Mavzu : Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi. Reja : I kirish : II asosiy qism : Abdulla Qodiriyning hayoti haqida. Abdulla Qodiriyning ijodiy faoliyati. Uning hajviy asarlari haqida. Abdulla Qodiriyning romanlari to’g’risida



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə7/12
tarix23.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#155279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Abdulla Qodiriy SAYYORAGA

Bu asarni muallif 1919- yilda yoza boshlagan . 1922- yilda “Inqilob” jurnalida romandan parchalar e’lon qilina boshlagan . So’ngra romannning har bir bo’limi alohida –alohida kitobcha (birinchi bo’lim -1924 , ikinchi bo’limi 1925, uchinchi 1926 - yillarda ) holida nash qilindi . “Abdulla Qodiriy bu asarda “Moziyga qaytib ” ish ko’rgan “, “tariximizning eng kir qora kunlari ” bo’lgan ,”xon zamonlari ” ni mavzu qilib olgan .Bu roman “1264 –hijriy dalv oyining o’n yettinchisi , qishki kunlarning biri , quyosh botgan , tevarakdan shom azoni ovozi eshitiladir “ degan jumla bilan boshlanadi .

  • Bu asarni muallif 1919- yilda yoza boshlagan . 1922- yilda “Inqilob” jurnalida romandan parchalar e’lon qilina boshlagan . So’ngra romannning har bir bo’limi alohida –alohida kitobcha (birinchi bo’lim -1924 , ikinchi bo’limi 1925, uchinchi 1926 - yillarda ) holida nash qilindi . “Abdulla Qodiriy bu asarda “Moziyga qaytib ” ish ko’rgan “, “tariximizning eng kir qora kunlari ” bo’lgan ,”xon zamonlari ” ni mavzu qilib olgan .Bu roman “1264 –hijriy dalv oyining o’n yettinchisi , qishki kunlarning biri , quyosh botgan , tevarakdan shom azoni ovozi eshitiladir “ degan jumla bilan boshlanadi .
  • Romanning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek hojilar shu yurt istiqloli ,farovonligi osoyishtaligi yo’liga hayotini , jonini tikkan fidoiy kishilardir .Jumladan, Otabek o’z ona Vatanini sevadi , uni siyosiy ,iqtisodiy va madaniy jihatdan taraqqiy etishini istaydi .U xon va beklar o’rtasidagi o’zaro be’mani urushlarni qoralaydi .Otabek reaksion urf odatlar bilan kelishaolmaydi ., ularga qarshi turadi . “O’tkan kunlar ” romanida adolatli xonlik tarafdagi Yusufbek hoji obrazi muhim o’rin egallaydi .Yusufbek hoji obrazida tadbirli ,insonparvar ,adolatparvar kishi .,o’z xalqi va o’z yurtining taqdiri uchun qayg’uruvchi,o’z niyatlari puchga chiqqanda ham tushkunlikka berilmagan irodali inson ,dono va mehribon ota qiyofasi nomoyan bo’lgan .O’tkan kunlar ” romani mehnatkash xalqqa chuqur hurmat ruxi bilan sug’orilgan .Yozuvchi Hasanali ,usta Olim ,Saodat ,.To’ybeka,Oybadoq kabi mehnatkash xalq vakillari obrazlarini mahorat bilan tasvirlagan .Jumladan ,Yusufbek hojining xizmatkori uddaburro,tadbirli ,sadoqatli, aqilli ,g’amxo’r ,vijdoni pok, mehribon- umuman oddiy insonga xos eng yaxshi fazilatlarni o’zida mujassamlashtirgan kishi obrazi sifatida kitobxon xurmatiga sazovor bo’ladi . “O’tkan kunlar ” romanida xotinchi xotin -qizlar obrazi salmoqli o’rin egallaydi .Yozuvchi xotin -qizlarning Kumishbibi ,Zaynab ,O’zbek oyim ,Oftob oyim ,Saodat, Oybodoq ,To’ybeka ,Xushro’ybibi ,Jannat kampir kabi o’nlab xilma-xil obrazlarni yaratgan . Muallif ijobiy obrazlarnigina emas, Homid,Xushroybibi ,Jannat kampir ,Musulmonqul ,Azizbek ,Sodiq kabi salbiy obrazlarni ham zo’r mahorat bilan yaratgan ..Xushro’ybibi obrazini olaylik.Kumushbibi vafodorlik ,go’zallik ,sadoqatlilik ,samimiylikning ramzi bo’lsa , Xushro’ybibi esa ichi qoralik ,shumlik ,battollik va yomonlik ,behayolik va urushqoqlik ,o’sharlik va xudbinlik ramzidir.
  • Xullas “O’tkan kunlar ” romanidagi obrazlarning har biri o’zicha bir olamki ,ular hech qachon bir birini takrorlamagan .
  • Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar ” romani O’zbek adabiyotining eng birinchi cho’qqisidir .Qiziq ma’lumotlardan yana birida ,Abdulla Qodiriy sahar tongda “O’tkan kunlar ” nomli asarini yozayotib ,Kumushning vafoti jarayonida o’zi ham yig’lagan .

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə