Mavzu: bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari



Yüklə 45,08 Kb.
səhifə5/6
tarix23.12.2023
ölçüsü45,08 Kb.
#155877
1   2   3   4   5   6
Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari

Gipoteza - o‘rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli taxmin tarzidagi bilim shaklidir. Gipotezani, avvalambor, bilimlarning mavjud bo‘lish shakli sifatida olib qarash zarur. CHin, ishonchli bilimlar hosil bo‘lgunga qadar qo‘yilgan muammolar, masalalar haqidagi fikr-muloxazalar kuzatish, eksperiment natijalarini taxlil kilish va umumlashtirishga asoslangan bo‘lib, ular turli xil taxminlar, farazlar shaklida quriladi va mavjud bo‘ladi. Masalan, Levkipp va Demokritning jismlarning atomlardan tashkil topganligi xakida bildirgan fikrlari dastlab gipotetik shaklda bulib, eng oddiy, kundalik tajribada minglab marta kuzatiladigan hodisalar: qattiq jismning suyuklikka aylanishi, hidning tarqalishi va shu kabilarni tahlil qilishga asoslangan, ularning sababini tushuntirishga qaratilgan. “Jismlar mayda, bo‘linmas zarrachalardan tashkil topmaganda bunday xodisalar bo‘lmas edi”, degan fikr o‘zining ma’lum bir mantiqiy kuchiga ega.
Umumiy gipoteza deb tabiat, jamiyat, bilish hodisalarining qonuniyatlari xaqida bildirilgan asosli taxminga aytiladi. Bunga misol kilib neft kelib chiqishining organik va noorganik tabiati haqidagi gipotezalarni, yerda hayotning paydo bo‘lishi, ongning kelib chikishi, ijtimoiy profess haqidagi farazlarni ko‘rsatish mumkin.
Juz’iy (xususiy) gipoteza ayrim faktlar, konkret predmet va xodisalarning kelib chikishi, xususiyatlari haqidagi bildirilgan asosli taxminiy fikrdan iborat.
Nazariya ma’lum bir predmet soxasiga oid tushunchalar, qonunlar, gipotezalar, g‘oyalarni sistemaga solib, u haqida yaxlit tasavvur hosil qiladigan, yangi fundamental umumlashmalar yaratishga olib keladigan, shu soxadagi xodisalarni tushuntirish, oldindan kurish imkonini beradigan ishonchli bilimdan iborat.
Ilmiy nazariya quyidagi tarkibiy kismlardan tashkil topadi: 1) empirik asos: nazariyaga aloqador faktlar, ularga mantiqiy ishlov berish natijalari; 2) boshlang‘ich nazariy asos: nazariyaning asosiy tushunchalari, postulatlari (aksiomalari), fundamental qonunlar (prinsiplar); 3) nazariyaning mantikiy apparati: tushunchalarni xosil qilish va ta’riflash qoidalari, xulosa chiqarish (isbotlash) qoidalari; 4) olingan natijalar (xulosalar).



Yüklə 45,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə