Mavzu: bolalarda zaharlanishini oldini olish va davolash choralari


OVQATDAN ZAHARLANISHDA BIRINCHI YORDAM



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə2/7
tarix11.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#126833
1   2   3   4   5   6   7
3-ma\'ruza

OVQATDAN ZAHARLANISHDA BIRINCHI YORDAM

  • OVQATDAN ZAHARLANISHDA BIRINCHI YORDAM
  • Oziq-ovqatdan zaharlanishining dastlabki belgilarida bemor oshqozonini bo’shatish uchun uni yuvish kerak. Yuvish uchun qog’oz filtr yoki to’rt qatlamli dokadan o’tkazilgan kaliy permanganatning (margansovka) kuchsiz (och pushti) eritmasi ishlatilishi mumkin.
  • Bundan tashqari, iste’mol sodasi eritmasi (1 litr qaynatilgan suv uchun 1 choy qoshiq) yoki osh tuzi (5 litr suv uchun «tog’chasiz» holda 2 osh qoshiq) ham to’g’ri keladi.
  • Yuvish uchun eritma oldindan 8-10 litr miqdorda tayyorlanishi kerak. U organizmning gipotermiyasiga olib kelmasligi, shuningdek ichak peristaltikasini sekinlashtirmasligi uchun albatta iliq (35-37 °C haroratda) bo’lishi kerak.
  • Birinchi qabul qilishda 2-3 dan 5-6 stakan suyuqlikni ichish kerak, so’ngra ikki barmoq bilan tilning ildizini qo’zg’atib, qayt qilishni chaqirish kerak. Yuvish jarayoni qayt massasida faqat toza suv bo’lmagunicha takrorlanadi.

Oshqozonni yuvgandan so’ng, to’rt marotaba har 15 daqiqada qaynatilgan suv bilan enterosorbentlarni qabul qilish tavsiya etiladi. Bemorni tinchlikda qoldirish, agar varaja qilayotgan bo’lsa, issiq qilib o’rantirish kerak.

  • Oshqozonni yuvgandan so’ng, to’rt marotaba har 15 daqiqada qaynatilgan suv bilan enterosorbentlarni qabul qilish tavsiya etiladi. Bemorni tinchlikda qoldirish, agar varaja qilayotgan bo’lsa, issiq qilib o’rantirish kerak.
  • Birinchi kun ovqatlanishdan saqlangan yaxshiroqdir, ikkinchi kuni esa bulyon, guruchli sabzavotli sho’rvalar kiritish va taomnomani asta-sekin kengaytirish mumkin. To’liq tuzalib ketgunga qadar oshqozon shilliq qavatini qo’zg’atish xususiyatiga ega bo’lgan marinadlangan, achchiq, sho’r va dudlangan mahsulotlarni iste’mol qilishdan qochish kerak. Bemorga qaynatilgan suv, achchiq qilib damlanmagan shirin choy, mevali morslar, kisel ichish tavsiya etiladi. Gazlangan ichimliklar taqiqlanadi.

ZAHARLANISHDA QABUL QILINADIGAN VOSITALAR

  • ZAHARLANISHDA QABUL QILINADIGAN VOSITALAR
  • Zaharlanishlarda enterosorbentslar qabul qilinadi. Ushbu dorilar toksinlar, zaharlar, mikroblar va bakteriyalarni bog’laydi va organizmdan chiqarib tashlaydi va qonga zaharli moddalarni kirishiga to’sqinlik qiladi. Ular zaharlanish alomatlarini yo’qotishga va insonning holatini me’yorga keltirishga yordam beradi.
  • Qayt qilish va ich ketishdan kelib chiqqan suvsizlanishni oldini olish uchun maxsus tuz eritmalari ishlatiladi, ular yo’qotilgan suyuqlik o’rini to’ldiradi va elektrolitlar yo’qotilishi natijasida buzilgan kislota-ishqor muvozanatini tiklaydi. Odatda ular qaynatilgan suvda eritilishi kerak bo’lgan kukun shaklida bo’ladi. Olingan eritma har bir kilogramm tana vazni uchun 10 ml miqdorda har bir defakatsiyadan keyin kichik qultumlar bilan ichilishi kerak.
  • Agar diareya qayd qilish bilan kechadigan bo’lsa, unda har bir qayt qilishdan keyin qo’shimcha ravishda har bir kilogramm tana vazniga 10 ml miqdorda eritma ichish kerak.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə