Talab va taklif. Bozor muvozanati



Yüklə 0,5 Mb.
tarix19.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#150849
TALAB VA TAKLIF

TALAB VA TAKLIF. BOZOR MUVOZANATI

  • Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni.
  • Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni.
  • Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi. Bozor muvozanati.
  • Iste’molchi xatti-harakati nazariyasi

1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni.

  • Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo‘lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko‘rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo‘lib qolaveradi

Talabning bir qator muqobil variantlari.

  • Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi, chunki narx o‘zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o‘zgaradi. SHu bog‘liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt oralig‘ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlarni ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo‘lgan ehtiyoji talab deyiladi. Talablar turlicha bo‘lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan talabning ikki turi farqlanadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarni shu turiga bo‘lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko‘pchilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan talablari yig‘indisi bozor talabi deyiladi

Talab va taklifga ta'sir qiluvchi omillar


Reklama.
Moda yo'nalishlari
Tovarlarning mavjudligi.
Iste'molchilar daromadlari miqdori
Mahsulotning foydaliligi.
Almashinadigan tovarlarning narxi
Iste'molchilar soni.
Mavsumiylik (masalan, yozgi va qishki shinalar).

Taklif qonuni.

  • Taklif qonuni iqtisodiy nazariyaning asosiy prinsipi boʻlib, unda boshqa omillarni doimiy ravishda ushlab turish, narxning oshishi taklif miqdorining oshishiga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda, narx va miqdor oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqlik mavjud: miqdorlar narx oʻzgarishi bilan bir xil yoʻnalishda javob beradi. Bu shuni anglatadiki, ishlab chiqaruvchilar daromadni oshirish usuli sifatida ishlab chiqarishni koʻpaytirish orqali bozorda yuqori narxlarda sotish uchun koʻproq mahsulotni taklif qilishga tayyor.

Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi. Bozor muvozanati.

  • Biz yuqorida turli omillar ta’sirida talab va taklif miqdorining o‘zgarib turishini ko‘rdik. Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma’lum nisbatda bo‘ladi, bu nisbatlar o‘zgarib turadi. Ba’zan talab taklif miqdoridan oshib ketib, narx ko‘tirilsa, ayrim paytda taklif talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayib ketadi.
  • Talab miqdori bilan taklif miqdori bir-biriga teng bo‘lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi. Ba’zan uni muvozanatlashgan narx deb ham yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatlashgan narx doimo mavjud bo‘lmaydi, ularga ta’sir qiluvchi ko‘plab omillar muvozanatning buzilishiga sabab bo‘ladi. Ammo iqtisodiyotda bozor muvozanatiga intilish doimo mavjud bo‘ladi.

Talab va taklif tushunchalari tahlili bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatining muvofiq kelishini qarab chiqish imkonini beradi. Bunday muvofiqlik o‘z ifodasini muvozanatlashgan narxda topadi.

  • Talab va taklif tushunchalari tahlili bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatining muvofiq kelishini qarab chiqish imkonini beradi. Bunday muvofiqlik o‘z ifodasini muvozanatlashgan narxda topadi.
  • Oldingi bandlarda ko‘rib chiqilgan bozor talabi va taklifi egri chiziqlarini bitta grafikka joylashtirib, bozorning muvozanatlashgan nuqtasini hosil qilamiz (7.4-chizma).

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə