Asqad Muxtorning hayoti va ijodi Islomova Eʼzoza Yorqin qizi



Yüklə 10,94 Mb.
tarix21.12.2022
ölçüsü10,94 Mb.
#97416
Asqad Muxtor slayd

Asqad Muxtorning hayoti va ijodi

Islomova Eʼzoza Yorqin qizi

Reja:

  • Asqad Muxtorning hayoti.
  • Asqad Muxtorning ijodi.
  • Asqad Muxtor asarlaring bugungi kundagi ahamiyati.
  • XX asr o’zbek adabiyotiga o’zining sobit qadamlari bilan kirib kelgan serqirra ijrodkorlardan biri Asqad Muxtordir. Atoqli shoir, nosir va dramaturg, tarjimon Asqad Muxtor 1920 yilning 23 dekabrida Fargʻona shahrida temir yoʻl ishchisi oilasida tugʻildi. Oʻn bir yoshida otasidan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalandi. Maktabni tugatgach, Oʻrta Osiyo Davlat universitetida tahsil oldi. Soʻng Andijon pedagogika institutida oʻzbek adabiyoti kafedrasining mudiri boʻlib xizmat qildi.
  • Asqad Muxtorning Toshkentga kelishi shaxsiy hayotida hamda ijodiy faoliyatida yangi sahifa ochdi. U respublikamiz markaziy gazeta-jurnallari tahririyatlarida boʻlim mudiri, masʼul kotib, “Sharq yulduzi” jurnalida (1960–1965) bosh muharrir, Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi (1957) singari masʼul lavozimlarda faoliyat yuritdi. “Guliston” jurnali hamda “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida bosh muharrirlik qildi.
  • Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor “Opa-singillar”, “Tugʻilish”, “Davr mening taqdirimda”, “Chinor” romanlari, bir qator qissa, hikoya va dramalari, kuzatuvlarga asoslangan falsafiy lirikasi, jahon adabiyoti namunalaridan badiiy yuksak tarjimalari bilan XX asr oʻzbek adabiyotiga katta hissa qoʻshgan soʻz sanʼatkoridir.
  • Asqad Muxtor “Tilak”, “Tong edi”, “Totli damlar” singari ilk sheʼrlarida (1935–1938) sheʼriyatning maqsad va vazifasini, shoirning jamiyat oldidagi burchini aniklab olishga intiladi. U sheʼriyatga “qalbga qanot”, “dardga davo” beruvchi deb qaraydi.
  • Ikkinchi jahon urushi yillari Asqad Muxtor poeziyasining asosiy mavzusi, o‘z-o‘zidan, urush bilan bog‘landi. Yosh ijodkorning kuchli pafosga yo‘g‘rilgan «G‘alaba ishonchi», «Jangchining bayram kechasi», «Tug‘ishganlar qaytdi», «Sog‘inish» singari o‘nlab she’rlari urush davri o‘zbek poeziyasi namunalari bo‘lib qoldi.
  • Uning «Po‘lat quyuvchi» (1947), «Hamshaharlarim»(1949), «Rahmat, mehribonlarim» (1954), «Chin yurakdan» (1956), «99 miniatura» (1962), «Karvon qo‘ng‘irog‘i» (1964), «She’rlar» (1966), «Quyosh belanchagi» (1971), «Sizga aytar so‘zim» (1978) singari she’riy to‘plamlarini kuzatib, shoirning ijodiy balog‘atga yetishish jarayonini anglash mumkin. Ayniqsa, uning «99 miniatura», «Karvon qo‘ng‘irog‘i» to‘plamlaridan joy olgan lirik asarlari o‘z davri adabiyoti piligining sezilarli darajada ko‘tarilishiga sababchi bo‘lgan edi.
  • Tinchlik yillarida yurtimiz tabiiy boyliklarini, xalq hayotidagi oʻzgarishlarni tasvirlovchi “Hamshaharlarim” (1949), “Rahmat, mehribonim” (1954) sheʼriy kitoblarini yozdi. Yozuvchining “Daryolar tutashgan joyda” (1950), “Buxoroning jin koʻchalari” kabi qissalarida, “Opa-singillar” (1955), “Tugʻilish” (1963), “Davr mening taqdirimda” (1964), “Amu” kabi romanlarida zamonamizning muhim muammolari oʻz ifodasini topgan.
  • “Chin yurakdan” (1956) sheʼriy kitobi, “Hayotga chaqiriq” (1956), “Dunyo bolalari” (1962) hikoyalar toʻplami oʻzbek bolalar adabiyoti xazinasini boyitdi. Asqad Muxtorning “Mardlik choʻqqisi” (1948), “Yaxshilikka yaxshilik” (1949), “Samandar” kabi pyesalari tomoshabinlar va oʻquvchilar qalbidan chuqur joy oldi.
  • Asqad Muxtor qardosh Qoraqalpoq xalq hayotiga bag’ishlangan «Qoraqalpoq qissasi» povestini 1958 yilda yaratdi. Adibni elga tanitgan birinchi yirik asari 1955 yili nashr etilgan «Opa-singillar» romanidir. Ko’plab bahs-munozaralarga sabab bo’lgan bu asar xotin-qizlar haq-huquqlari,ularning jamiyatdagi o’rnini ko’rsatib berilganligi bilan ahamiyatlidir.
  • Sofokl, A. Pushkin, M. Lermontov, R. Tagor, M. Gorkiy, T. Shevchenko, A. Blok, V. Mayakovskiy, A. Korneychuk asarlari Asqad Muxtor tarjimasida oʻzbek kitobxonlarining maʼnaviy mulkiga aylangan.
  • Asqad Muxtor lirik shoir, taniqli adib, mohir tarjimon sifatida oʻzbek madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi. U “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” unvoni va Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan.
  • 1997 yil 17 aprelda Toshkent shahrida vafot etgan.
  • XX asrning 70 yillarida yaratilgan «Chinor» romani o’quvchini hayot falsafasi haqida keng mushohada yuritishga chorlaydi.
  • Asarning bosh qahramoni qilib Ochil buva obrazi olingan bo’lib,u o’zbek xalqining ma’naviy qiyofasi sifatida tasvirlangan. Romanning nomi ham ramziy ma’noda bo’lib, Chinor inson umriga, uning qilayotgan yaxshiligu saxovatlariga mengzaladi.
  • «Tundaliklar – muallifning tungi kechinmalari, fikr-mulohazalari mahsuli. Ular yagona g’oyaviy-falsafiy yo’nalishga ega emas, ammo yozuvchining bedor qalbi, uyg’oq tafakkuri, tug’yonli kechinmalari – barchasi mushtarak mo»jizalar – Odam va Olam bag’ridagi sir-sinoatlardan darak beradi, kitobxonni teran xayolga toldiradi.»
  • “Keyingi vaqtda – keksalik, xastalik sabab, judam kamuyqu bo’lib qoldim. Uyqu qochganda bosh-keti yo’q, uziq-yuluq o’y-xayol qalashib kelaverarkan. Shunda tunchiroq ostida turgan daftarga ba’zi tasodifiy fikrlarni yozib qo’yadigan bo’ldim. Daftarimni “Tundaliklar” deb atadim. Bu “janr”ning “kundalik”dan farqi shuki, unda xronologik tartibdagi voqealar bo’lmaydi.

Qolaversa, ular muallifning ruhiy holatidan darak, zero biz hammamiz ma’naviy olamga hamisha qandaydir bir tarzda ulush qo’shib yashaymiz.”- deydi: Asqad Muxtor

  • Xulosa qilib aytganda, Asqad Muxtor ijodi keng ko’lamligi bilan o’z o’quvchisini mushohada yuritishga undaydi.Uning so’nggi asarlaridan biri bo’lgan «Tundaliklar» kitobidagi qisqa fikrlar katta va boy mazmunni kashf etgan.

E’tiboringiz uchun rahmat !!!


Yüklə 10,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə