Mavzu: Ingliz va O’zbek tillaridagi frazeologizmlarda polisemiya



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/46
tarix16.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#110661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
Mavzu Ingliz va O’zbek tillaridagi frazeologizmlarda polisemiya

 
12 
Tilning frazeologik sostavi juda keng ma’noga va stilistik bo’yoqlarga ega. 
Frazeologik birliklar bilan so’zlarni butunlay ekvivalent sifatida qarash yaramaydi. 
Chunki, frazeologik birliklar doim ham so’zlarning o’rnini bosa olmaydi. 
Frazeologik birliklar hamda so’zlarning strukturasi va ma’nolarida juda ko’p 
farqlanish alomatlari mavjud bo’lib, ularning morfologik va sintaktik funksiyalari 
ham turlichadir. Tarkibiga ko’ra so’zlar yaxlit holda, frazeologik birliklar esa 
alohida holda gap va so’z birikmalari kabi hosil bo’ladi. Bu xususiyatlar ularning 
talaffuzi va yozilishida o’z aksini topgan. 
Frazeologik birlik lug’aviy birlik bo’lganligidan u nutq jarayonida gap 
tarkibida bir mustaqil so’z kabi harakat qiladi- bir gap bo’lagi yoki kengaytiruvchi 
sifatida keladi: 1. Madamin bo’yniga qo’yilgan aybnomadan tamom 
hovuridan 
tushdi
.
2. Stol yoniga kelguncha uning 
boshi aylanib ketdi
; Several candidates are 
already 
jockeying for position.
3. 
Qosh qo’yaman deb ko’z chiqaradigan
bunday 
hodisalar hali ham onda sonda ro’y berib turibdi; Talks between staff and 
management will resume after a two week 
cooling off period. 
4

Kovushini 
to’g’rilab qo’yish
 
kerak; 
The sky is the limit.
1- va 2- gaplarda frazeologik birliklar 
gap markazi- kesim mavqeida, 3-gapda so’z kengaytiruvchisi – aniqlovchi va 4-
gapda butun bir egasiz gap vazifasida kelgan. 
Frazeologik birlik tashqi ko’rinishi jihatidan so’z birikmasi yoki gap 
ko’rinishida bo’ladi. So’z birikmasi ko’rinishidagi frazeologik birlik: ko’ngli 
bo’sh, jig’iga tegmoq; heavy father, to take care va hokazo. Gap tipidagi 
frazeologik birlik “gap kengaytiruvchisi+ kesim” qolip mahsuli: istarasi issiq
kapalagi uchib ketdi; to let the cat out of the bag; 
Ayrim leksik birliklar frazeologik birlikning tadrijiy taraqqiyoti mahsulidir: 
dardisar, toshbag’ir. Demak, leksema hosil bo’lish manbalaridan biri – frazeologik 
birlikdir. 
Ma’no turlari jihatidan iboralar asosan 2 turga bo’linadi: 
1.
Nomlovchi iboralar. Bular ko’pchilikni tashkil qiladi. Masalan quyidagi 
gaplarda ishlatilgan iboralar 1- ibora narsaga xos belgining nomi ( 
do’ppining tagidakkina- nisbatan juda kichik; dull as lead;), 2- ibora – 



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə