish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun bu o‘rinda hujjatlar tasnifi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.


Normativ (me’yoriy) hujjat - faoliyatning har xil turlari yoki ularning natijalariga doir qoidalar, umumiy tamoyillar va xususiyatlarni belgilab beruvchi hujjat.
Hujjat aylanishi – hujjatlarning muassasada ularning yaratilishi yoki qabul qilinishidan boshlab ijrosi yakunlangunga yoki jo‘natilgunga qadar harakatlanishi demak.
Elektron hujjat elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va hujjatni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə