|
Mavzu : Ifodali o’qishda maqol, topshiriq,latifa va tez aytishlarni o’rganish usullari
|
səhifə | 1/6 | tarix | 11.12.2023 | ölçüsü | 1,48 Mb. | | #147529 |
| bolalar metodikasi Mavzu : Ifodali o’qishda maqol, topshiriq,latifa va tez aytishlarni o’rganish usullari Reja: - Bolalar folklori va uning o’rganish metodikasi
- Maqol haqida nazariy ma’lumotlar .
- Tez aytish .
- Xulosa .
Tayyorladi : 2209-guruhi 2-kurs talabasi
Choriyeva Muxlisa
Bolalar folklori ham kattalarniki kabi xilma- xil adabiy tur va janrlarda namoyon bo`ladi. Bolalar folklori ham kattalarniki kabi xilma- xil adabiy tur va janrlarda namoyon bo`ladi. Barcha zamonlarning o`z ijodkorlari xalqning urf- odatlari, maqsad- intilishlari, orzu- armonlarini ifodalab keladi. Qolaversa, bolalarning ham ma’naviy- axloqiy jihatdan shakllanishlarida muhim tarbiyaviy vosita vazifasini bajaradi. Bu maqsad qo`shiq, doston, ertak, afsona va rivoyat, topishmoq, maqol kabi shakllar orqali o`z aksini topadi. Xalq og`zaki ijodi asarlari orqali ham ajdodlari zakovati va jasoratlaridan saboq oladi, buyuk ajdodlari va ularning yashash tarzi bilan tanishadi. Folklorda xalq zakovati, iste’dodi va til boyligi namoyon bo`ladi. Bu xususiyat ayniqsa maqol va topishmoqlarda ko`rinadi. Xalq og`zaki ijodi asarlari orqali ham ajdodlari zakovati va jasoratlaridan saboq oladi, buyuk ajdodlari va ularning yashash tarzi bilan tanishadi. Folklorda xalq zakovati, iste’dodi va til boyligi namoyon bo`ladi. Bu xususiyat ayniqsa maqol va topishmoqlarda ko`rinadi. Maqol arabcha “ qavolla ” , “ qavlun ” so`zlaridan olingan bo`lib, so`z, aytmoq, so`zlamoq ma’nolarini anglatadi. Maqol arabcha “ qavolla ” , “ qavlun ” so`zlaridan olingan bo`lib, so`z, aytmoq, so`zlamoq ma’nolarini anglatadi. Maqol – xalqning hayotiy tajribalari asosida yuzaga kelgan dono, purhikmat so`zlar. El orasida naql so`zi ham maqol ma’nosida qo`llaniladi. Ijtimoiy- siyosiy, ma’naviy- madaniy, axloqiy- falsafiy qarashlarni o`z ichiga oladi. Ixcham, lo`nda va obrazli ifodalanadi. Maqollar maxsus ijod qilinmaydi, balki ma’lum bir sharoit taqozosi bilan hayotiy tajribadan xulosa sifatida yuzaga keladi. Har bir maqolda o`sha xalqning qalbi, milliy saviyasi ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|