Mavzu: Hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash diagnostikasi. Tarbiya ko’rganlikni aniqlash. Reja


O’qituvchining tarbiyaviy maqsadlarni to’g’ri tanlashi volyuntaristik (ko’ngilchanlik) xarakterga ega bo’lmasligi lozim



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə8/16
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#136799
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash diagnostikas

O’qituvchining tarbiyaviy maqsadlarni to’g’ri tanlashi volyuntaristik (ko’ngilchanlik) xarakterga ega bo’lmasligi lozim. U pedagogikaning uslubiyoti, jamiyatda ro’y berayotgan o’zgarishlar, ushbu jarayon yuzasidan qabul qilingan maxsus Qonun va Qoidalar asosida belgilanadigan maqsadlar va milliy qadriyatlar to’g’risidagi falsafiy tasavvurlar, shuningdek jamiyat va davlat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.
Tarbiya texnologiyasida o’qituvchi tomonidan belgilanadigan maqsadlar turli darajada bo’lishi va bosqichma bosqich bir biriga bo’ysunishi, ketma ket bajarilishi mumkin. Biroq tarbiyaviy maqsadning asosiy mohiyati — davlat maqsadlari, ijtimoiy buyurtmalardan kelib chiqishi lozim. Aytish mumkinki, asosiy daraja – mamlakatda inson va uning fuqarolari qadr-qimmati to’g’risidagi ijtimoiy tasavvurlarni aks ettiradigan maqsadlardir. Ular mutaxassislar tomonidan ishlab chiqiladi, hukumat tomonidan qabul qilinadi, qonunlar va boshqa hujjatlarda qayd etiladi. Keyingi daraja — ta’lim dasturlari va standartlarida aks etadigan maqsadlar, ya’ni davlat ta’lim standartlari, maxsus ta’lim tizimlarining va ta’lim bosqichlarining maqsadlari. Eng quyi daraja — muayyan yoshdagi kishilarni tarbiyalashda maqsadning birligi.
Shaxsni shakllantirish, boshqarish, tarbiyaviy faoliyat natijasida yuksak ma’naviy va axloqiy hislatlarga ega bo’lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tasodifiy harakatlar orqali emas, balki, oldindan belgilangan va puxta o’ylab tuzilgan tarbiyaviy maqsadlar asosida olib boriladi. Tarbiyaviy texnologiyada uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o’z o’zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, o’qituvchining tarbiyalash maqsadlarini to’g’ri belgilashi va yo’lga qo’ya olishiga nisbatan g’oyaviy yondashuv ijtimoiy buyurtma asosida belgilanib, amalga oshirilishida mavjud shart sharoitlarni yaratish talab etiladi.

Tarbiya texnologiyalarini modellashtirish


Modellashtirish – ob’ektlarda ijtimoiy reallikning muayyan qismlarini tadqiq etish uslubi hamda predmetlar va hodisalarning real mavjud bo’lgan hamda quriladigan modellarini o’rganish va ishlab chiqishdir. Shunday ekan, tarbiya texnologiyalarini ham ishlab chiqish va amalga oshirishda modellashtirishdan foydalanish ularni yaxlit pedagogik hodisa sifatida uslublarini o’rganib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Modellashtirishning shakli va qo’llanilishi foydalaniladigan modellar va ularni qo’llash sohalariga bog’liq. Tarbiya texnologiyalarining samaradorligini oldindan ko’ra bilish yoki loyihalashtirishda va tadqiq etishda modellashtirishdan foydalanish to’g’risidagi muammo “pedagogik modellashtirish” nomini olgan.
Modellar xarakteriga ko’ra predmetli va belgili (informatsion) modellashtirishga bo’linadi. Shartli ravishda ular asl ob’ektning belgilangan funktsional xususiyatlarini ifodalaydi.
Pedagogik faoliyatda maxsus reja asosida olib boriladigan tadqiqot modellari predmetli modellashtirish deb ataladi.
Jadvallar, chizmalar, formulalar kabi modellar belgili modellashtirish sifatida namoyon bo’ladi.
Modellashtirilishi lozim bo’lgan ob’ektning xarakteri va yosh xususiyatlariga ko’ra avvalo, uning xulq-atvori (unda kechadigan tarbiyaviy jarayonlarga amal qilinishi) modellashtiriladi. Bunda tarbiya texnologiyasining quyidagi ikkita muhim jihatini e’tiborga olish zarur:
1. Barcha tarbiyalanuvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan tarbiyaviy jarayonni modellashtirish.
2. Pedagogik faoliyatda mukammal tarbiyalanishi mumkin bo’lmagan tarbiyasi og’ir o’quvchilar bilan o’zaro tarbiyaviy faoliyatni modellashtirish.
Tarbiyaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda modellashtirishdan foydalanishning bayon etilgan nazariy asoslaridan tashqari yana bir nechta mustaqil, biroq o’zaro ta’sir ko’rsatuvchi kuchga ega bo’lgan tarbiyaviy jarayonning bir-biri bilan o’zaro bog’liq jihatlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
tarbiyaviy faoliyatda ob’ekt va sub’ektning o’zaro kommunikativ munosabati;
bir maqsadga qaratilgan va aniq mazmunga ega tarbiyaviy metodlar;
uzluksiz faoliyatli tarbiyaviy jarayon va uning ijobiy natijalari;
guruh jamoasi norasmiy etakchisi (lideri)ning tarbiyaviy jarayonga ta’siri.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə