Mavzu: diqqatning funksiyalari, turlari, asosiy xususiyatlari



Yüklə 432,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix29.04.2023
ölçüsü432,41 Kb.
#107718
1   2   3   4
9-Mavzu

konsentratsiyalashgan 
(yig‘ilgan) yoki 
to‘plangan 
diqqat deyiladi. Masalan, 
ninaga ip taqishdagi, qo‘lda biror narsa tikishdagi, matematik masala echishdagi, 
ma’ruza eshitishdagi diqqatimiz shunday diqqatdir. Agarda diqqat faqat bir 
murakkab ish jarayonining o‘zida ikki yoki uch narsaga qaratilgan va faoliyatning 
turli usullari bilan bog‘liq bo‘lsa, bunday diqqatni 
bo‘lingan 
yoki 
taqsim 
qilingan 
diqqat deyiladi. Masalan, O‘qituvchi darsni tushuntirish paytida o‘z diqqatini 
o‘quvchilar xulqiga, ko‘rgazma qurollarni ko‘rsatishga, sinf doskasiga va shu 
kabilarga taqsimlashi lozim. 
Yuliy Sezar haqida shunday qissa saqlanib qolgan. U go‘yoki bir vaqtning 
o‘zida bir narsani yozib, boshqa narsa haqida o‘ylash, uchinchi narsani eshitish va 
to‘rtinchi narsa haqida gapirish kabi murakkab ishlarni bajara olgan emish. 
Psixologiya nuqtayi nazaridan, bunday hodisaning bo‘lishi mutlaqo mumkin emas. 
Har holda Yuliy Sezar diqqatini bir narsadan ikkinchi narsaga tez ko‘chirish 
qobiliyatiga ega bo‘lgan bo‘lsa kerak. Shu sababli, Yuliy Sezar o‘z diqqatini bir 


vaqtning o‘zida to‘rt xil faoliyatga qarata oladi, deb o‘ylaganlar. Doklad yoki 
ma’ruzani ham eshitib, ham yozib borishimiz mumkin. Bunda ma’ruzani deyarli 
avtomatik ravishda yozib boriladi; lekin vaqt-vaqti bilan ongimiz nazorat qilib 
turadi. Diqqatning bunday bo‘linishida unchalik zo‘r berishni talab qilmaydigan, 
ya’ni odat bo‘lib qolgan ish, miya po‘stining Ma’lum darajada tormozlangan 
qismlari orqali «boshqarilishi» mumkin.
Diqqatning ko‘lami
. Diqqatning ko‘lami — diqqatga eng qisqa vaqt ichida 
(go‘yoki birdaniga) sig‘ishi mumkin bo‘lgan narsalar soni bilan belgilanadi. Diqqat 
ko‘lami jihatidan tor yoki keng bo‘lishi mumkin. 
Tajriba qilib tekshirishda diqqatning ko‘lami, odatda, tekshirilayotgan odamga 
ayni bir vaqtning o‘zida bir qancha o‘zaro bog‘lanmagan harflarni, so‘zlarni, 
narsalarni va turli shakllarni ko‘rsatish yo‘li bilan aniqlanadi. 
Tekshirilayotgan kishi bu narsalardan ayni vaqtda qanchalik ko‘pini birdaniga 
idrok eta olsa (diqqat doirasiga sig‘dira olsa), uning diqqat doirasi shunchalik keng 
bo‘ladi. 
Diqqatning ko‘lamini aniqlash uchun taxistoskop degan maxsus asbob 
qo‘llaniladi. Bu asbob yordamida kishiga idrok ettiriladigan narsalar juda tez 
ko‘rsatiladi. Bunda idrok qilinadigan narsalar taxistoskopning ekranidagi teshikdan 
ko‘rsatiladi va bu teshik juda qisqa vaqt ichida bekilib qoladi. Taxistoskop vositasi 
bilan o‘tkazilgan tajribalar ko‘rsatishicha, katta yoshli odam ayni vaqtning o‘zida 
diqqat doirasiga uchtadan to oltitagacha bir-biriga 
bog‘liq 
bo‘lmagan narsalarni
masalan, undosh harflarni, shakllarni sig‘dira oladi. Diqqat ko‘lamining fiziologik 
asosi miya po‘stida optimal qo‘zg‘algan joyning kengayishi yoki torayishidan 
iborat.

Yüklə 432,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə