Mavzu: Elastiklik nazariyasi reja


Talab elastikligi va uning asoslari. Daromad va narx bo‘yicha talab elastikligi



Yüklə 66 Kb.
səhifə5/7
tarix27.12.2022
ölçüsü66 Kb.
#97958
1   2   3   4   5   6   7
5-мавзу Х.Файзуллаев М-92-2 гурух

Talab elastikligi va uning asoslari. Daromad va narx bo‘yicha talab elastikligi.
Ma’lumki, tovarga bo’lgan talab, uning narxiga, iste’molchi daromadiga va boshqa tovarlar narxiga bog’liqdir. Xuddi shunday, taklif tovar narxiga va tovarni ishlab chiqarish xarajatiga bog’liq.
Masalan, olmaning narxi oshsa, unga talab kamayadi. Lekin, biz shu tovarga talabni yoki taklifini miqdoriy jihatdan o’sishi yoki kamayishini bilmoqchimiz. Agar olma narxi 15% ga oshsa, unga bo’lgan talab qanchaga o’zgaradi? Yoki daromad 10% ga oshgandagi talab qanchaga o’zgaradi? Bunday savolga javob berish uchun, elastiklik tushunchasidan foydalanamiz.
Elastiklik - bir o’zgaruvchining boshqa bir o’zgaruvchi ta’siri ostida o’zgarishini o’lchaydigan o’lchov; aniqroq qilib aytganda, biror o’zgaruvchining bir foizga o’zgarishini natijasida boshqa bir o’zgaruvchining ma’lum foiz miqdorga o’zgarishini ko’rsatadigan sondir.
Bunga eng muhim misollardan biri bo’lib, narxga bog’liq bo’lgan talab elastikligidir. Bu elastiklik tovar narxining bir foizga o’zgarishi, unga bo’lgan talabninng necha foizga o’zgarishini ko’rsatadi.
Ba’zi bir tovarlar, to’ldiruvchi tovarlar hisoblanadi va ular birgalikda ishlatiladi, shu sababli birortasining narxini o’sishi, ikkinchi tovar iste’molini kamaytiradi. Bunga misol tariqasida benzin bilan avtomobil motori yog’ini olish mumkin. Agar benzin narxi oshsa, benzin iste’moli kamayadi, nima uchun deganda, avtomobil haydovchilar mashinada kamroq yura boshlaydi. Ammo, motor moyiga ham talab kamayadi (Motor moyiga talab egri chizig’i chap tomonga siljiydi). Shunday qilib, motor moyining benzinga nisbatan elastikligi manfiydir. Yana bir eslatib o’tamiz, bozor talabining asosiy determinantlari, ya’ni talab chizig’i holatini o’zgartiruvchi, yoki talabdagi o’zgarishni keltirib chiqaruvchi determinantlar quyidagilar: iste’molchining didi va afzal ko’rishi; bozordagi iste’molchilar soni; iste’molchilar daromadi; bir-birini o’rnini bosuvchi, to’ldiruvchi tovarlar; kelajakda bo’ladigan narx va daromadlarga nisbatan iste’molchining kutishi.

Yüklə 66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə