Mavzu: Elastiklik nazariyasi reja


Talab va taklif funksiyasi va bozor muvozanati



Yüklə 66 Kb.
səhifə4/7
tarix27.12.2022
ölçüsü66 Kb.
#97958
1   2   3   4   5   6   7
5-мавзу Х.Файзуллаев М-92-2 гурух

Talab va taklif funksiyasi va bozor muvozanati.
Zamonaviy iqtisodiy nazariyaning aniqroq bo’lishi, u o’rganadigan iqtisodiy jarayonlarning miqdoriy munosabatlarini o’rganish uchun matematik instrumentdan kengroq foydalanishni taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda iqtisodchilar iqtisodiy jarayonlarni o’rganishda model tushunchasidan keng foydalanmoqdalar.
Model deganda, iqtisodiy jarayonning sxemasi, loyihasi, matematik formulalar bilan ifodalanishi tushuniladi. Bu erda kengroq ishlatiladigan modellardan biri iqtisodiy-matematik modellardir. Iqtisodiy matematik modellar, iqtisodiy jarayonlarning miqdoriy munosabatlarini funksiya, tenglama, tengsizliklar orqali ifodalaydi.
Funksiya - bu matematik tushuncha bo’lib, bog’liq o’zgaruvchi bilan erkin o’zgaruvchilar o’rtasidagi miqdoriy bog’liqlikni ifodalaydi.
Talab funksiyasi mahsulot narxi bo’lganda, iste’molchi qancha maksimal miqdorda mahsulot sotib olishi mumkinligini ko’rsatadi. Narx oshganda, talab miqdori kamayadi. Masalan, o’quvchi daftariga bo’lgan talab va daftar narxi o’rtasidagi bog’liqlik quyidagi jadvalda berilgan.

Bitta daftar narxi, so’m ()


10

20

30

Talab, (dona)

18

12

6


Bu jadvaldagi talab bilan narx o’rtasidagi bog’liqlik, teskari bog’liqlikdir. Nima uchun deganda, narx (argument) o’sishi bilan talab miqdori (funksiya qiymati) kamayib boradi.


Ko’p o’zgaruvchili talab funksiyasi, talab miqdorini unga ta’sir qiluvchi bir necha omillar asosida aniqlaydi. Misol tariqasida non bozori modelini qanday aniqlanishini qaraymiz. Ma’lumki, nonga bo’lgan talab, nonning narxi ga va iste’molchining daromadi ga bog’liqdir va bu bog’liqlik quyidagicha ifodalanadi.
Bu holda ko’p o’zgaruvchili talab funksiyasi ikki o’zgaruvchidan: non narxi va iste’molchi daromadi dan bog’liq.
Non pishiruvchilar tomonidan taklif qilinadigan non miqdori nonning narxi dan va unning narxi ga bog’liq, deb qaraylik. U holda taklif funksiyasi ko’rinishda yoziladi.
Non bozoridagi nonga talab va taklifning bir-biriga teng bo’lishi sharti bo’ladi. (1), (2) va (3) munosabatlar non bozori modelini beradi.
Misol. Nonga bo’lgan ikki omilli talab funksiyasi berilgan:
Bu funksiya orqali berilgan non narxi va iste’molchi daromadida nonga talab qancha ekanligini aniqlash mumkin. Agar non narxi q20 so’m, daromad 250 so’m bo’lsa, nonga talab bo’ladi.
Shunday qilib, ko’p omilli talab funksiyasi yordamida, talab miqdorining unga ta’sir qiluvchi omillar (yoki bir qator omillar ta’siri o’zgarmas bo’lganda qolgan omillar) ta’siri bo’yicha o’zgarish qonuniyatlarini tahlil qilish mumkin.
Talab qonuni bo’yicha narxdan boshqa omillar ta’siri o’zgarmaganda, narxning o’sishi bilan talab miqdori kamayib boradi (ya’ni, o’smaydi).
Bozor talabi chizig’ini aniqlash uchun, birinchi navbatda statistik ma’lumotlar va iste’molchi didi hamda odatiga ko’ra, alohida xaridorning talab funksiyasi aniqlandi va undan keyin ushbu individual talab chiziqlari gorizontal qo’shiladi.
Bozor muvozanati
Muvozanat - bu tizimning shunday bir holatiki, agar unga biror bir tashqi kuch ta’sir qilmasa, u o’zining ushbu holatini saqlab qoladi.
Talab va taklif modelida talab chizig’i bilan taklif chizig’ining kesishgan nuqtasi bozor muvozanatini bildiradi. Demak, bozor muvozanati talab hajmi bilan taklif hajmining tengligini ta’minlaydigan narx darajasi va tovar miqdori bilan aniqlanadi. Talab va taklif qonuniga ko’ra shuni ta’kidlash mumkinki, agar bozor muvozanat holatida bo’lsa, u holda, uning qatnashchilari tovar narxini yoki tovar miqdorini o’zgartirishga hech narsa sabab bo’lmaydi.
Muvozanat narx deb, shunday narxga aytiladiki, agar u bozorda taklif qilinadigan ne’mat miqdorini unga bo’lgan talab miqdori unga bo’lgan talab miqdoriga tenglashtirsa, ya’ni.
Talab va taklif chizig’iqlari yagona muvozanat nuqtada kesishadi va nuqtalar, muvozanat nuqta ning koordinatlari hisoblanadi.
Bozordagi talab va taklifning o’zgarishi, bozor muvozanatini o’zgarishiga olib keladi. Masalan, bozordagi talab oshsa, (talab chizig’i o’ngga siljiganda) muvozanat narx va muvozanat tovar hajmi o’sadi. Agar bozor talabi kamaysa (talab chizig’i chapga siljisa), va lar ham kamayadi. Bozor taklifi oshsa (taklif chizig’i o’ngga siljisa), muvozanat narx kamayadi, muvozanat tovar hajmi o’sadi. Agar bozor taklifi kamaysa (taklif chizig’i chapga siljisa), muvozanat narx o’sadi, muvozanat tovar hajmi kamayadi.
Agar taklif va talab chiziqlari bir vaqtning o’zida siljishsa, muvozanat narx va muvozanat miqdorlarning o’zgarishi har xil bo’lishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan bozor modeli statik bo’lib, u ma’lum vaqt oralig’ini oladi (masalan, u bir oyga, bir yilga teng bo’lishi mumkin). Bunday bozor modelida o’zgaruvchilar vaqtga bog’liq emas.
Modelda talab, taklif va narxlarning bog’liqliklarini vaqt o’zgarishi bilan bog’lasak, model dinamik modelga aylanadi. Faraz qilaylik, ma’lum vaqt oralig’ida (masalan, bu oraliq bir oy bo’lsin) bir birlik tovarning bozor narxi bo’lsin (ya’ni, tovar narxi bir oy ichida o’zgarmaydi). Tovarning bozor narxi muvozanat narxga teng bo’lishi ham, teng bo’lmasligi ham mumkin.
Agar biz vaqt oralig’ini qarasak, u holda qiymatlarni qabul qiladi. - narx traektoriyasini yoki dinamik model traektoriyasini beradi.
Bitta mahsulot uchun bozorning dinamik modelini qaraymiz.
Umuman olganda bozorning dinamik modelida bozor narxining o’zgarishi uch xil variantga olib kelishi mumkin:
1. Vaqt o’tishi bilan bozor narxining muvozanat narxdan chetlanishi kamayib boradi;
2. Bozor narxi muvozanat narxdan uzoqlashib boradi;
3. Bozor narxi muvozanat narx atrofida tebranib turadi va bozor muvozanatiga hech vaqt erishilmaydi.
Tovarning maksimal va minimal bahosi. Ba’zi vaqtlarda bozor narxi davlat tomonidan o’rnatiladi. Narx maksimal deyiladi, agar o’rnatilgan narx muvozanat narxdan kichik bo’lsa ( - muvozanat narx) va narxni maksimal narx dan yuqori belgilash ta’qiqlansa. Maksimal narx ba’zi bir mahsulotlarga aholini ushbu mahsulot bilan ma’lum darajada ta’minlash maqsadida davlat tomonidan o’rnatiladi. Talab va taklif nazariyasiga ko’ra, maksimal narxning o’rnatilishi mahsulot tanqisligiga olib keladi.
Tovar tanqisligini davlat o’z zahirasidan mahsulotni bozorga chiqarish yo’li bilan echadi, ya’ni o’z zahirasidagi miqdorda mahsulot chiqarib talab va taklifni tenglashtiradi.
Agar sotuvchilarga tovarni maksimal narx dan yuqori narxda sotishga ruxsat bo’lmasa, taklif miqdor bilan chegaralangani uchun, norasmiy bozor (xufiyona bozor) vujudga keladi (rasmda bu nuqta orqali ifodalangan va bu bozorda tovar norasmiy bozor narxi da sotiladi; muvozanat narxdan ancha Yuqori bo’lishi mumkin).
Mahsulotning narxi minimal narx deyiladi, agar minimal narx muvozanat narxdan katta bo’lsa, (Re-muvozanat narx) va narx ni pasaytirish mumkin bo’lmasa.
Bunday minimal narx davlat tomonidan, ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun o’rnatiladi. Minimal narxning o’rnatilishi, ortiqcha mahsulotning vujudga kelishiga olib keladi yoki mahsulotlar sotilmasdan omborlarda to’planib qolishiga olib keladi. Bu vaziyat grafikda keltirilgan, ortiqcha mahsulot hajmi ga teng. Agar davlat mahsulotni minimal narxdan past narxda sotishga ruxsat bermasa, bu erda ham norasmiy bozor vujudga keladi. Grafikdagi nuqta ortiqcha mahsulotni norasmiy ravishda muvozanat narxdan past narxda (narxda) sotilishi mumkin bo’lgan vaziyatni ko’rsatadi. Shunday qilib, talab va taklif modeli orqali bozor narxlarini o’zgartirishning oqibatlarini chuqur tahlil qilish mumkin.



Yüklə 66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə