Mavzu: Adabiyot – ma’naviyatning yuksak manbalari. Muqimiy asarlarining iqtisodiyotdagi o`rni. Nutq uslublari. Badiiy uslub va uning xususiyatlari



Yüklə 47,67 Kb.
səhifə1/5
tarix25.09.2023
ölçüsü47,67 Kb.
#123803
  1   2   3   4   5
MUQIMIY ASARLARIDA AHOLINING IJTIMOIY


Mavzu: Adabiyot – ma’naviyatning yuksak manbalari. Muqimiy asarlarining iqtisodiyotdagi o`rni. Nutq uslublari. Badiiy uslub va uning xususiyatlari.

REJA:


1. Adabiyot – ma’naviyatning yuksak manbalari.
2. Muqimiy asarlarining iqtisodiyotdagi o`rni.
3. Nutq uslublari
4. Badiiy uslub va uning xususiyatlari.
5. Xulosa.
6. Foydalanilgan adabiyotlar.


1.Adabiyot – ma’naviyatning yuksak manbalari.
Adabiyot chin ma’noda jamiyatning ijtimoiy rivojlanishiga eng katta ta’sir ko‘rsatuvchi omil bo‘lib hisoblanadi. Jamiyatning ijtimoiy ongini oshirish va uni har tomonlama rivojlantirish – adabiyotga e’tiborning kuchaytirish orqali amalga oshiriladi. Adabiyot ahli turli adabiy asarlari asosida xalqaning ongini, uning dunyoqarashini va xohish-istaklarini tasvirlaydi. Bundan tashqari ko‘plab badiiy asarlar yordamida ma’lum bir davrdagi ijtimoiy – iqtisodiy holatni gavdalantirish va shu davr hayoti haqida xulosalar chiqarish mumkin. Bundan tashqari adabiyot vakillari xalq dardini va idrokini o‘zlarining asarlari orqali ifodalaydi. Hechqaysi boshqa biror omil adabiyotchalik jamiyatning ijtimoiy hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsata olmaydi. Jamiyatga, ayniqsa yoshlar ongiga, ma’naviy g‘oylarni singdirish – ularni kelajakda yuksak ma’naviyatli shaxs bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Insonni,uning ma’naviy olamini kashf etadigan qudratli vosita borki,u ham bo’lsa, so’z san’ati, badiiy adabiyotdir.Adabiyotni inson shunoslik deb,shoir va yozuvchilarn inson ruhining muhandislaridir.Adabiyot,so’z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi,haqiqat va ado lat jarchisi bo’lib keladi.
I.A.Kar Insonni,uning ma’naviy olamini kashf etadigan qudratli vosita borki,u ham bo’lsa, so’z san’ati, badiiy adabiyotdir.Adabiyotni inson shunoslik deb,shoir va yozuvchilarn inson ruhining muhandislaridir.Adabiyot,so’z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi,haqiqat va ado lat jarchisi bo’lib keladi.
I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”
Adabiyot so‘z san’atidir. U inson qalbi va ruhidagi nozik tovlanish va ohanglarni ilg'ashga, ularni so‘z vositasida aks ettirishga intiladi. Eng oliy daraja, yuksak pog‘onalarga chiqa oladigan badiiy adabiyot namunalari insoniyatni to‘lqinlantiradigan, hayajonga soladigan o‘y-fikrlar, kechinmalar, orzu-umidlarni ifodalaydi. Dunyoda insonlar bir-birlariga o‘xshamaganlaridek, ularning qalb kechinmalari ham takrorlanmasdir. 0‘zbek adabiyoti tarixi inson ruhiy holatlarini mahorat bilan aks ettirgan durdonalarga boy. Ular hozirgi avlod ruhiyatida, qalbida ham hayajon uyg‘ota oladi, ularning m a’naviy boyishlariga tegishli hissa qo'sha oladi. Muhimi, ular faqat ma’rifiy bilimimizni oshirish bilan cheklanmay, badiiy didimiz takomiliga, ma’naviy kamolotga xizmat qiladi. San’at turlari nihoyatda ko‘p va xilma-xildir. Tasviriy san’at, haykaltaroshlik, me’morchilik, teatr, kino, musiqa, raqs va badiiy adabiyot san’atning turlarini tashkil qiladi. Ularning barchasida yuksak badiiy ta’sirchan obrazlar yaratish ko‘zda tutilgan. Ammo ular ana shu yagona maqsadga turli- tuman yo‘llar bilan erishadi.Masalan,raqs harakatlar, tana a’zolarining ifoda imkoniyatlariga tayanadi. Musiqa tovushlar uyg'unligiga, tovushlarning hissiy ifodasiga bog‘liq. Tasviriy san’at uchun ranglarning o'zaro mutanosibligi alohida ahamiyat kasb etadi. Rassomga bo‘yoq va mo‘yqalam yordam beradi. Haykaltarosh esa xom material (tosh, ganch, yog‘och, metall) ga ishlov berish orqali go'zallik yaratadi. Adabiyot esa bu san’atlardan so‘z va ruhning beqiyos imkoniyatlari bilan farqlanadi. So‘zlar badiiy matnning yuzaga kelishiga omil boladi, ammo har qanday matn va so‘zlar badiiy adabiyotga daxldor bo‘lavermaydi. Buning uchun so‘z muayyan badiiy estetik vazifani bajarishi lozim. Shunga ko‘ra ham badiiy adabiyot voqea- hodisalarni yoki insoniy kechinmalarni bayon qilmaydi, balki ularni tasvirlaydi. Tasvir so‘zga tayanadi. So‘z sehr, mo'jiza bilan o‘ziga mahliyo qiladi, rom etadi.Shuning uchun go‘dak allaga,kichik yoshdagi bola ertakka, kattalar badiiy ijodning turli ko‘rinishlariga nihoyatda qiziqib qaraydilar, ularning olamiga kirib qolgach, o‘zlarini ham shu olamga mansub hisoblaydilar. Adabiyotning ta’sir kuchi nimada? U nimalarga bog‘liq? Buning uchun yirik so‘z san’atkorlari yaratgan ko‘plab durdona asarlarning xalq orasida alohida hurmat va e’tibor qozonganligini eslash joiz. Yusuf Xos Hojib XI asrda-1069-70- yillarda «Qutadg‘u bilig» dostonini yozib tugatadi va uni qoraxoniy hukmdorlardan Tabg‘ach Bug‘ro Qoraxon Abu Ali Hasanbinni Arslonxonga taqdim etadi.Hukmdoradibgamamlakatdagi eng yuqori
mansablardan biri — Xos Hojiblikni beradi. Xos Hojib «eshik og‘asi» demakdir. Hozirgi tilimizda u «ish boshqaruvchi»ga to‘g‘ri keladi. Yana bir misol. Alisher Navoiy «Xamsa» dostonini tugatgach,uni Husayn Boyqaroga sovg‘a sifatida topshiradi. Husayn Boyqaro butun a’yonlari oldida Navoiyni o‘z «pir»i deb e’lon qiladi va shoirni otga mindirib, o‘zi xalq oldida unga jilovdorlik qiladi.Bu mamlakat podshosining buyuk iste’dod egasiga, so‘z san’atkoriga nisbatan hurmat va e’tirofi ramzi edi. O‘zbek xalqining jodkorlarga nisbatan alohida hurmat va ehtiromi ham yaxshi ma’lumdir Mahmud Koshg‘ariyning «Devon-u lug‘otit-turk» asarida «Ardam bashi — til» («Barcha fazilatlarning boshi tildir») degan maqol uchraydi. Demak, til va badiiy so‘zning qudratiga qadim zamonlardayoq ajdodlarimiz alohida e’tibor berishgan. XI asr sharoitida Yusuf Xos Hojib shoirlarni «so‘z teruvchilar» deb ta’riflaydi. XIV asrda esa Sayfi Saroyi shoirlarni «so‘z bulbuli» deydi. Navoiy shoirlarni ruh chamanining xushxon bulbullariga o‘xshatgan edi. So‘z adiblar nazarida ham alohida, mo‘tabar mavqega ega. Yusuf Xos Hojib til va so‘zga katta baho beradi. U tilni bilim va aql-idrok tarjimoni deb ataydi. Bu borada adibning ayrim fikrlarini eslatish mumkin:
Kishi so‘z bila qo‘pti, bo‘ldi malik, 0’kush so‘z bashig‘ yerka qildi kulik. (Kishi so ‘z tufayli ko’tariladi, podshoh bo'laidi, Ко ‘p so’z boshni yerga egadi.) Kishidin kishika qumaru so‘z ul, Qumaru so‘zi tutsa asg‘i yuz ul. (Kishidan kishiga qoladigan meros so'zdir, Meros so‘zni tutsang, nafi yuz-yuzdir.) Bunday fikrlarni adib Ahmad Yugnakiy ijodida ham ko‘ramiz.U «adablar boshi til ko’dazmak (saqlamoq) dir» deb Mahmud Koshg‘ariyning «Devon-u lug‘otit- turk»idagi maqolga hamohanglik bildiradi.Adib Ahmad so‘zni kasal ruh va dillarga shifo derkan, bunda badiiy so‘zni e’tiborga olganiga shubha yo‘q. Sayfi Saroyi badiiy so‘z qudratini shoirlar iste’dodiga bogiaydi. Shuning uchun u: Jahon shoirlari, ey gulshani bog‘, Kimi bulbuldurur so'zda, kimi zog’,- deya shoirlarni ikkiga ajratadi. «So‘zda bulbul» bo‘lganlarning «mavzunu shirin» ash’orlariga ta’rif-u tahsinlar aytadi. Xorazmiy (XIV asr) nazarida o‘z ona tilida bitilgan kitob ajdodlarning avlodlarga qoldirgan armug'onidir.Shoir «shakarteg til bila olamni» tutishi mumkin. Alisher Navoiy so‘zga nihoyatda katta baho beradi. U: So‘zkim insonni judo ayladi hayvondin, Bilkim, guhari sharifroq yo‘q andin, - deb ta’kidlaydi. Adibning fikricha: Jism bo‘stoniga shajar so'zdur, Ruh ashjoriga samar so‘zdur. Alisher Navoiy, ayniqsa, badiiy so‘z qudratini juda aniq ko‘rsatib berdi: Nizomiy olsa Barda’ birla Ganja, Qadam Rum ahlig'a ham qilsa ranja. Chekib Xusrav dog‘i tig‘i zabonni,
Yurub fath aylasa Hindustonni. Yana Jomiy Ajamda ursa navbat, Arabda dog‘i cholsa ko‘si shavkat. Agar bir qavm, gar yuz, yo‘qsa mingdur, Muayyan turk ulusi xud meningdur. Olibmen taxti farmonimg'a oson, Cherik chekmay Xitodin to Xuroson Ko'ngul bermish so‘zumga turk jon ham, Ne yolg‘uz turk, balkim turkmon ham. Ne mulk ichraki bir farmon yibordim, Aning zabtiga bir devon yibordim.
Adabiyot xalq, jamiyat hayotining o‘ziga xos ifodasi hamdir.U jamiyat tarixidagi jiddiy o’zgarishlarni xilma-xil obrazlar vositasida turli badiiy shakllarda aks ettiradi.Shunga ko‘ra, eramizning VIII asrlarigacha yaratilgan asarlarda qadimgi ajdodlarimizning urf-odat, e’tiqodlari ifodalangan bo‘lsa, keyingi davrlarda islom ta’limoti bilan hamohanglik kuchayganligini kuzatish mumkin. Xususan, tasavvufning adabiyotdagi ko‘rinishi jamiyat hayotidagi keskin o‘zgarishlar bilan aloqador holda rivojlandi. Ajdodlarimizning chet el bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashlari tarixiy manbalardan yaxshi ma’lum. Bu «To‘maris» va «Shiroq» afsonalarida juda yorqin aks etgan. Turkiy xalqlarning tabg‘achlarga qarshi kurashi esa 0‘rxun- Enasoy obidalarida juda ta’sirli ifodasini topgan. Mahmud Koshg‘ariyning «Devon-u lug‘otit-turk» asarida qadimgi ajdodlarning turli-tum an mashg‘ulotlari, urf- odatlari, yashash tarzlari, e’tiqod va qiziqishlarining ham ifodasini ko‘rish qiyin emas. Xalqimiz qadimdan farzandlarining sog‘lom, aqlli, dono, mehnatsevar, xalqparvar bo‘lishini orzu qilgan, shunga intilgan. Qadimgi qo‘shiqlar, maqol, afsona, dostonlarda, qasida hatto marsiyalarda hamda Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Rabg‘uziy, Sayfi Saroyi, Xorazmiy, Haydar Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy, Lutfiy va boshqa adiblarning asarlarida ana shu holatlar o‘z ifodasini topgan. 0’zbek adabiyoti o‘zbek xalqining o‘zi singari juda boy, qadimiy tarixga ega. Uning o‘ziga xos shakllanish va taraqqiyot yo‘li, rivojlanish qonuniyatlari bor. Bularni his etish, anglash va umumlashtirish uchun uning tarixini puxta o‘rganish zarur.Adabiyot tarixi so‘z san’atining rivojlanish jarayonlari, mumtoz namoyandalari haqida ma’lumot beradi. Bu fan tufayli qadimda yashab ijod etgan buyuk adiblar yaratgan nodir asarlar,badiiy tafakkurdagi rivojlanish va yangiliklar haqida tasavvur hosil bo‘ladi. 0‘zbeklar qadimgi turkiy xalqlarning ko‘p sonli avlodlaridan biridir. Boshqacharoq aytadigan bo'lsak, qadimgi ajdodlarimiz turkiylar deb nomlangan. Shunga ko‘ra, eng qadimgi davrlardan boshlab XI-XII asrlargacha bo‘lgan davr oralig'ida yaratilgan adabiyot fanda qadimgi turkiy adabiyot nomi bilan yuritiladi. Qadimgi ajdodlarimiz Baqtriya, So‘g‘diyona, Xorazm, Parfiya, Marg'iyona, Choch, Parkana (Farg'ona) va boshqa joylarda yashaganlar. Yunon va Eron manbalarining ma’lu- motlariga ko‘ra, bu yerlarda yashaganlarni so‘g‘diylar, xorazmiylar, parfiyaliklar, marg‘iyonaliklar, chochliklar, massagetlar, sak (shak) va parkanlar deb atashgan.Oltoy atrofida, hozirgi Sibir hududlari ham turkiylar yashagan asosiy manzilgohlar bo‘lgan.


Yüklə 47,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə