Mavzu: Ekspluatatsiyadagi bino va inshootlarni funksional yemirilish koʻrsatkichini aniqlash



Yüklə 54,82 Kb.
səhifə1/3
tarix12.12.2023
ölçüsü54,82 Kb.
#148764
  1   2   3
Explatsiyadagi bino va inshoatlarning jismoniy yemirilishi ko\'rsatkichini aniqlash




Mavzu: Ekspluatatsiyadagi bino va inshootlarni funksional yemirilish koʻrsatkichini aniqlash
Reja:
1.Bino va inshootlar deformatsiyalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar.
2. Bino va inshoatlarning jismoniy yemirilishi
3. Explatsiyadagi bino va inshoatlarning jismoniy yemirilishi ko'rsatkichini aniqlash

Bino va inshootlar deformatsiyalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar. Deformatsiya turlari. Inshootlar deformatsiyasi ularning poydevoriga va inshootning o‘ziga turli xil tabiiy va texnogen faktorlar ta’sir etishi natijasida yuzaga keladi. Asosan inshoot va binolar deformatsiyasi ular poydevoridagi tuproq qatlamining xarakatiga bog‘liq. Bu xarakatlar tik va gorizontal holatda yuzaga kelishi mumkin.


Poydevorlarning tik deformatsiyasi quyidagilarga bo‘linadi:
Cho‘kish-deformatsiyalar, poydevor tagidagi tuproqning tashqi ta’sir va alohida holatlarida tuproqning o‘z og‘irligi ta’sirida zichlanishi natijasida yuzaga keladi va bunda tuproq strukturasi tubdan o‘zgarmaydi;
Siqilish deformatsiyalari, tuproqning zichlanishi natijasida yuzaga keluvchi va tashqi ta’sir sababli tuproq strukturasi tubdan o‘zgarishiga olib keladi masalan, tuproqning namlanishi, muzlagan tuproqning erishi va hokazolar;
Bo‘rtish deformatsiyalari, tuproq qatlamiga turli ximiyaviy moddalar ta’sirida yoki uning namligi, harorati o‘zgarishi natijasida tuproq hajmining o‘zgarishi;
O‘tirish deformatsiyalari, yer osti qazilma boyliklarini qazib olish, gidrogeologik sharoitning o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi.
Poydevor cho‘kishining matematik xarakteristikasi-poydevorning boshlang‘ich va cho‘kish sodir bo‘lgandan keyingi tekisliklari oralig‘idagi tik kesma bilan ifodalanadi.
Agarda bu kesmalar inshoot poydevorining barcha burchaklarida teng bo‘lsa bunday cho‘kish bir tekisda cho‘kish deyiladi, agarda kesmalar teng bo‘lmasa notekis cho‘kish hisoblanadi. SHunday qilib bir tekisda cho‘kish inshootning barcha qismiga bo‘lgan tashqi muhit ta’siri bir xilda bo‘lgan, hamda poydevor tagidagi tog‘ jinslarining bir xilda siqilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bu holat amalda kam uchraydi.
Notekis cho‘kishlar inshoot qismlariga turli xil ta’sir ko‘rsatilishi va tuproqning turlicha siqilishi natijasida yuzaga keladi va bu holat bino va inshootlarni og‘ishiga, egilishi va boshqa xil o‘zgarishlariga olib keladi. Bu o‘zgarishlar sezilarli darajada bo‘lganda bino poydevorlari va devorlarida yorilishlar paydo bo‘lishi mumkin.
Inshootning o‘z og‘irligi natijasida sodir bo‘ladigan cho‘kishlar tuproq qatlamining siqilib borishi natijasida ma’lum vaqtdan keyin to‘xtaydi.
Bunda odatdagiday, qumli tuproqlarda cho‘kish katta tezlikda xarakatlanadi va tez to‘xtaydi. Loy tuproqli joylarda esa teskari holatda, ya’ni sezilarli bo‘lmagan tezlikda boshlanib, ko‘p yillar davomida tugamaydi.
Bir tomonlama kuch ta’sirida (masalan, suv bosimi) inshootlarning gorizontal siljishi sodir bo‘ladi. Bino va poydevorlarning birgalikdagi siljishi quyidagi parametrlar orqali ifodalanadi:
a) alohida poydevor yoki qurilish blokining to‘liq cho‘kishi S;
b) bino va inshootlar poydevorining o‘rtacha cho‘kishi Sur ;
v) poydevor nuqtalarining notekis cho‘kishi DS;
g) nisbiy notekis cho‘kish ya’ni poydevor ikki nuqtasi orasidagi cho‘kish farqininuqtalar orasidagi masofaga nisbati;
d) poydevor nishabligi i, ya’ni cho‘kish farqi DS ni poydevor eni yoki uzunligiga
Poydevor nishabligi inshootning og‘ishiga (kren) olib keladi.
1. e) inshootning burilish burchagi x;
2. j) inshootning gorizontal siljishi u.
Deformatsiyani kuzatish, inshoot qurilishi boshlangan vaqtdan, to undan foydalanishning birinchi yillarigacha davom ettiriladi. Bunda kuzatish bosqichlari bir oraliqlarda olib borilishiga xarakat qilinadi. Bino va inshootlar poydevorlari va konstruksiyalarining siljishi va cho‘kishini geodezik kuzatish maxsus texnikaviy vazifaga binoan bajariladi. U yerda quyidagilar ko‘rsatiladi:
1. a) bino va inshootlarning kuzatilishi kerak bo‘lgan qismlari;
2. b) boshlang‘ich reperlar va cho‘kish markalarining joylashishi;
3. v) kuzatish davriyligi;
4. g) talab qilingan aniqligi;
5. d) hisobot hujjatlarining ro‘y
Poydevor va binolar deformatsiyasini kuzatish natijalari, bino va inshootlarning qanchalik mustahkamligini aniqlashga, hamda cho‘kish sodir bo‘lishini oldini olishga imkon beradi.
Deformatsiya sabablari. Yuqorida ko‘rsatilgandek, poydevorlar deformatsiyasi unga tabiiy va texnogen faktorlar ta’siri natijasida yuzaga keladi.
Tabiiy faktorlarga quyidagilarni keltirish mumkin:
1) tog‘ jinslarining turli xil injener-geologik va gidrogeologik hodisalarga moyilligi;
2) tog‘ jinslarining sovuqda muzlash va muzlangan jinslarning erishi;
3) gidrometrik sharoitning o‘zgarishi, ko‘p yillik harorat, namlik va yer osti suvi sathining
o‘zgarishi.
Texnogen faktorlarga quyidagilar kiritiladi:
1) inshootning o‘z og‘irligi ta’siri;
2) yer osti suvlarining sun’iy ravishda ko‘tarilish va pasayishi sababli tog‘ jinslarining xususiyatini o‘zgartirishi;
3) yer osti ishlari natijasida poydevorning zaiflashishi;
4) binoga qo‘shimcha qavat qurilishi yoki yonidan yangi bino barpo etilishi natijasida, poydevorga bo‘lgan bosim (kuch) o‘zgarishi;
5) turli xil agregatlar ishlashi, transportlar xarakati sababli poydevor tebranishi.
SHular bilan birga inshoot deformatsiyasiga poydevor shakli, o‘lchamlari va mustahkamligi ham ta’sir qiladi. Bino va inshootlar deformatsiyalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar.
Bino va uning konstruktiv elementlarini texnik holatini baholashning mezoni 
jismoniy yemirilish bo‘lib- bu binoning dastlabki sifat ko‘rsatkichlarining tabiiy-
iqlimiy faktorlar va insonning hayotiy faoliyati ta’sirida asta-sekin pasayishidir. 
Uzoq yillik ekspluatatsiya jarayonida turli faktorlar ta’sirida konstruktiv 
elementlar o‘zlarining fizik-mexanik xususiyatlarini davriy ravishda yuqotib 
boradi. Texnik-ekspluatatsion sifatlarinining yuqotishi deganda bino kontruktiv 
elementlarining mutahkamligi, bikrligi hamda atrof-muhitning buzuvchi ta’siriga 
chidamliligining pasayib borishi tushuniladi. Bu sifatlarning kamayib borishi 
natijasida bino vaqt o‘tishi bilan eskirib, unda yemirilish, shikastlanish hamda 
buzilish alomatlari paydo bo‘la boshlaydi.
Jismoniy yemirilish - kelib chiqishi bo‘yicha tabiiy va mexanik turlarga 
bo‘linadi.
Tabiiy ravishda jismoniy yemirilish, bu qurilish konstruksiyasining dastlabki 
sifat ko‘rsatkichlarining turli omillar ta’sirida vaqt utishi bilan kamayib borishidir.
Mexanik yemirilish, bu qurilish konstruksiyasida turli xildagi dinamik, 
texnologik jarayonlar ta’sirida favqulodda yoki asta-sekinlik bilan shikastlanish 
yoki deformatsiya holatlarining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq holatdir.
Yemirilish nazariyasida binolarda yemirilish ikki xilga bo‘linadi. Bu- 
yemirilishning qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan turlaridar.
Qayta tiklanadigan yemirilish deganda binodagi ikkinchi darajali 
konstruktiv elementlar (masalan, eshik-deraza, pol, osma shift konstruksiyalar va h.k.) ning vaqti-vaqti bilan ta’mirlash yoki almashtirish orqali konstruktiv
elementning barcha sifat ko‘rstkichlari dastlabki holatga keltirilishi tushuniladi.
Qayta tiklanmaydigan yemirilish esa asosan binodagi asosiy yuk ko‘taruvchi
konstruksiyalarga tegishli bo‘lib, ularning vaqt o‘tishi bilan yoki mexanik tarzda
olgan shikastlanish va deformatsiya holatlari, konstruksiya ashyosining tarkibiy
o‘zgarishi, yemirilishi, korroziyaga uchrashi va h.k.lar ta’sirida yuk ko‘tarish
qobiliyati, bikrligi va ustivorlik ko‘rsatkichlarining pasayishi natijasida aksariyat
hollarda binoning umrboqiyligi bilan belgilanadi. Ularni qayta tiklash maqsadga
muvofiq bo‘lmay, ayrim hollardagina maxsus loyihalar asosida qayta tiklanishi
mumkin (bu asosan tarixiy obidalarda, yoki maxsus ahamiyatga ega bo‘lgan
ob’ektlarga xosdir).
Binolarning me’yoriy xizmat davrlarining haqiqiy xizmat davrlariga mos
kelmasligi ularning ekspluatatsion ishonchliligi masalalarini chuqurroq
o‘rganishni talab qiladi. Buning uchun bino konstruksiyasiga salbiy ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganish zarurdir.Shu sohadagi adabiyotlar va me'yoriy hujjatlar tahlili natijasida bino konstruksiyalarining texnik holati bilan jismoniy yemirilganlik darajasini quyidagicha ifodalash mumkin.
Polimer materiallardan tayyorlangan tom yopmalari ruberoidlar kabi yopishtiriladi. qalinligi 0,2-0,3 mm bo‘lgan polietelen plyonkalar umuman namlikni o‘tkazmaydi. Ular asosan bitum yoki maxsus plastik mastikalar yordamida yopishtiriladi.
Tarnovli tomlar asosan besh qavatgacha bo‘lgan binolarda uchraydi.

Yüklə 54,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə