Mavzu: Bolaning jinsiy idinfikatsiyasida ota onaning ro'li. I. Bob. Bolaning jinsiy idinfikatsiyasi va uning mazmuni


Bolada jins tushunchasini yuzaga kelishi



Yüklə 150,14 Kb.
səhifə4/5
tarix27.12.2023
ölçüsü150,14 Kb.
#161694
1   2   3   4   5
kurs ishi soliyeva

2.2 Bolada jins tushunchasini yuzaga kelishi. Oʻsmirlik davrida kuzatiladigan xarakterli holatlardan biri bu balogʻatga yetishdir. Jinsiy bezlar va ular bilan bogʻliq jinsiy xususiyatlar onaning bachadonidagi vaqtdayoq shakllanadi va tugʻilishdan oʻsmirlik davrigacha jinsiy rivojlanishni belgilaydi. Muayyan bosqichda jinsiy rivojlanish keskin tezlashadi va fiziologik balogʻatga yetish davri boshlanadi. Jinsiy rivojlanishning tezlashishi va uning eng yuqori bosqichga erishish davri balogʻatga yetish davri deb ataladi va koʻpincha u oʻsmirlik davriga toʻgʻri keladi. Koʻp hollarda oʻgʻil bolalarda balogʻatga yetish qizlarga qaraganda 1-2 yil kechroq sodir boʻladi. Jinsiy rivojlanishning intensivligi juda individualdir va u salomatlik holati, ovqatlanish tabiati, iqlimiy, maishiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar kabi koʻplab omillarga bogʻliq. Bunda genetik xususiyatlar muhim rol oʻynaydi. Jinsiy rivojlanishning boshlanishi moyaklar hajmining kattalashishi paytidan boshlab hisoblanadi. Moyaklar tomonidan ishlab chiqariladigan erkak jinsiy gormoni boʻlmish testosteron jinsiy a’zolarning rivojlanishiga va oʻsmirning tanasida jismoniy oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Yigitlarning tana tuzilishi erkak kishinikidek holga keladi – keng yelkalar va ozgʻin sonlar, koʻkrak va bel qismda boʻrtma mushaklar. Boʻy oʻsish sur’ati tezlik bilan oshadi – oʻgʻil bolalar yiliga 8-12 sm ga oʻsishni boshlaydilar. 3-4 yildan keyin oʻsish sur’ati pasayadi. Ovoz pardasi pasayadi, kekirdak oʻsadi. Yuzda yumshoq, mayda tuklar koʻrinishidagi moʻylov va soqol oʻsa boshlaydi. Faqat 16-20 yoshga kelib ular qalinlashadi. Yogʻ bezlarining faolligi oshishi tufayli akne va qora dogʻlar paydo boʻlishi mumkin, ter bezlarining faoliyati esa kuchli terlashni keltirib chiqaradi. Jinsiy balog‘atga yetish haqida tushuncha. O'sm irlik davrida kuzatiladigan xarakterli holatlardan biri jinsiy baIog‘atga yetishdir. Jinsiy balo g ‘atga yetish qanday am alga oshadi. Jinsiy bezlar va u bilan bog‘liq bo‘lgan jinsiy belgilar bola hali ona qornidaligidayoq paydo bo‘ladi va bola tug‘ilganidan boshlab to o‘smirlik davrigacha jinsiy rivojlanishni belgilab beradi. Jinsiy bezlar va u larn in g vazifalari bolani rivojlanish jarayonining yaxlitligi bila nuzviy bogiiq boiadi. Ontogenetik taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida jinsiy rivojlanish keskin jadallashadi va fiziologik jinsiy yetuklik am alga oshadi. Jinsiy rivojlanishning tezlashishi va jinsiy balog‘atga yetish davri jinsiy balog‘atga yetish davri deb ataladi va u aksariyat hollarda o'sm irlik yoshiga to ‘g ‘ri keladi. Qiz bolalarning jinsiy balog‘atga yetishishi o‘g‘il bolalarga qaraganda 1-2 yil ilgarilab ketadi. Jinsiy balog‘atga y etish nisbatan individual xarakterga ega b o‘lib, u vaqti va tempiga ko‘ra turli bolalarda turlicha kechishi m um kin. Jinsiy balog‘atga yetish muddati va uning jadalligi turlicha bo‘lib, u ko‘plab omillarga: salom atlik holati, ovqatlanish xarakteri, iqlim , maishiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bog’liq. Bunda nasliy xususiyatlar ham muhim ro’l o‘ynaydi. Noqulay maishiy sharoitlar, yetarlicha va to‘g‘ri ovqatlanm aslik, ularda zarur vitam inlarning yetishm asligi, ogkir yoki qaytalanuvchan xastaliklar jinsiy balog‘atga yetish davrini kechiktirib yuborishga olib kelishi mumkin. Odatda katia shaharlarda o‘smirlarning jinsiy balog‘atga yetishishi qishloq joylardagiga qaraganda ertaro qamalga oshadi. Jinsiy balog‘atga yetish davrida gipofiz va qalqonsimon bezlar ajratib chiqaradigan gormonlar ta’siri ostida o'smirda bo‘yining o‘sishi, ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishi, ovozning o ‘zgarishi, muskul kuchiarining ortishi; tananing ayrim qism larini ju n bosishi, ko‘krak bezlarining rivojlanishi kabilar kuzatiladi. Jinsiy balog‘atga yetish bosqichlari. Jinsiy balog‘atga yetish tekis kechadigan jarayon emas. Uma’lum bir bosqichlarga bo’inadi va ularning har biri ichki sekretsiya bezlarining va butu n organizmning o‘ziga xos vazifalari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichlar birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilar majmui bo‘yicha belgilanadi. I bosqich — pubertat oldi bosqichi (jinsiy balog‘atga yetishdan oldingi davr). Bu davr ikkilam chi jinsiy belgilaring bo’masligi (namoyon bola asli) bilan xarakterlanadi. II bosqich — pubertat boshlanishi. 0‘g‘il bolalarda tuxumdon shakli biroz kattalashadi. Qovning jun bosishi minimal bo’adi. Junlar har-har joyda va to‘g‘ri bo'ladi. Qiz bolalarda ko‘krak bezlari to’lisha boradi. Jinsiy lablar atrofini biroz jun bosadi. Bu bosqichda gipofiz keskin faollashadi, uning genodotrop va som atotrop vazifalari ortadi. Somatotrop gormonlar ajralishining kuchayishi bu bosqichda qizlarda ko‘proq kuzatiladi. Bu esa ularda bo‘y o‘sish jarayonlarining kuchayishini ta’minlaydi. Jinsiy g orm onlarning ajralishi kuchayadi, buyrak usti bezining vazifasi faollashadi. III bosqich — o ‘g‘il bolalarda tuxum donning kattalashishi davom etadi. Jinsiy a ’zo ning kattalashishi boshlanadi, asosan u uzaya boradi. Qovda junlar qalinlashib, dag‘allashib, ularning maydoni kengayib boradi. Qiz bolalarda sut bezlarining rivojlanishi davom etadi, jun qoplashi qovtom on kengayib boradi. Qon tarkibida genodotrop gormonlar iqdorining ortishi amalga oshadi. Jinsiy bezlar vazifalari faollashadi. Bolalarda somatotropik gormoni ajralishining kuchayishi bilan ularning bo‘yi o'sishi tezlashadi. IV bosqich — o‘g‘i! bolalarda jinsiy a’zo eniga kengaya boradi, tovush o ‘zgaradi, yuzlarga sepkil chiqa boshlaydi, yuzlariga, qo‘ltiq osti va qovlariga jun chiqa boshlaydi. Qiz bolalarda sut bezlari jadal rivojlana boshlaydi, badanning b a’zi joylarini ju n bosishi kattalarnikiga o ‘xshagan bo‘ladi, biroq kam roq tarqaladi. Bu bosqichda androgen va estrogen gorm onlar kuchli ajralib ch iq a boshlaydi. 0‘g‘il bolalarda bo‘yi jadal o ‘sishini belgilab turuvchi som atotropinning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Qiz bolalarda esa som atotropin miqdori kam ayadi va mos ravishda bo‘yining o‘sishi ham sekinlashadi. V bosqich — o’g ‘il bolalarda jinsiy organlar va ikkilamchi jinsiy belgilar to kla rivojlanib bo'ladi. Qiz bolalarda sut bezlari va jin siy a ’zolarining ju n bilan qoplanishi katta ayollarnikidek bo’ladi. Bu bosqichda qiz bolalarda m enstruatsiya turg 'unlashadi. Menstruatsiyaning yuzaga kelishi jinsiy balog’at davrining boshlanganidan dalolat beradi. Bu vaqtga kelib tuxumdonlar urug‘lanishga tayyor yetilgan tuxum hujayralarini yetiltirib chiqara boshlaydi. 0‘smirlarda suyak skletlari va muskul sistem asining jadal o ‘sishi ortid a uning ichki organlari — yurak, o ‘pka, oshqozonichak yo‘llarining rivojalanishi hamma vaqt ham ulguraverm aydi. Yurakning o'sishi qon tom irlari o ‘sishidan ilgarilab ketadi, oqibatd a qon bosimi ortadi va birinchi navbatda yurakning ishlashi qiyinlashadi. Yurakning yetarlicha ishlay olmasligi esa o ‘g kil va qiz bolalarda ko‘pincha bosh aylanishi, rangning oqarishi h o latlarin in g k u zatilishiga olib keladi. B undan bosh ogkrigki, tez toliqish, vaqti-vaqti bilan lanjlanib turish kabilar kelib chiqadi. Jinsiy balog‘atg a yetish davri tugashi bilan bunday o ‘zgarishlar odatda izsiz yo'qolib ketadi. Rivojlanishning bu bosqichida gipotalam usning faollashuvi m unosabati bilan m arkaziy nerv sistemasi vazifasi ham sezilarli. darajada o ‘zgaradi. Emotsional jihatlar ham o‘zgaradi. O’smirning hissiyoti o ‘zgaruvchan, qarama-qarshi bo’lib qoladi: o‘ta ta’sirlanuvchanlik ko‘pincha jizzakilik, tortinchoqlik bilan uyg‘unlashib ketadi. Haddan tashqari tanqidiylik va ota-onasining qaram og‘iga betoqatlik nam oyon bo’ladi. Bu davrda ba’zan ishchanlikning pasayishi, asabiylik, seijahllik, yig‘loqilik (ayniqsa, qizlarda m enstruatsiya davrida) kabilar kuzatiladi. Bu davrda o ‘sm ir shaxsi jadal shakllana b o radi, kattalik hissi yuzaga keladi, qaram a-qarshi jins vakillariga m unosabat o ‘zgaradi, ularga qiziquvchanlik ortadi. Jinsiy balog‘atga yetish davrida o ‘sm ir organizm ining normal jism oniy rivojlanishi m uhim roi o ‘ynaydi. Bu davrda turli xil, servitam in ovqatlarni yetarlicha iste’m ol qilish, shuningdek ochiq havoda sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish zarur. Jinsiy balog‘atga yetishning alohida e ’tib o r talab qiladigan jihatlari ham mavjud. Jinsiy balog‘atga yetish davrida o ‘sm ir organizm ida, uning ruhiyatida ro‘y beradigan bunday tabiiy o ‘zgarish!ardan xabard o r b o ‘lishlik, ularning sabablari, kechishi h aq id a aniqroq m a’lum otlarga ega b o ‘lishlik «o‘smirlikdek» o g ‘ir, m urakkab davrni jiddiy, salbiy asoratlarsiz kechishini ta ’m inlaydi. Buning uchun birinchi navbatda shu o ‘smirIarning yaqin kishilari, otaonasi, o ‘qituvchilari hozirgi kun o ‘sm ir psixolgiyasi, psixofizilogiyasi masalalariga oid eng zam onaviy ilm iy m a’lum otiardan xabardor b o ‘lishi va o ‘sm irlar bilan b o ‘ladigan o'zaro m unosabatlarda ulardan o‘rinIi foydalana olish malakalariga ega bo‘lishlari lozim. oʻsmirlar va yoshlarda jins masalalariga nisbatan toʻgʻri munosabatni shakllantirib borishga qaratilgan tibbiy va pedagogik tadbirlar tizimi; tarbiya jarayonining muhim qismi. J. t. shaxsning jismoniy, aqliy, maʼnaviy va estetik rivojlanishi bilan bevosita bogʻliq. J. t.ning asosiy vazifasi yosh avlodning yaxshi oʻsib-unishiga, zurriyot berish funksiyasini bekamu koʻst qilib shakllantirishga, nikoh va oilani mustahkamlashga yordam berishdan iborat. J. t.ni bolalarning yoshi, jinsi va malakasiga moc tushadigan qilib olib borish zarur. Koʻplar J. t.ni balogʻat yoshida boshlash kerak deb hisoblashadi. Bu notoʻgʻri, chunki bunga taalluqli ayrim masalalarni bolaning yoshligidan boshlab hal qila borish kerak. Koʻpgina ota-onalar jins masalasini muhokama qilish odobdan emas deb oʻylab yoshlarni qiziqtiradigan masalalar toʻgʻrisida soʻzlashmaslikni lozim koʻrishadi. Natijada, bolalar atrofdagilardan, koʻpincha tasodifiy manbalardan koʻr-koʻrona maʼlumotlar olib, oʻzlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan aksari notoʻgʻri tasavvurga ega boʻlib qoladilar. Avvalo, yoshlar jins orasidagi tafovutlar, ular jinsiy aʼzolarining tuzilishi va mohiyati haqida tasavvurga ega boʻlishlari lozim. Buni maktab yoshidan boshlagan maʼqul. Maʼlumki oʻsmirlik davriga kelib gormonal oʻzgarishlar, balogʻatga yetish, jismoniy yetilish tufayli qarama-qarshi jinsga qiziqish paydo boʻladi. Xuddi shu davrda ular jinsiy aʼzolarning anatomik va fiziologik xususiyatlaridan boxabar boʻlishlari lozim. Jarayonini shartli ravishda bir nechta bosqichga ajratish mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oddiy gigiyena malakalari va yurish-turish qoidalarini oʻrgatib borish, organizmni chiniqtirish muhim, chunki ularning jinsiy jihatdan rivojlanishi umumiy jismoniy rivojlanishiga bogʻliq. Bolalar tarbiyasi va parvarishida badanning erogen zona deb ataladigan (qarang Jinsiy hayot) joylari taʼsirlanmasligiga eʼtibor berish, ularga noqulay, tor kiyim kiygazmaslik, gijja kasalliklari boʻlsa, vaqtida davolatish zarur. Shu yoshdagi bolalarda, odatda, roʻzgʻor ishlariga qarashish istagi paydo boʻladi, ota-onalar bu istakni ragʻbatlantirib turishlari, oʻgʻil bolalardan qizlarga yordam berishni talab qilishlari lozim. Bolada javobgarlik, burch, boshqalarga mehr-muhabbat va hurmat bilan qarash hissini shakllantirib borish muhim. Bolalar uyda biror ish, maktabda esa tayinli bir vazifa bilan band boʻlishi J. t.da muhim ahamiyatga ega. Balogʻatga yetish davridagi J. t., birinchi galda, shu davrda oʻsmirning organizm va shaxsiyatida boʻladigan oʻzgarishlarni hisobga olishi lozim. Qizlar 12—14 yoshda, oʻgʻil bolalar esa 13—15 yoshda oʻsmirlikka qadam qoʻyishadi, bu davrda ularning ichki dunyosi boyib, endokrin bezlari, ayniqsa, jinsiy bezlarining faoliyati kuchayadi, asta-sekin jinsiy mayl uygʻona boshlaydi (qarang Balogʻatga yetish). Balogʻatga yetish jarayonida jinsiy ong qaror topa boshlaydi. Onalar sharqona feʼlimizdagi qon-qoniga oʻtib kelayotgan oriyat tuygʻusi, avlodlarning shaʼnini pok saqlash yoʻlidagi andisha tuygʻusi qizlar uchun javohirlardan ham yuksakroq ekanligini yoʻl-yoʻlakay uqtirib borishlari lozim. Qizlarni maʼnaviy kamol toptirish uchun ular ruhiyatiga masʼullik, burch, uyat, mehribonlik, fidoyilik, vafo fazilatlarini singdirib borishlari darkor. Shuningdek, iffat, vijdoniy poklik, nomus, hayo qizlar tabiatiga xos fazilat ekanligini tushuntirib qoʻyish muhim. Balogʻat yoshidagilar bu davrdagi gigiyena masalalari tushunchalarini tasodifiy oʻrtoqlaridan emas, balki otaonalari, pedagoglar va maktab vrachlaridan olishlari muhim. Xususan bu davrda qizlarni hayz koʻrishga, oʻgʻil bolalarni esa ixtilom boʻlib turishga tayyorlash, bu fiziologik hodisalar tabiiy hol ekanligini, ular boshlanganida qanday gigiyena qoidalariga amal qilish kerakligini qizlarga onasi, oʻgʻillariga otasi yoki yaqin kishilari tushuntirib berishi kerak. Yoshlar oʻzlarida paydo boʻlib boradigan allanechuk istaklarni hamisha ham jilovlab ololmaydi, qarama-qarshi jinsdagi oʻz tengqurlari oldida endi oʻzlarini noqulay his qiladigan boʻlishadi. Mana shu davrda yoshlar oʻzlarini qiziqtiradigan ishlar bilan band boʻlsa, koʻngli odamlarga xayrixohlik bilan toʻlib-toshib tursa, ularda jins masalalariga odatdan tashqari qiziqish paydo boʻlmaydi. Shuning uchun yoshlardagi ijodiy mayllarni, koʻp qirrali qiziqishlarni tarbiyalab borish, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlarini targʻib qilish nihoyatda muhim. Chunki jismoniy tarbiya va sport yoshlarning ortiqcha kuch-quvvati va vaqtini band qilib, organizmning har tomonlama kamol topishiga, baquvvat boʻlishiga yordam beradi. Ota-onalar va pedagoglar yeshlarni hurmat qilib, ularning fikrlari bilan qiziqishlari va oʻrtoqlashishlari lozim. Odam jismonan va ruhan balogʻatga yetganidan keyin chin muhabbat paydo boʻladi. Bunday muhabbat oʻzaro hurmat, dunyoqarash va qiziqishlarga hamohang boʻlsa insonning hayotini boyitadi va mustahkam oila qurishuchnegizyaratadi. Organizmning birqancha anatomik va fiziologik oʻzgarishlar natijasida biologik jihatdan sekin-asta voyaga yetishi hamda jinsiy jihatdan yetilib, koʻpayishga, yaʼni naslni davom ettirishga layoqatli boʻlib qolishi. Qizlar oʻgʻil bolalarga nisbatan ertaroq balogʻatga yetadi. Qizlarda bu davr aksari 12 — 14 yoshdan 16 — 18 yoshgacha, oʻgʻil bolalarda 13 — 15 yoshdan 16 — 20 yoshgacha davom etadi. Balogʻatga yetish muddati oʻsmirning irsiy xususiyatlariga, sogʻligʻiga, ovqatiga, shuningdek hayot tarzi (maishiy, ijtimoiy-iqtisodiy) va iqlim sharoitlariga bogʻliq. Turli noxush omillar: ogʻir kasalliklar, yolchib ovqatlanmaslik va boshqa odatda jismoniy va ruhiy rivojlanishning kechikishiga sabab boʻladi. Nimjon, kasalmand bolalar sogʻlom bolalarga nisbatan kechroq balogʻatga yetadi. Kech yoki erta Balogʻatga yetish jinsiy bezlar, buyrak usti bezlari va gipofiz funksiyasining buzilishiga aloqador boʻlishi mumkin. Balogʻatga yetish davrida jinsiy instinkt ancha tez shakllanadi. Qizlar hayz koʻradi, bolalarda ixtilom (pollyutsiya) kuzatiladi, shuningdek organizmda chuqur oʻzgarishlar roʻy beradi: oʻsmirning boʻyi choʻzilib, ikkilamchi jinsiy belgilari paydo boʻladi; oʻgʻil bolalarda soqol-moʻylov koʻrinib, ovozi doʻrillab qoladi, qizlarning badani yumaloq tortib, birinchi galda soni va dumbasida yogʻ toʻplanib boradi, sut bezlari kattalashib, chanoq suyaklari eniga kengayadi. Qonda jinsiy gormonlar koʻpayib, bir jins ikkinchi jinsga koʻproq eʼtibor bera boshlaydi. Balogʻatga yetish davrida oʻsmirning psixikasi ham oʻzgarib, nerv tizimining faoliyatida bir qator oʻzgarishlar roʻy beradi. Gormonlar, avvalo jinsiy bezlar (moyak, tuxumdon) gormonlari Balogʻatga yetishda muhim ahamiyatga ega. Balogʻatga yetishda jismoniy rivojlanishning eʼtiborli xususiyatlaridan biri tana qismlari nisbati, yaʼni proporsiyasining vaqtincha buzilishidir. Qoʻl-oyoqlar tanaga nisbatan koʻproq oʻsadi, shu sababdan harakatlari qoʻpolroq, kelishmagan boʻlib qoladi. Oʻgʻil bolalarda muskul kuchi zoʻr berib ortib boradi, muskullar massasi kattalashadi. Rastalik davrida oʻsmirlar organizmining rivojlanib borishida boʻladigan xususiyatlar haqida otaonalar va pedagoglar oʻsmirlarga toʻgʻri maʼlumot berishlari kerak, bu esa baʼzi yigit-qizlarning behuda qoʻrqishi va asabiylashishining oldini oladi. Balogʻatga yetish davrida oʻsmirning jismoniy jihatdan toʻgʻri rivojlanishi ham katta ahamiyatga ega. Buning uchun bekamu koʻst ovqatlanish, shuningdek sport va jismoniy mashqlar bilan shugʻullanib turishga alohida eʼtibor berish zarur.


Yüklə 150,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə