Mavzu: 6 korpusli osma plug ishchi sirtini loyhalash Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə2/7
tarix28.11.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#134197
1   2   3   4   5   6   7
6 korpusli osma plug ishchi sirtini loyhalash

2.1. Tirkalma plug
Tirkalma pluglar. Tirkalma plugning namunaviy kinematik sxemasi 9-rasmda ko’rsatilgan bo’lib, ishchi qismlari o’rnatilgan ramasi uchta g’ildirakka tayanib turadi. Plug ramasining chap tomoniga dala g’ildiragi (DG’), ung tomoniga shudgor g’ildiragi (ShG’) va orqa g’ildirak (OG’) o’rnatiladi.
Hamma korpuslari bir xil chuqurlikda ishlayotgan plugning dala g’ildiragi haydalmagan dala yuzasi buylab, shudgor g’ildiragi plugning oldingi yurishida haydalgan shudgor tubi buylab, orqa g’ildiragi esa orqadagi korpus qoldirayotgan shudgor tubi bo’ylab harakatlanadi. Demak, dala g’ildiragi satxi bilan shudgor g’ildiragi va orqa g’ildirak satxlarining farqi haydash chuqurligi a ga tengdir.
G’ildiraklar diametri ularning ishlash sharoitiga moslab tanlanadi. Shudgor g’ildiragi shudgor tubida yurishi sababli, uning gupchagi yer yuzasiga tegmasligi uchun radiusi Rshg maksimal shudgorlash chuqurligi amax va gupchak radiusi rr yig’indi sidan 4....5 sm katta qilinadi, ya`ni Rshg = amax + rr + (4....5) sm bo’lishi lozim. Amalda Rshg =350-400 mm bo’ladi. Ko’pincha oddiy pluglarda dala g’ildiragi bilan shudgor g’ildiragining diametrlari o’zaro teng qabul qilinib, orqa g’ildirak diametri esa 500 mm atrofida bo’ladi.
Korpuslar ag’darayotgan tuproqning qarshilik kuchi ta`sirida plug haydalmagan chap tomonga burilmasligiga tirak taxtalar hamda orqa g’ildirak yo’l qo’ymaydi. Shu sababli orqa g’ildirak tugini shudgor devorining pastiga tiralib yuradigan qilinadi. Shuning uchun orqa g’ildirak gorizontga nisbatan 70.....800 kiyalab o’rnatiladi.
Plug transport holatida yurganda orqa g’ildirak 5...60 gacha o’ng va chapga burilib, harakat yunalishining o’zgarishiga qisman moslanib turishini maxsus stopor bolt 20 ni bushatib sozlanadi. Ish vaqtida esa orqa g’ildirakning burilishi shu bolt yordamida to’liq cheklanishi lozim. aks holda plugni yon tomonga surayotgan kuchni qabul kila olmasdan, tirak taxtalarga yordam bera olmaydi, orqa g’ildirak plug ogirligining bir qismini uziga qabul kilib, shudgor tubiga 10...15 mm gacha botib yuradigan kilib sozlovchi bolt 21 yordamida maxkamlanadi.
Transport holatidagi plugning hamma g’ildiraklari bir tekislikda, ya`ni yer yuzasi bo’ylab harakatlanadi. Bu holda hamma korpuslar yer yuzasiga nisbatan trnasport tirkishi h balandlikda bo’lishi talab qilinadi. Qoida h> 20 sm bo’lishi kerak.
Bu talabni koniktirish uchun dala g’ildiragi tirsagining 1-2 uzunligi yetarli bo’lishi lozim. transport holatiga to’liq ko’tarilgan dala g’ildiragining tirsagi.
11-2 vertikal holatiga = 30 – 350 ga yetmasdan tuxtashi kerak, aks holda dala g’ildiragining ravon harakati ta`minlanmaydi. Shudgor g’ildiragi tirsagi 11-12 ning uzunligi 1-2ga teng qabul qilinadi. Orqa g’ildirak tirsagi 18-19 ning uzunligi esa orqa g’ildirak transport holatiga kuchirilganda, orqadagi korpusning tirak taxtasiga tegmaydigan kilib tanlanadi.
Tirkagich uzunligi L, plug ramasi gryadilidagi pasaytirigich uzunligi va undagi teshiklar soni, haydash chuqurligining rejalashtirilgan diapazoniga bog’lab qabul qilinadi.
Korpuslari tuproqqa endi botirilayotgan yoki ishchi holatidan transport holatiga, ya`ni a/2 dan kuprok ko’tarilib ulgurgan plugning uchta g’ildiraklari har xil balandlikda joylashgan bo’ladi, ya`ni plug ramasi gorizontal holatida bo’lmaydi.
Har qanday plugdan foydalanishda, paykalni shudgorlashdagi 1,2,3-yurishlarda korpuslarning har birini yer yuzasiga nisbatan har xil yoki hammasini bir xil chuqurlikda (balandlikda) yurishini ta`minlash talab qilinadi. Bunday uta murakkab jarayonni plug mexanizmlari bajarishi kerak. mexanizmlar plug g’ildiraklarini uning ramasiga nisbatan turli holatda ushlab turishi xisobiga yuqoridagi jarayonlar bajariladi.



9-rasm. Tirkalma plugning kinematik sxemasi.
a, b - ishchi va transpotr holati; v - orqa g’ildirak holati; g, d - orqa g’ildirak holatini sozlash.
Tirkalma plug 6 ta berk turt buginli mexanizm bilan jixozlangan (9-rasm).
1-2-3-4-1-ko’tarish mexanizmi. U ishlayotgan plugni transport holatiga ko’tarib, ish holatiga tushirish uchun xizmat kiladi. Bosim ostida yuborilgan moy ta`sirida gidrotsilindr shtokining ichkariga tortilishi natijasida 3-4 bugin kiskarib, 1-2 tirakni oldinga buradi. 1-2 tirak T ga tekkanidan sung gidrotsilindr ramaga nisbatan dala g’ildiragini pastga tushirib, ramani korpuslari bilan birgalikda dala yuzasiga nisbatan yuqoriga ko’taradi.
1-5-6-7-1-DG’ mexanizmi. Shudgorlash chuqurligini o’zgartirish va kerak bo’lganda plugni transport holatiga vint A yordamida kul kuchi bilan ko’tarish uchun xizmat kiladi.
8-9-10-11-8-ShG’ mexanizmi. Ramaning ung tomonini yerga nisbatan balandligini o’zgartirish xisobiga uni vertikal-kundalang tekislikda gorizontal holatiga keltirish, ya`ni korpuslarni bir xil chuqurlikda ishlatish uchun xizmat kiladi.
15-16-17-18-15-OG’ mexanizmi. Ramaning orqa qismini (korpuslarni) transport holatiga ko’tarib tushirish uchun xizmat kiladi.
1-9-10-11-1-DG’ ni ShG’ bilan boglash mexanizmi. Plugda yetaklovchi xisoblangan DG’ holatining o’zgarishiga moslab, ShG’ holatini o’zgartirish uchun xizmat kiladi. Bu mexanizmning konikarli ishi 8-sharnirni ishga tushiradigan vint V joylashgan kulisaning ma`lum holatidagina bajariladi.
1-13-14-15-1-DG’ ni OG’ bilan boglash mexanizmi. Dala g’ildiragi holati o’zgartirilganda, unga moslab orqa g’ildirak holatini o’zgartirish uchun xizmat kiladi. Bu mexanizmda 13-14 buginining uzunligi shunday tanlanishi kerakki, dala g’ildiragi plug ramasini a/2 balandlikka ko’tarilganidan sung, u to’liq taranglashib, orqa g’ildirak mexanizmini ishga tushiradi. Bu holda dala g’ildiragi mexanizmi avvaliga plugning old tomonini a/2 balandlikka ko’tarib ulgurganidan sunggina orqa g’ildirak mexanizmi orqa korpuslarni ko’tara boshlaydi va plugni ko’tarish yengillashadi.
Shunday kilib, dala g’ildirak va orqa g’ildirak mexanizmlari tirkalma plugning oldingi va orqadagi korpuslarini bir xil yoki har xil chuqurlikda o’rnatib ishlatish imkonini beradi.
Tirkalma plugni agregatlash uchun traktor tanlash osonrok bo’lib, uni traktorga simmetrik ulamasdan haydalgan tomonga surib kuyib ishlatsa ham bo’ladi. Bu holatda traktorning boshkaruvchanligi birmuncha kiyinlashsa ham uning g’ildiraklarini shudgorlangan yerda emas, dala yuzasida harakatlantirish mumkin. Natijada shudgorlangan joy zichlanmaydi.
Yuqoridagilardan tashqari traktorning buylama vertikal tekislikdagi engashishlari tirkalma plugga ta`sir ko’rsatmaydi. Shu tufayli plug harakatining ravonligi to’liqrok ta`minlanib, shudgorlash chuqurligi bir tekis bo’ladi.
Maxsus pluglarning aksariyati tirkalma variantlarda ishlatiladi.
Tirkalma plugni sozlash. Agrotexnika talablariga kura oldindan belgilangan chuqurlikka plugni o’rnatishni maxsus maydonchada bajarish kerak. tayinlangan a chuqurlikka o’rnatish uchun plugni tekis maydonga kuyib, dala g’ildiragining tagiga balandligi a ga teng bo’lgan kistirma o’rnatiladi (10-rasm) va dala g’ildiragi mexanizmi yordamida korpuslar maydoncha yuzasiga to’liq tushiriladi.
Keyin shudgor g’ildiragi mexanizmi yordamida plug ramasi kundalangiga gorizontal holatiga keltiriladi. Oxirgi korpus tagiga 1,0...1,5 sm balandlikdagi kistirma kuyiladi va orqa g’ildirakning tugini maydonchaga to’liq tegadigan kilib o’rnatiladi. Ishlayotgan plugning orqa g’ildiragi shudgor tubiga 1,0...1,5 sm ga botib yurishi, oxirgi korpusning ishlash chuqurligiga ta`sir etmasligi uchun uning tagiga kistirma kuyiladi.

10-rasm. Tirkalma plugni chuqurlikka sozlash.
Plugning ramasi gorizontal holatga keltirilganidan sung uning tirkagichi sozlanadi. Tirkagichning A uchi balandligi aQhrc (bu yerdagi hrc-traktor tirkash sirgasining yerdan balandligi) bo’lgan ilgakka kuyiladi.
Aslida tirkagichni plugning vertikal tekislikdagi qarshilik markazi (PVQM) bilan boglab o’rnatish kerak. Ammo PVQM ni aniqlash kiyin bo’lganligi sababli, unga joylashgan plug ogirlik markazining izi (POMI) dan foydalanish joiz bo’ladi. Plug ogirlik markazi (POM) ning lemex tiglaridan o’tkaz ilgan gorizontal tekislikka (shudgor tubiga) tushirilgan proektsiyasi, ya`ni S nukta-POMI joyini bildiradi.
A va S nuktalarni birlashtirib tortilgan ip rama pasayotirgichi bilan uning kesishgan joyiga yakin bo’lgan teshik V ga tirkagich ulanadi.
Gorizontal tekislikda esa plug birinchi korpusining lemexi shudgor devoridan haydalgan tomonga Q V = 25 mm masofaga kirib turadigan kilib o’rnatiladi (10-b rasm). Bu yerda plug ramasi shudgor devoriga parallel kuyilib, traktorning ung g’ildiragi esa unga 15...20 sm yetmasdan joylashtiriladi. Keyin esa plugning gorizontal tekislikdagi qarshilik markazi (PGQM) yakin joylashgan POMI dan ramaga parallel ip tortib, tirkagichni plug ramasi kergichiga ulaydigan A va D teshiklari topiladi.
Tirkagichning gorizontal tekislikda to’g’ri o’rnatilganligi esa bevosita shudgorlash vaqtida tekshiriladi. Tirkagich plugga to’g’ri ulangan bo’lsa, korpuslardagi tirak taxtalar plug harakatining yunalishiga deyarli parallel holatda sirpanishi kerak. plugning to’g’ri sozlanganligi agregatni dala sharoitida ishlatib tekshiriladi va kerak bo’lsa, qisman tuzatishlar kiritiladi.



Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə