Mavzu: informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning zamonaviy vositalaridan foydalanish mundarija kirish kirish mavzuning dolzarbligi


Mavzu: Kompyuterning dasturiy ta’minoti Darsning maqsadlari



Yüklə 489 Kb.
səhifə8/10
tarix11.10.2023
ölçüsü489 Kb.
#126950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY

Mavzu: Kompyuterning dasturiy ta’minoti
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy: talabalarga zamonaviy texnika vositalaridan foydalanib kompyuterning dasturiy ta’minotini o‘rgatish.
Tarbiyaviy: talabalarga zamonaviy texnika vositalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: talabalarga kompyuterning dasturiy ta’minoti mavzusi bo‘yicha nazariy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish. Bunda o‘qituvchi darsga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rib, darsga oid yangi materiallar to‘plashi va to‘plangan materiallar talabaga tushunarli bo‘lishi lozim.
Dars turi: Nazariy mashg‘ulot – bunda o‘qituvchi darsni olib borish uchun didaktik materiallarni oldindan tayyorlab qo‘yadai. Dars materiali zamonaviy fan yangiliklarini o‘z ichiga olgan, talabaga tarqatma material ko‘rinishada berib yuboriladigan yoki talabani qiziqtiradigan matn, video, animatsion, audio kabi axborotlar ko‘rinishda bo‘lishi talaba uchun vaqt tejamkorligi va o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi. Bu ko‘rinishdagi axborotni tayyorlashda o‘qituvchiga kompter, mikrafon qurilmasi, Snagit, EasyGIFAnimator kabi dasturiy vositalar yordam beradi. Bu kabi tayyorlangan dars materiali talaba uchun uy sharoitida televizor va DVD player qurilmalari yordamida dars mashg‘ulotlarini o‘qishi, ko‘rishi, eshitishi mumkin.
Darsga qo‘llaniladigan uslublar: ko‘rsatmalik, aqliy hujum, blits-so‘rov.
Xonaning jihozlanishi: Videoproyektr, elektron doska, tarmoqqa ulangan kompyuterlar
Darsdan kutilayotgan natijalar:
Talabalar kompyuter, proyektor, elektron doskadan foydalanish nazariyasiga ega bo‘ladilar.
Talabalar kompyuterning dasturlari bilan ishlashni o‘rganadilar.
Darsning borishi
Darsning tashkiliy qismi: O‘qituvchi bu darsni tashkil etish uchun darsga doir ma’lumotlarni oldindan tayyorlab qo‘yadi va dars yakunida test asosida bilimlarini baholashini aytadi.



Darsning mazmuni: O‘qituvchi darsning tashkiliy qismini o‘tkazib darsdan kutilayotgan natijalarni talabalarga e’lon qiladi. O‘tilgan mavzular bilan yangi mavzuning bog‘liqliligini aytib o‘tadi. Yangi mavzuni elektron doskaga yozib kompyuterning dasturiy ta’minoti haqidagi ma’lumotlarni misollar bilan qayta boshlaydi. O‘qituvchi tomonidan operatsion sistemaning bajaradigan vazifalarini, imkoniyatlarini, qo‘llaniladigan sohalarini elektron doskada tasvirlanadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash: O‘qituvchi yangi mavzuni mustahkamlash uchun talabalardan test sinovi o‘tkazadi. O‘zlashtirish natijalar asosida tayyorlangan dars materiali talabalarga tarqatiladi.
Yuqoridagi dars ishlanmasi qisqa, sodda texnologiyada tashkil etilgan bo‘lib darsning ba’zi bir jihatlari to‘liq bayon etilmagan ammo bu dars jarayonida elektron doskaning ishlatilishi odatdagi darslardan ko‘ra vaqtni tejaydi, dars davomida talabani bilim saviyasini oshiradi hamda dars mavzusi uchun oldindan tayorlangan tarqatma material talabaning mustaqil ta’lim olishiga yordam beradi.



Yüklə 489 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə