Mavzu: Ingliz va O’zbek tillaridagi frazeologizmlarda polisemiya



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/46
tarix16.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#110661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Mavzu Ingliz va O’zbek tillaridagi frazeologizmlarda polisemiya

 
10 
esa, o’zining qator asarlarida frazeologik shakllanish muammolarini o’rtaga qo’ydi 
va uning paydo bo’lish omillarini yoritib berdi. Frazeologik birliklarning muhim 
farqlovchi belgisi mazmuniy qayta shakllanish ekanligini ko’rsatdi.
Frazeologik birliklarni ilmiy tadqiq qilishda tilshunoslikda keng tarqalgan 
distributiv metoddan foydalanish mumkin. Frazeologik birliklarning nutqda 
ishlatilish xususiyatlarini distributiv metod yordamida o’rganilish orqali ularning 
struktural- semantik belgilari chuqurroq aniqlanadi. Undan tashqari frazeologik 
birliklarni o’rganishda ularning semantik va struktural belgilarini tilning mazmun 
plani bilan uning ifoda plani munosabati borasida qaramoq zarur. Frazeologik 
birliklarning sostavini tekshirishda uning komponentlari o’rtasidagi birikish 
turlarini, birikuvchi so’zlarning tabiatini valentlik metodi asosida qaramoq zarur 
[4, 115]. 


 
11 
I.2. Ingliz va O’zbek tillarida frazeologizmlarning turlari va o’ziga xos 
xususiyatlari.
Frazeologik birlik til hodisasi sifatida lison va nutqqa daxldor birlikdir. Birdan 
ortiq mustaqil leksema ko’rinishining birikuvidan tashkil topib, obrazli ma’noviy 
tabaitga ega bo’lgan lisoniy birlik 
frazeologik birlik
deyiladi: tepa sochi tikka 
bo’ldi, sirkasi suv ko’tarmaydi; to show the white feather, to play the first fiddle. 
Frazeologik birlik ibora, frazeologizm, turg’un birikma, barqaror birikma, 
frazeologik birikma atamalari bilan ham yuritiladi. 
Frazeologik birliklarning eng asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko’rsatish 
mumkin: 
1.
Frazeologik birlikning tarkibida ikki yoki undan ortiq leksema qatnashgan 
bo’ladi. 
2.
Frazeologik birlik yaxlit bir lug’aviy ma’no ifodalaydi. 
3.
Frazeologik birlikning tarkibidagi so’zlar o’z leksik ma’nolarini yo’qotgan 
bo’ladi. 
4.
Frazeologik birlik turg’un birikma sifatida erkin birikma bilan faqat 
omonimik holatda bo’ladi. 
5.
Frazeologik birlikni faqat yaxlitligicha almashtirish mumkin 
6.
Frazeologik birlik gapning tarkibida yaxlitligicha bir sintaktik vazifada 
keladi. 
7.
Frazeologik birlikni boshqa tilga so’zma – so’z tarjima qilib bo’lmaydi, 
yaxlitligicha tarjima qilinadi. 
Frazeologik birlik tashkil etuvchisiga ko’ra qo’shma leksema, so’z birikmasi va 
gapga o’xshaydi. Biroq ular ko’proq qo’shma leksema kabi til jamiyati ongida 
tayyor va barqaror holda yashaydi. Boshqacha aytganda, frazeologik birlik lisonda 
barcha lisoniy birliklarga xos bo’lgan umumiylik tabiatiga ega va nutqda 
xususiylik sifatida namoyon bo’ladi. Demak frazeologik birikma nutq hodisasi 
emas, balki til hodisasidir. Shuningdek, frazeologik birlik nominativ ma’no 
anglatadi, shunga ko’ra leksema bilan bir qatorga qo’yiladi, leksemadan yirik 
nominativ birlik deb yuritiladi. 



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə