Mavzu: falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#139575
  1   2   3
Nozima2005

MAVZU:SHARQDA PSIXALOGIK FIKRLAR TARAQQIYOTI

Bajardi : 103- guruh talabasi

Maxsudjanova Nozima

Reja :

  • 1.Psixologiya haqida tushuncha 2.Psixologiyaning fan sifatida shakllanishi 3.Sharqda psixologik fikrlar taraqqiyoti 4.Xulosa
  • 5.Adabiyotlar

Psixologiya haqida tushuncha

Psixologiya soʻzining lugʻaviy ma’nosi grekcha psyuxe - jon, ruh, logos - fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi. Psixologiya fan sifatida psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini oʻrganadi. Jumladan, professor M.G.Davletshin fikricha, psixika deganda - oliy darajadagi materiyaning (miyaning) xususiyati tushunilib, u ob’ektiv borliqni aks ettirilishida namoyon boʻladi, sub’ekt faoliyatini ma’lum maqsad asosida yoʻnaltiradi hamda xulq-atvor negizida shakllanadi, professor V.M.Karimova fikricha, psixika - inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi.

Insonda jismoniy tanadan tashqari undan farqlanuvchi yana nimadir borligi haqidagi tasavvurlar qadimdanoq mavjud boʻlgan. Eng qadimgi davrlardayoq inson tush koʻrish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan, ovdagi muvaffaqiyatlar) oʻlim va boshqa hodisalarning sabablarini tushuntirishga

intilgan. Ammo dastlabki qarashlar mifologik xarakterda edi. Ular fikrlash orqali emas, koʻr-koʻrona ishonch vositasida egallanardi. Ruh haqidagi qarashlar koʻpincha nafas bilan bogʻlanardi, ruhni esa uchar mahluq sifatida tasavvur etardilar


Psixologiyaning fan sifatida shakllanishi

Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushuntirilgan. Jonning oʻzi esa odam tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar "animizm" deb ataladi. Animizm soʻzi -anima "jon" degan ma’noni anglatadi. Jon oʻz mohiyatiga koʻra olovsimon uchqundan iborat ekanligi Geraklit tomonidan, yoki olovsimon atomdan iboratligi Demokrit tomonidan ta’kidlangan. Platonning "ideyalar tugʻma boʻladi" degan gʻoyalari psixologik fikr taraqqiyotiga juda katta hissa qoʻshdi. Platon ta’limotiga koʻra "ideyalar" mohiyati abadiy va oʻzgarmas, ularning tabiiy olamdan tashqarida oliy olam mavjud boʻlib, ularni odam koʻzi bilan koʻra olmaydi.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə