Mavzu: Chekli avtomatlar. Mur va Mili avtomatlari


Mantiq algebrasi funksiyalarini rele-kontaktli sxemalar orqali realizatsiya qilish usuli



Yüklə 34,77 Kb.
səhifə4/9
tarix11.10.2023
ölçüsü34,77 Kb.
#126887
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Chekli avtomatlar. Mur va Mili avtomatlari-fayllar.org

6.1. Mantiq algebrasi funksiyalarini rele-kontaktli sxemalar orqali realizatsiya qilish usuli. Bu paragrafda mantiq algebrasi funksiyalarini rele-kontaktli sxemalar orqali realizatsiya qilish usulini ko‘ramiz.
Agar har bir o‘tkazgichga o‘zgaruvchini mos qilib qo‘ysak, u holda da o‘tkazgichda tok bor va da o‘tkazgichda tok yo‘q deb hisoblaymiz. U holda o‘tkazgichlarning ketma-ket ulanganishiga o‘zgaruvchilarning kon’yunksiyasi (1-a shakl), parallel ulanganishiga esa o‘zgaruvchilarning diz’yunksiyasi (1-b shakl) mos keladi. O‘tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulash natijasida sxema hosil qilamiz. Bu sxema faqatgina monoton funksiyalarni realizatsiya qiladi, chunki kon’yunksiya va diz’yunksiyalarning superpozisiyasi orqali faqat monoton funksiyalarni ifodalash mumkin.

Ixtiyoriy funksiyalarni realizatsiya qilish uchun funksiyani realizatsiya qiladigan qurilma kerak bo‘ladi. Buni manfiy kontaktli rele orqali realizatsiya qilish mumkin. Bunday relening sxemasi 2- shaklda tasvirlangan. Agar g‘altak o‘ramlari orqali elektr toki o‘tmasa , u holda prujina kontaktni yuqoriga tortadi va zanjir ulanadi (tutashadi). Natijada, chiqishda tok paydo bo‘ladi ( ). Agar bo‘lsa va g‘altak o‘rami orqali tok o‘tsa, u holda kontakt pastga tortiladi va chiqishda tok bo‘lmaydi, ya’ni bo‘ladi. Demak, manfiy kontaktli rele funksiyani realizatsiya qiladi. Agar kontakt kirishiga 1 o‘rniga signal bersak, u holda funksiya realizatsiya qilingan bo‘ladi (3- shakl).

Musbat kontaktli releda agar g‘altak o‘ramida tok bo‘lsa ( ), u holda kontakt ulanadi va chiqishda tok bo‘lmaydi ( ). Shunday qilib, funksiyani musbat kontaktli rele orqali realizatsiya qilish mumkin (4- shakl).
Ma’lumki, agar o‘tkazgichda tok bo‘lsa, u holda har tarafga tarqaladi. Masalan, ni 1- shakldagi sxema orqali realizatsiya qilsak, u holda va bo‘lganda, tok nuqtadan har tarafga, shu jumladan o‘tkazgichga mos bo‘lgan o‘tkazgich orqali ham o‘tadi ( bo‘lishiga qaramasdan). Bunday sharoitda sxemaning ish jarayonida noaniqliklar paydo bo‘ladi. Bu holdan qutulish uchun faqat bir tomonga tok o‘tkazadigan asboblardan, shu jumladan, musbat kontaktli reledan foydalanish mumkin. Masalan, musbat kontaktli reledan foydalanib, ni realizatsiya qiladigan sxemani 5- shaklda tasvirlangandek yasash mumkin.


Yüklə 34,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə