Mavzu: falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə3/3
tarix29.11.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#139575
1   2   3
Nozima2005

Sharqda psixologik qarashlarning paydo boʻlishida buyuk Sharq mutafakkirlarining roli katta boʻlgan. Ular orasida Al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek kabilar oʻzlarining inson psixikasi va yosh avlodni tarbiyalashga doir boy fikrlar va qarashlarini meros sifatida qoldirganlar. Ular orasida ayniqsa Abu Ali ibn Sinoning mantiq, metafizika, tabiiy fanlar, ayniqsa, tibbiyot haqidagi fikrlari oʻsha davr ilmiy taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi. U maxsus psixologik muammolar bilan shugʻullangan olimlardan biridir. Uning ruh, asab tizimi haqidagi qarashlari katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sinoning temperament xususiyatlariga qarab yondashish zarurligi haqidagi fikrlari ming yildan soʻng ham zamonaviy psixologiyada oʻz qimmatini yoʻqotmagan. Abu Ali ibn Sino dunyoda birinchi boʻlib psixoterapevtik usullarni qoʻllab koʻrgan olimlardan biridir. Niderlandiyalik olim Spinoza (1632-1677) ongni katta koʻlamga ega materiyadan sira qolishmaydigan voqelik, ya’ni yaqqol narsa deb, tushuntirdi. U determinizm (lotincha demmerminara - belgilayman) tamoyilining, ya’ni tabiat, jamiyat hodisalarining, shu jumladan psixik hodisalarning ob’ektiv sabablar bilan belgilanligi haqidagi ta’limot targʻibotchisi edi

Sharqda psixologik fikrlar taraqqiyoti

  • Inson ruhiyati haqida juda koʻp fikrlar Sharq mutafakkirlari tomonidan aytilgan. Sharq mutafakkirlari insonni axloqiy, estetik munosabatlari, bular bilan bogʻliq holda emotsional kechinmalarini, inson aqli va tafakkuri, bilimi va bilish jarayonlari, mehnati va uning natijalariga boʻlgan munosabatlarda sodir boʻladigan psixologik jarayonlarni keng oʻrganganlar. Insondagi fahm-farosat, irodaviy jarayonlar, diqqat bilan oʻz maqsadi tomon harakatlanishi, zukkoligi, intiluvchanligi, tabiat va biologik jarayonlardan zavqlanish kabi koʻplab masalalarni oʻz asarlarida tahlil qilishga e’tibor berganlar. Abu Bakr ar-Roziy o‘rta va yaqin Sharq xalqlarining ilg‘or ijtimoiy va falsafiy olimlaridandir. U aql masalasiga (tafakkur) alohida e’tibor berdi va aql bilan inson hayvonot dunyosidan ustun turishini, aql orqali o‘z xohish va istaklarga yetishish mumkinligini uqtiradi. “Aql orqali biz o‘zimizni ulug‘lovchi, ziynatlovchi va hayotimizni xayrli qiluvchi hamma narsani bila olamiz”, - deb ko‘rsatadi.
  • Aql yordamida yerning shakli, quyosh va oyning kattaligi, yulduzlar harakati, ularning uzoqligini va oqishini bilib olamiz , deydi. Oʻrta Osiyoning koʻzga koʻringan mutafakkirlaridan biri bu Abu Nasr Forobiydir. Forobiyning inson va insonning ruhiy jarayonlari toʻgʻrisidagi fikrlari uning dunyoqarashi tizimida diqqatga sazovar boʻlgan progressiv ijobiy fikrlardandir.
  • Shunga koʻra psixologiyaning tamoyillari quyidagicha: 1. Determinizm tamoyili; 2. Ong va faoliyat birligi tamoyili; 3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili. Tamoyil - ma’lum faoliyatni bajarishda tayaniladigan dastlabki qoidalar tizimidir. Determinizm tamoyiliga koʻra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va sharoit oʻzgarishi bilan oʻzgaradi. Hayvonlar psixikasining taraqqiyoti tabiiy saralanish bilan, odam psixikasi taraqqiyoti esa ijtimoiy taraqqiyot qonunlari bilan belgilanadi. Ong va faoliyat birligi tamoyiliga koʻra, ong va faoliyat bir-biriga qarama-qarshi ham, aynan bir narsa ham emas. Ular bir butunlikni tashkil etadi. Ong faoliyatni ichki rejasini, dasturini tashkil etadi. Bu tamoyil psixologlarga inson xulq-atvori, xatti-harakatlari va faoliyatlarini oʻrganish orqali xatti-harakatlardan koʻzlangan maqsadlarga, muvaffaqiyatlarga erishishni ta’minlovchi ichki psixologik mexanizm, ya’ni psixikani ob’ektiv qonuniyatlarini ochishga imkon beradi.

Foidalanilgan adabiyotlar

  • Foidalanilgan adabiyotlar
  • http://fayllar.org
  • http://Arxiv.uz

E’tiboringiz uchun raxmat
Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə