Mavzu: Arxiv materiallari asosida Turkiston muxtoriyati tarixini o’rganish



Yüklə 41,56 Kb.
səhifə1/4
tarix23.12.2023
ölçüsü41,56 Kb.
#154753
  1   2   3   4
BMI. D. Saida


Mavzu: Arxiv materiallari asosida Turkiston muxtoriyati tarixini o’rganish.
Kirish.
I bob. Turkiston Muxtoriyatining tashkil topishi va faoliyati.
1.1. Turkiston Muxtoriyatining tashkil topishining shart-sharoitlari.
1.2. Turkiston Muxtoriyati faoliyati.
1.3. Turkiston Muxtoriyatining bolsheviklar tomonidan tugatilishi.
II bob. Turkiston Muxtoriyati tarixini yoritishda arxiv hujjatlarining o’rni.
2.1. Tarix fanini o’rganishda arxiv hujjatlarining o’rni.
2.2. Turkiston Muxtoriyati faoliyatini yoritishda arxiv hujjatlaridan foydalanish.
2.3. “Turkiston Muxtoriyati” mavzusida o’quv mashg’ulot loyihasini yaratish
Xulosa.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati.
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekistonning mustaqil rivojlanish yo’liga qadam qo’yishi ota bobolarimizning ozodlik va erk uchun uzoq kurashi tarixini qayta idrok etishga milliy ozodlik harakati mafkurasining shakllanish jarayoniga davlat mustaqilligiga erishishni ta’minlagan omillar sifatida katta ijtimoiy qiziqish uyg’otmoqda. Ozodlik va mustaqillik g’oyalarini o’zida mujassamlashtirgan va o’zbek xalqi tarixida o’chmas iz qoldirgan muhim voqealardan biri bu Turkiston Muxtoriyatidir. Bugungi kunda Turkiston Muxtoriyati uchun kurash tarixini o’rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Ilmiy jamoatchilik e’tiborini ko’pdan o’ziga
jalb etib kelayotgan muxtoriyat tarixi hozirda nafaqat ilmiy balki amaliy va hatto, siyosiy nuqtai nazardan qiziqish uyg’otishi tabiiy chunki, davr o`sha-o`sha yillar voqealariga qayta baho berishni taqozo etmoqda.
Tarixdan ma’lumki, XX asrning birinchi choragida, ya’ni 1917-yilning boshlari fevral burjua-demokratik inqilobining g’alaba qozonishi hamda Sovet davlatining barpo etilishi davri hisoblanadi. Bu davr o’lkamiz tarixida muhum ahamiyat kasb etgan davr hisoblanadi. Chunki, Chorizm iskanjasida ezilib yotgan o’lka halqlari qalbida mustaqillik, ozodlik, hurlik uchqunlari porlay boshladi. Ko’p asrlik mustamlakachilik, qaramlik, zulm va kamsitishlar girdobida bo’lib kelgan ajdodlarimiz urf-odatlari, an’analari, madaniyati cheklovlarga tanazzulga yuz tutgan edi. 1917-yil Rossiyada ro’y bergan fevral voqealaridan so’ng imperiyaning chekka o’lkalarida, hususan, Turkistonda ham tarixiy o’zgarishlar yuz bera boshladi. Bu jarayonlarda Turkiston halqlarining ilg’or ziyolilari, yani jadidlar yuzaga kelgan vaziyatda halqni ozodlik, mustaqillik sari yetaklashda avvalo halqni ma’rifat orqali ko’zini ochish harakatida bo’lgan bo’lsalar, fevral voqealaridan so’ng ziyolilar siyosiy maqsadlar yo’lida tashkilotlar va jamiyatlarga uyushib harakat qilish maqsadga muvofiq deb bildilar. 1917-yildan boshlab Turkistonda ozodlik g’oyalari singdirilgan siyosiy tashkilotlar yuzaga kela boshladi. Jumladan, “Sho’roi Islomiya”, “Turon”, “Ulamo”, “Ittifoq”, “Turk adam Markaziyat” kabi o’nlab milliy tashkilotlari, 72 kun yashagan Turkiston Muxtoriyati tuzildi. Tashkil qilingan siyosiy tashkilotlar o’zlarining dasturlarida boshqaruv masalasi, idora usuli, oziq-ovqat masalasi, ta’lim-tarbiya sohasi, din masalasi, ilm-fan, maorif sohalarini tubdan isloh qilishni bir so’z bilan aytganda, mustaqillikni qo’lga kiritishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ygan edi. Mavzuning dolzarbligi ham shundaki, o`sha davr voqealarini manbalar asosida xolis, chuqur tahlillarga tayangan holda keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat.

Yüklə 41,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə