Mavzu 1 : Elektr energetika tizimlarining elementlari. Elektr energetika tizimi va tarmoqlari holatlari va unda kechadigan jarayonlar. Elektr energetikaning asosiy masalalari va ularni kompyuterda yechishni tashkil etish



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə16/44
tarix17.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#150266
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Маъруза 1 - 15

Tenglamalar tuzish. Tugun potentsiallari va tarmoq toklari. 1- va 3- tugunlar orasidagi U13 kuchlanish shu nuqtalarning potentsiallari 1 va 3 bilan quyidagicha bog`langan U13 = 1 + 3 , lekin 3 = 0 deb qabul qilingan. Bu kuchlanish I1 tokli tarmoq uchun


U13 = E1 - R1I1
kabi aniqlanadi. Om qonuniga asosan
I1= (E1 - U13 ) / R1 = (E1 - U13 ) g1 (a)
Xuddi shunday I3 va I5 toklar uchun
I3= (E3 +U13 ) /R3 = (E3 + U13 ) g3 (b)
I5= (1 - 2) / R5 =((1 - 2 ) g5 = U12 g5 (v)
Kirxgofning I-qonuniga asosan tanlangan toklarni yo`nalishi bo`yicha 1-tugun uchun
I1 – I3 - I5 – Ik = 0 (1)
a,b,v dagi toklarni ifodalarini (1) ifodaga qo`ysaq.
(E1 - U13 ) g1 - (E3 + U13 ) g3 - U12 g5 – Ik = 0
( g1 + g3 +g5 ) 1 - g52 = E1 g1 - E3 g3 – Ik (2)
2 - tugundagi tok
I2= (E2 + U23 ) / R2 = (E2 + 2 - 3 ) g2
I4= (2 - 3 ) / R4 = (2 - 3 ) g4
I5= (1 - 2) / R5 =(1 - 2 ) g5 = U12 g5
va tok manbasini toki Ik
Kirxgofni 1-qonuniga asosan Ik =I2 + I4 - I5
Tarmoqlardagi toklarni potentsiallar va o`tkazuvchanliklar orqali ifodalab,
- 1 g5 + (g2 + g4 + g5 ) 2 = Ik - E2 g2 (3) Oxirgi (3) tenglama va oldin hosil qilingan (2) tenglama bilan birgalikda izlanayotgan va potentsiallar tenglamalar sistemasini hosil qiladi va bular orqali nomalum potentsiallar aniqlanadi, undan keyin a, b, v ifodalardan tarmoqlardagi toklar aniqlanadi.
v) Tenglamalarni tarkibi. Xususiy va umumiy o`tkazuvchanliklar. (2) tenglamani qo`shiluvchilarini qaraymiz. 1-tugunni potentsiali shu tugunga keluvchi tarmoqlar o`tkazuvchanliklarini yig`indisiga ko`paytiriladi (tok manbasi bo`lgan tarmoq o`tkazuvchanligi nolga teng). Bu yig`indi K-tarmoqning xususiy o`tkazuvchanligi deyiladi va ikkita bir xil indeks bilan belgilanadi gkk , masalan, 1-tugun uchun
g11 = g1 + g3 + g5
2-tugunni potentsiali 2 , 1-tugun bilan birlashtiruvchi tarmoqlar o`tkazuvchanligining yig`indisiga ko`paytiriladi va g12 kabi belgilanadi. Istalgan ikkita k va l tugunlar uchun gkl kabi belgilanadi.
Istalgan ikki tugun orasidagi o`tkazuvchanliklar yig`indisiga umumiy o`tkazuvchanlik deyiladi. Qaralayetgan tugunlar uchun gkl = g12 = g5 ko`rinishidagi ko`paytma (tarmoq EYUK va shu tarmoq o`tkazuvchanligi) ekvivalent tok manbasini ifodasidir, (2) tenglamani o`ng tomoni 1 - tugunga ulangan tarmoqlardagi manbalar toklarining algebraik yig`indisidir.
Agar bu toklar qaralayetgan tugunga yo`nalgan bo`lsa, musbat, aks holda manfiy bo`ladi.
K tugunga keladigan tarmoqlardagi manbalar toklarining algebraik yig`indisi - tugun toki deyiladi. (Ikk bilan belgilanadi), masalan 1-tugun uchun
Ikk =I11 = g11 E1 - g3E3 - Ik
Ta'rifga asosan (2) tenglama quyidagicha bo`ladi:
g111 - g122 = I11 (g)
Xuddi shunga o`xshash 2-tugun tenglamasini yozish mumkin.
-g211 + g222 = I22 (d)
bu yerda g12 = g5 - 1- va 2-tugunlarni umumiy o`tkazuvchanligi
g22 = 1/ R5 +1/ R4 + 1/ R2 = g5 + g4 + g2 - 2-tugunning xususiy o`tkazuvchanligi
I22 = - g2I2 + Ik - 2-tugunning toki
(g) va (d) tenglamalar sistemasidan ko`rinib turibdiki, xususiy o`tkazuvchanlik musbat ishora bilan, umumiy o`tkazuvchanlik manfiy ishoralar bilan olinadi.
Agar qandaydir tugunlar o`rtasida ularni bog`lovchi tarmoqlar bo`lmasa, mos keluvchi o`tkazuvchanlik nol bo`ladi.
Agar qandaydir tugunga ulangan tarmoqlarda manbalar bo`lmasa shu tugunni tugun toki nolga teng bo`ladi.
Agar qandaydir tarmoqda ideal EYUK manbasi bo`lsa (bu tarmoq o`tkazuvchanligi cheksizlikka teng), shu tarmoqdagi tugunlardan birortasini potentsialini (manba qutblaridan birini) nol deb olish qulay. Bu vaqtda ikkinchi nuqta potentsiali (manba qutblarini ikkinchisi) EYUK kattaligicha farq qiladi (ishorasini hisobga olgan holda) va tenglamalar soni bir birlikka kamayadi.
Umuman olganda agar sxemada n ta tugunlar bo`lsa, unga n - 1 tenglamalar sistemasi to`g`ri keladi.
g11 1 + g121 + ….. + n-1 g1,n-1 = I11
g211 + g222 + …… +n-1 g2,n-1 = I22 (e)
……………………………….………….
gn-1,1 1 + gn-1,22 + ……n-1gn-1,n -1 =I n-1,n -1
bu yerda gkk - k - tugunda o`tkazuvchi tarmoqlar o`tkazuvchanliklarini yig`indisi gkm - k - va m - tugunlarni birlashtiruvchi o`tkazuvchanliklar yig`indisi va minus ishora bilan olinadi.
Ikk - k- tugunni tugun toki, agar k -tugunga tok manbasidan tok kesa musbat, agar ketsa manfiy ishora bilan olinadi.
(e) tenglamalar sistemasini potentsiallarga nisbatan yechilgandan keyin tarmoqlardagi toklar tarkibida EYUK bo`lgan zanjir qismi uchun Om qonuniga asosan topiladi.


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə