Mavzu: bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari


Isbotlash va uning tarkibi. isbotlash turlari



Yüklə 45,08 Kb.
səhifə2/6
tarix23.12.2023
ölçüsü45,08 Kb.
#155877
1   2   3   4   5   6
Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari

Isbotlash va uning tarkibi. isbotlash turlari.
Kishilarning amaliy faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ular qo‘llayotgan bilimlarning kay darajada chin bulishiga, ya’ni bu bilimlarning voqelikni qanchalik to‘g‘ri aks ettirishiga bog‘liq. Xato fikrlar predmetlarning real aloqalari va munosabatlarini buzib ko‘rsatadi, bilishda ko’p chalkashliklarga olib keladi. Shuning uchun ham bilish jarayonida xar bir fikrni to‘g‘ri qurishga erishish, uning chinligini dalillar bilan ko‘rsata olish, xato fikrlarni esa rad kila bilish muhim ahamiyatga ega. Fikrning chinligini tasdiqlash uchun uni xodisaning (faktning) o‘zi bilan solishtirish mumkin. Lekin ko‘p hollarda bilish jarayonida natijalarning chinligi ularni ilgari vujudga kelgan bilimlar bilan bog‘lash orqali aniqlanadi. Buni amalga oshirishning mantiqiy usuli isbotlaщdir. Isbotlash bir xukmning chinligini u bilan bog‘langan boshqa chin xukmlar yordamida asoslashdan iborat bo‘lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli - demonstratsiya.
Tezis - chinligi asoslanishi lozim bulgan xukm, u isbotlashning markaziy figurasi xisoblanadi; butun diqqat-e’tibor uning chinligini ko‘rsatishga karatiladi. Tezis bir muloxazaning o‘zidan, yoki muloxazalar tizimidan, yoki teoremalardan, yoki aniq, faktlarni umumlashtirish natijalaridan, yoki xodisalarning sababini ko‘rsatuvchi muloxazalardan va shu kabilardan iborat buladi.
Argumentlar - tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan xukmlar. Argumentlar bulib faktlarni qayd qiluvchi xukmlar, ta’riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar xamda boshka empirik va nazariy umumlashmalar xizmat qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta, o‘zaro bog‘langan va tezisning moxiyatiga aloqador bo‘lishi lozim. Ta’riflar xam chin xukmlar bulib, ulardan argument sifatida foydalanish mumkin. Masalan, “Harakat – bu har kanday o‘zgarishdan iborat”, degan ta’rif chin xukmdir. Aksiomalar chinligi o‘z-o‘zidan ravshan bo‘lgan, isbotlashni talab qilmaydigan fikrlardir. Inson tajribasida ko‘p martalab takrorlanganligi uchun xam ularni isbotlash zarur emas. Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo‘ladi, ularni xech ikkilanmasdan argument qilib olish mumkin. Isbotlash usuli - demonstratsiya tezis bilan argumentlar o‘rtasidagi mantikdy aloqadan iborat. U xulosa chikarish shaklida buladi, ya’ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqdan keltirib chikariladi. Isbotlashning ikki turi mavjud: bevosita isbotlash, bavosita isbotlash. Bevosita isbotlashda tezisning chinligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bulgan xukmlardan foydalanilmaydi. Tezis ko‘p xollarda yakka xodisani ifoda kilib keladi va ma’lum bir umumiy bilimdan, masalan, qonundan argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi.
Masalan, “O’zbekiston - mustaqil davlatdir”, degan xukm (tezis)ning chinligi “O’zbekistonning mustaqil davlat deb, e’lon qilinishi, uning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi” kabi asoslar yordamida isbotlanadi.
Bavosita isbotlashda esa tezisning chinligi unga zid bo’lgan xukmning (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo‘lishiga qarab apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi.
Apagogik isbotlashda tezis (a) va antitezis (a) o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi. Masalan, “Materiya xarakatsiz mavjud emas”, degan xukmning chinligini asoslash uchun unga zid bulgan “Materiya harakatsiz mavjud”, degan xukm olinadi. Apagogik isbotlashda antitezis topilib (1-bosqich), vaqtincha chin deb qabul qilinadi va undan ma’lum bir natijalar keltirib chiqariladi (2-bosqich), so‘ngra bu natijalarning xatoligi kursatiladi (3-bosqich) va demak, tezisning chinligi isbotlanadi. Masalan, “Materiya harakatsiz mavjud”, degan xukm chin bulsa, “Moddiy predmetlar strukturasiz mavjud”, degan fikr (antitezisdan kelib chiqqan natija) ham chin buladi. Bizga ma’lumki, moddiy predmetlar tarkibsiz (uni tashkil qiluvchi elementlar va ularning o‘zaro aloqasisiz) mavjud emas. Demak, “Materiya xarakatsiz mavjud”, degan fikr xato, shu tarika “Materiya xara-katsiz mavjud emas”, degan fikrning chinlish asoslanadi. Ayiruvchi isbotlashda tezis sof ayiruvchi xukmning (kuchli diz’yunksiyaning) bir a’zosi bulib, uning chinligi boshka a’zolarining (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orkali asoslanadi. Masalan, “Jinoyatni yo A, yo V, yo S
shaxslar sodir etgan”, degan fikr tekshirilib, “Jinoyatni V shaxs xam, S shaxsxam sodir etmagan”ligi aniqlanadi va shu tarika “Jinoyatni A shaxs sodir kilgan”, degan xukmning chinligi asoslanadi. Bu misolda ayiruvchi isbotlash ayiruvchi - qatiy sillogizmning inkor etib, tasdiklovchi modusi buyicha qurilgan:
Raddiya - isbotni buzishga qaratilgan mantikly amaldir. Birorta fikrning chinligini rad etish ayni paytda unga zid bulgan fikrning xatoligi ko‘rsatishdan iborat bo‘lganligi uchun raddiyani isbotlashning xususiy ko‘rinishi, deb hisoblash mumkin. Raddiya ham isbotlash kabi tezis (rad qilinishi lozim bulgan hukm), argumentlar (tezisni rad qiluvchi xukmlar) va demonstratsiyadan (rad etish usuli) dan tashkil topgan bo‘ladi. Raddiya birorta masalani muhokama qilish, ya’ni baxs, munozara jarayonida uchraydi. Bahs qatnashchilaridan biri malum bir tezisni ilgari surib, uni ximoya kilsa (proponent), boshqasi unga qarshi chikadi (opponent). Hal qilinmagan, munozarali masalalar buyicha olib boriladigan bahslar polemika hisoblanib, unda qarama-karshi tezislar asoslanibgina qolmay, balki tanqidiy analiz ham qilinadi.
Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi:
1) tezisni rad etish;
2) argumentlarni rad etish;
3) demonstratsiyani rad etish.

Yüklə 45,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə