Mavzu: birlamchi va ikkilamchi axborot manbalarini tanqidiy tahlil qilish



Yüklə 121,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix27.12.2023
ölçüsü121,1 Kb.
#163559
1   2   3   4   5   6   7
1-amaliy mashg\'ulot

Birlamchi axborot
– bu aniq bir marketing muammosini hal qilish uchun
maxsus olingan ma’lumotlar hisoblanadi. Birlamchi axborotlarning keng
tarqalgan usullari bu savolnomalar tarqatib iste’molchilarning tovar va xizmat
turlari haqidagi fikrini bilish, kuzatuv ma’lumotlari, tajriba va laboratoriya
kuzatuvlaridir.
Savolnomalar orqali so‘roq va intervyu olishjuda keng tarqalgan. Bu usullar
bilan birlamchi axborotlarni to‘plash qimmatga tushadi. Shuning uchun bunday
axborotlarni yirik firma, korporatsiyalar, kompaniyalar o‘z faoliyatlarining
strategik rejalarini tuzish maqsadida o‘tkazadilar. Shuni ta’kidlash joizki,
marketing tadqi-qotlari juda ko‘p vaqt va sarfxarajat talab etuvchi jarayon bo‘lib,
hozirda firmalar raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlash, bozor ulushini egallash,
tashqi bozorlarni o‘rganish orqali eksport faoliyatini rivojlantirish uchun
tadqiqotlar o‘tkazishga qiziqadilar. Samarali o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi
albatta, o‘z foydasini beradi va tez orada xarajatlar qoplanadi.
Birlamchi axborot ochiq dala marketing tadqiqotlari, deb nomlangan
kuzatuv, tekshiruv, tajriba va imitatsiya yo‘li bilan olinadi.


Kuzatuv
– tanlab olingan insonlar guruhi hatti-harakatini turli
vaziyatlarda ularning amallarini yozib borish orqali birlamchi axborotlarni
yig‘ish hisoblanadi, masalan xaridorlarning do‘kondagi xatti-harakatlari.
Kuzatuv usuli ham ko‘pincha boshqa marketing usullari kabi qo‘llaniladi.
Kuzatuv o‘rganilayotgan obyektni ochiq yoki yopiq tarzda kuzatish,
o‘rganishdan iborat. Masalan, xaridorni sotib olish xulq – atvorini kuzatish,
sotuvchini sotish jarayonini, iste’molchini tovarga jalb qilish jarayonini kuzatish
va shu kabilar kuzatuv obyekti bo‘lishi mumkin.
Dala kuzatuvlari va laboratoriya kuzatuvlari ham o‘tkaziladi. Sotsiologiya va
psixologiyada o‘tkaziladigan kuzatuv usullari marketing tadqiqotlarida ham
qo‘llaniladi. Masalan, talabalar guruhida kompyuterga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash
maqsadida kuzatuv o‘tkazish kompyuter ishlab chiqaruvchi firma uchun qanday
kompyuterlarni, qanday narxlarda, qanday dasturlar asosida ishlab chiqarishga
asos bo‘ladi. Kuzatuv predmeti bo‘lib individiumlarning xususiyatlari va xatti-
harakatlari (xaridor, o‘quvchi, sotuvchi), jarayonlar (xaridorlar oqimini
o‘rganish, turli asbob-uskunalarning qo‘llanilishini kuzatish) hisoblanadi.
Kuzatuv quyidagi jarayonlarda qo‘llaniladi:
- Tovar sotib olishda xaridorning xulq- atvori.
- O‘zaro muloqotdagi lahzali vaziyatlar.
- Psixologik holatlarning fiziologik o‘lchovlari.
- O‘quvchining xatti-harakati.
- Xaridorning xatti- harakati.
- Qoniqish samarasi.
Tekshiruv
– odamlardan ularning bilim darajasiga, mahsulotga bo‘lgan
munosabati, nimani ko‘proq afzal ko‘rishi va xaridorlik xattiharakatlariga
asoslanib to‘g‘ridan to‘g‘ri so‘rov yo‘li bilan birlamchi axborot yig‘ish. Tajriba
bir yoki bir necha omilning o‘zgarishini kuzatish va o‘lchash, qolganlarini esa
o‘zgarishsiz qoldirish imkonini beradi (masalan, yangi o‘ram tovarni sotish
hajmini oshirish imkonini beradi).
Imitatsiya
turli marketing omillarini haqiqiy real sharoitda emas, balki
qog‘ozda yoki EHM xotirasida shakllantirish va baho berish imkonini beruvchi
iqtisodiy-matematik modellar tuzish va undan foydalanishni ko‘zda tutadi.

Yüklə 121,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə