Mavzu: 6 korpusli osma plug ishchi sirtini loyhalash Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə6/7
tarix28.11.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#134197
1   2   3   4   5   6   7
6 korpusli osma plug ishchi sirtini loyhalash

Trapetsiyasimon lemex (19-a rasm) juda sodda tuzilgan bo’lib, uni tayyorlash va ta`mirlash arzondir. Qattik tuproqqa botishi kiyinrok, tezroq yeyiladi. Shu sababli ularga yengil tuproqli yerlarga ishlov berishda qo’llaniladi.
Iskanasimon lemexning (19-d rasm) iskanaga o’xshash cho’ziq tumshug’i pastga 10 mm va yon tomonga 5 mm egilgan bo’ladi. bunday lemex trapetsiyasimon lemexga nisbatan qimmatroq, ammo uzoqroq chidaydi va qattiq tuproqqa yengilroq botadi. Iskansimon lemexli plug ravonroq harakatlanadi.
Uchburchaksimon lemex (19-g rasm) maxsus pluglarda, kartoshka va kanal kovlagichlarda ishlatiladi, chunki u tuproqqa ko’proq bosim bilan ta`sir etib, og’ir sharoitda ishni bajarishga qodirdir.
Almashtiriladigan tumshuqli lemex (19-v rasm) ning tumshug’i yeyilganda, uni old tomonga surib chiqarib qo’yiladi. Ayrim hollarda, yeyilgan uchi o’girilib kuyiladigan ikki uchli tish o’rnatilgan bo’ladi.
2.4.Plug korpusining tuproq palaxsasini ag’darish jarayoni
Ag’darigich lemex orqali o’tgan tuproq palaxsasini haydalmagan yerdan uzib oladi (agar pichoq o’rnatilmagan bo’lsa), uni ko’tarayotib 1m tomonga surib siljitadi, maydalaydi va ag’daradi. Siljiyotgan palaxsadagi abraziv zarrachalar ta`sirida ag’dargich tez yeyiladi va tuproqning qarshilik bosimi ta`sirijda egilib sinishi ham mumkin. Uning yuzasidan yeyilishga, kanotini egilishga bardosh beradigan qilish maksadida, ag’dargich ikki yoki uch qatlamli maxsus pulatdan tayyorlanadi. Ag’dargichning ishchi sirtini 1...2 mm chuqurlikka tsementatsiya kilib, uning yeyilishga qarshiligi oshiriladi. Bunday ag’dargichning ishchi sirti abraziv yeyilishga, urta va tuproqqa tegmaydigan sirtidagi yumshok qatlamlar egilishga chidamli bo’ladi. kupincha ag’dargichning kukragi tezroq yeyilishi sababli, u almashtiriladigan kilib tayyorlanadi. Ag’dargichning yuzasi bo’ylab siljiyotgan tuproqning ishkalan ish kuchini kamaytirish maksadida, u uta mayin kilib jilvirlnadi. Plugni saklashga kuyganda bunday sirt korroziyaga uchrab, gadir-budur bo’lib kolmasligi uchun maxsus moy bilan koplanadi. Aks hol da ishlatish vaqtida zanglab gadir-budur bo’lgan joyga tuproq yopishib koladi va siljiyotgan palaxsa tuproq bo’ylab sirpanadi. Ma`lumki, tuproqning tuproq bilan ishkalan ish koeffitsienti tuproqning pulat buyicha ishkalan ish koeffitsientidan 1,5...1,8 marta katta bo’lganligi sababli plugning sudrashga qarshilik kuchi ortadi.
Lemex va ag’dargich ustunga, boshi korpus yuzasidan burtib chikmaydigan kilib, maxsus boltlar bilan maxkamlanadi. Ag’dargich yuzasi lemexga nisbatan ko’tarilib kolmasligi kerak.
Tirak taxta shudgor devoriga tiralib, sirpanib harakatlanadi, ag’darilayotgan tuproq palaxsasining qarshilik kuchi ta`sirida korpus yon tomonga bketmasligi uchun suyanchik bo’lib, uning to’g’ri yunalishda barkaror harakatlanishini ta`minlaydi. Ya`ni, tirak taxta shudgor devoriga tiralib korpusga yon tomonidan tushadigan bosim kuchini yengadi. Bosim kuchi ta`sirida tirak taxta shudgor devoriga ko’p botib, korpusning yonboshlab yurishiga yo’l qo’yma sligi uchun uning tayanch maydoni yetarli bo’lishi kerak. Shu sabali tezkor, changalzor, botkokbop, plantatsiyabop plug korpuslariga uzunrok hamda balandrok tirak taxta uranitali. Korpuslarni bir-biriga yakinrok o’rnatib, plugning umumiy uzunlishini kamaytirish maksadida, ayrim vaqtda, oldingi korpuslarga kiskartirilgan, orqadagi korpusga esa uzunrok va balandrok tirak taxta o’rnatiladi. Oxirgi korpus tirak taxtasiga kuprok bosim tushishi natijasida u tez yeyiladi, shu sabali u yerdagi tirak taxtaga ishkalan ishga chidamli materialdan tayyorlangan, almashtiriladigan tovon o’rnatiladi.
Tirak taxtaning uchi yeyilganida 1800 ga ugirib kuyiladi. Tirak taxtani shudgor tubiga 20...30 ga engashtirilib, shudjgor devoriga nisbvtan 20...30 ga burib o’rnatiladi.
Tirak taxtada hosil bo’ladigan qarshilik kuchi plugni sudrashga qarshiligining kariyb 20% ini tashkil etadi. Bunday katta qarshilikni kamaytirish uchun tirak taxtaning ishchi sirtiga aylanuvchan galtak o’rnatilishi ham mumkin.
Korpus ustuni (20-rasm) plugning ishchi qismi xisoblanmasa ham, shudgor sifatiga bilvosita ta`sir ko’rsatadi. Ustun shakli va o’lchamlari plugning ish sharoitiga moslanib qabul qilinadi va sifatli chuyan yoei pulatdan kuyiladi, ayrim vaqtda shtampovkalaniyu payvandlanadi. Agar plugning ramasi yassi bo’lsa, «past» «baland», agar rama gryadillari kuyiga bukilgan bo’lsa, «past» ustunga o’rnatiladi. Uchun pastki qismining shakli ag’dargich, lemex va tirak taxtani o’rnatishga moslangan egarsimon bashmokka uxshab ketadi. Ayrim pluglarda korpuslar turini almashtiriladigan qilinadi.
Quvursimon ustunlar o’rnatilgan plugda esa korpusni harakat yunalishiga nisbatan uni ustuni bilan burib kuyib, korpusning g0 burchagini o’zgartirish mumkin. Natijada uning kamrov kengligini birmuncha o’zgartirish imkoni tugiladi («Kverneland» to’ntarma pluglari).
Plug pichoqlari. Plug pichogi haydashda hosil bo’ladigan shudgor devorini tik va tekis bo’lishini ta`minlash maksadida ishlatiladi. Haydalayotgan yer serildiz bo’lsa, plug korpusi ta`sirida shudgor devoridagi ildizlarni uzib olishga nisbatan, ularni kesib ketishga kamrok kuch sarflanishi sababli, har bir korpus oldiga, har yili ekin ekiladigan yerlarni shudgorlashda esa faqat orqadagi korpus oldiga pichoq o’rnatish maksadga muvofikdir. pichoq shudgor devorini sillik kesib ketsa, shudgor tubiga kamrok tuproq tukiladi. Plug utganidan keyin, shudgor tubining toza bo’lishi muximdir.
Pluglarga o’rnatiladigan pichoqlarning disksimon, chopkisimon va yassi turlari bo’ladi.
Disksimon pichoq (21-a rasm) oddiy va ayrim maxsus pluglarda ishlatiladi. Disksimon pichoqning qalinligi uning bukilmasligini ta`minlashi, radiusi esa ishlov berishdagi maksimal chuqurlikning 60...70 % ini tashkil etishi kerak. disksimon pichoqning tigi ikki tomonidan 150...200 etib charxlanadi.
Disksimon pichoq 1 ayri 2 ayri o’rnatilgan ukda erkin aylandi. Ayri esa tirsakli ustun 4 o’rnatilgan va ustun tirsagining burilishi xisobiga, diskni asosiy korpusning dala chet qirqimiga yakinlashtirish yo ki uzoklashtirish mumkin. Ayrim tirsakka nisbatan gorizontal tekislikda 100...150 ga erkin burilishi mumkin. Shu sababli disk plug harakat yunalishining o’zgarishiga moslanib, burilish
imkoniyatiga ega bo’ladi.
Korpusga nisbatan disksimon pichoqni baland, past, hamda yakin yoki uzoklashtirib o’rnatish mumkin. Disk gupchagi bilan yer yuzasi orasida 1...2 sm oralik kol-

20-rasm. Korpus ustunlari.
a - quyma; b- boshmoqli; v - G simon; g va d - ko’ndalang kesimidumaloq va to’rt burchak ustunlar.

21-rasm. Plug pichoqlari.
a - diskasimon; b - chopqisimon; v - yassi, tayanch chang’ili; 1- disk; 2- ayri; 3- tojsimon; 5 -qisqich; 6- chopqisimon pichoq tig’i; 7- pichoq yuzasi; 8- dastak; 9- yassi pichoq; 10 - sirpang’ich; 11 - tayanch.
dirib o’rnatiladi. Disk uki esa Chimqirqar lemexi tumshugi ustida, agar Chimqirqar o’rnatilmagan bo’lsa, asosiy korpus lemexi tumshugining ustida joylashtiriladi.
Ayrim vaqtda tigi burmalangan disklardan ham foydalaniladi.
Chopqisimon pichoq (21-d rasm) plantatsiyabop, urmonbop, changalzor-botkokbop kabi maxsus pluglarda ishlatiladi, chunki yugon ildizlarni disksimon pichoq kesa olmasdan, ko’tarilib ketishi mumkin. Bunday joylarda chopkisimon pichoq yaxshi natija ko’rsatadi: tuproq va mayda ildizlarni kesib ketsa, yugonlarini turtib yer yuzasiga chiqarib ketadi. Sertosh yerlarda ham chopkisimon pichoq yaxshirok ishlaydi.
Chopkisimon pichoq 7 ning dastasi plug ramasiga bikr maxkamlanadi, tigi 6 esa 100...150 ostida 0,5 mm qalinlikkacha charxlanadi. Uning uchi asosiy korpus lemex tumshugiga nisbatan 3...4 sm balandrok va ilgarilatib, tigi esa shudgor tubiga nisbatan 700...750 ostida kiya o’rnatiladi. Bunday pichoq asosiy korpusning dala chet qirqimiga nisbatan haydalmagan tomonga 0,5...1,0 sm surib kuyiladi.
Yassi pichoq 9 (21-v rasm) ikkita sirpangich changi 10 bilan jixozlanadi va botkokli hamda changalzor yerlarni haydaydigan pluglarga kuyib ishlatiladi. Sirpangich changi changal shoxlarini yerga bosib turib, ularni pichoq kesib ketishiga yordam beradi. Yassi pichoq tigi harakat yunalishiga nisbatan 350-400 engashtirib o’rnatiladi.
Xulosa
Traktorga oʻrnatiladigan lemexli Pluglar (tirkama, yarim oʻrnatma) keng qoʻllaniladi. Asosiy uzellari: ish organlari, haydash chuqurligini rostlovchi mexanizm, avtomat, silindr, tayanch gʻildiraklar, oʻrnatish yoki osish moslamasi. Lemexli P.larning ish organlari — korpus, chimqirqar, disk-pichoq. Haydalma qatlam ostini yuqoriga chiqarmasdan 5—12sm chuqur haydashda korpusga qoʻshimcha chuqurlatkichlar mahkamlanadi. Chim-qirqarlar P. korpusidan 30—35 sm oldinga oʻrnatiladi, 10 sm gacha tuproq qatlamini olib, korpus hosil qilgan egat tagiga tashlaydi. Diskli P.lar, asosan, yangi yerlarni haydashda ishlatiladi. Umumiy ishlarga moʻljallangan P.lar har qanday yerni 18— 45 sm chuqurlikda haydashda qoʻllaniladi. Mokisimon P.larning korpusi oʻngga va chapga aylanadigan 2 seksiyadan iborat. Seksiyalar navbat bilan ishlaydi. Maxsus P.lar changalzor-botqoqliklarni, bogʻ, tokzor, oʻrmon, toshloq yerlarni haydashda ishlatiladi. Yerni shudgor qilish uchun 1 korpusli (PO-1-30 markali) va 2 korpusli (PO-2-30) agʻdarma-osma P.lar, dehqon va fermer xoʻjaliklari uchun 2 korpusli (PN-2-30) va 3 korpusli (PN3-30) agʻdarma-osma P.lar, texnik ekinlar uchun moʻljallangan yer haydaladigan 3 korpusli (PDN-3-30) va toʻrt korpusli (PDN-4-45) agʻdarma-osma P.lar, yerni chuqur haydashga moʻljallangan yarusli tirkama (PYA-3-35) P.lar (hammasi "Chirchiqqishmash" AJ); paxta, gʻalla va boshqa ekinlar ekiladigan yerlarni xaydash uchun moʻljallangan osma P. (PN-3-35) ("Urganchozuqamash" AJ), yerni bir tekis agʻdarib haydash uchun moʻl-jallangan agʻdarma-osma P. (EurOpal 9 (4+1) N 100) ("Agregat" zavodi va "Lemken" firmasi) va boshqa ishlab chiqarilmoqda. Bu P.lar yerni 18—45 sm chuqurlikda haydaydi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə