Mavzu : Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi. Reja : I kirish : II asosiy qism : Abdulla Qodiriyning hayoti haqida. Abdulla Qodiriyning ijodiy faoliyati. Uning hajviy asarlari haqida. Abdulla Qodiriyning romanlari to’g’risida



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə6/12
tarix23.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#155279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Abdulla Qodiriy SAYYORAGA

Romanning mavzusini yozuvchining ozi quyidagicha izohlaydi : “Turkiston fiodallarinign keyingi vakili bo’lgan Xudoyorxonning o’z xohishi yo’lida dehqon ommasi va mayday Hunarmand –kosib sinfini ,qurbon qilishi ,mamlakat xotin –qizlarini istaganicha ta’sarruf etishi ,bunga qarshi kelguvchilar tilasa kim bo’lmasin ,rahmsiz jazo berishi romanning mavzusidir .Xudoyorxonning bu yo’ldagi birinchi istinodgohi bo’lgan ulamolar, ularning ichki –tashqi ahvoli ,axloqi , madrasa va oila ahvoli va hayoti ,ulomoda insoniy his bitganligi va qolg’ani ham xabosat pardasi ostida sezilmas darajaga etganligi mundarija zig’dirgan qodar bayon etilgan “.

  • Romanning mavzusini yozuvchining ozi quyidagicha izohlaydi : “Turkiston fiodallarinign keyingi vakili bo’lgan Xudoyorxonning o’z xohishi yo’lida dehqon ommasi va mayday Hunarmand –kosib sinfini ,qurbon qilishi ,mamlakat xotin –qizlarini istaganicha ta’sarruf etishi ,bunga qarshi kelguvchilar tilasa kim bo’lmasin ,rahmsiz jazo berishi romanning mavzusidir .Xudoyorxonning bu yo’ldagi birinchi istinodgohi bo’lgan ulamolar, ularning ichki –tashqi ahvoli ,axloqi , madrasa va oila ahvoli va hayoti ,ulomoda insoniy his bitganligi va qolg’ani ham xabosat pardasi ostida sezilmas darajaga etganligi mundarija zig’dirgan qodar bayon etilgan “.
  • “Mehrobdan chayon” romanida Anvar va Ra’noning muhabbat yo’lidagi xilma-xil mojarolari qalamga olinadi, jarayonda asar personajlarining qismati, xarakteri ruhiy olami namoyon bo’ladi. Bu romanda Ra’no obrazi quyidagicha “…tabiat xasis emas tikandan gul, aridan bol yarata beradi, … uni fazl va zakovatda ham o’tgan xon zamonlari asrining nodit uchrayturgan yakto fozila qizlaridan sanaymiz va sanashga ham o’zimizda majburiyat hiz etamiz . Jodu ko’zi kishiga qattiq qaragan qoralikdan boshqacha yana bir turlik nur sochar edi .Kipriklari ostida nafis bir surma doitasi bor edi .
  • Qoshi tutash kabi ko’rinsa ham , ko’ndalang yotgan ikki qilich orasini nafis bir quyulub ko’tarilish ajratib turar edi .Sochlari juda quyuq , sanoqsiz kokillari orqa , o’ngini tutub yotar , qaddi uzunlik bila qisqalikni o’rtasi , bu qiz yolg’iz Qo’qonninggina emas , umuman Farg’onaning kuylariga qo’shilib maqtaladurgan go’zallaridan edi “ deb ta’riflangan .
  • Xotin - qizlar jinsidan irodasi kuchli hatto erlaridan ham jasurroq shaxslarni ko’p uchratamiz .Shuning bilan birga ularni , naqadar kuchli irodaga molik bo’lmasinlar ,yana hissiyotlatga mag’lub ko’ramiz . Masalan : “Mehrobdan chayon “ romanining asosiy qahramonlaridan biri Ra’noning jasorati , xonga qarshi isyoni ,hatto ma’yus qolgan Anvarni yo’lga solishi – o’z zamonasi uchungina emas , bizning hozirgi asrimiz uchun ham loyiqi tahsin va Ra’no yoshlik qizlarimizga ibratdir. Abdulla Qodiriy sho’ro hokimyatining dastladki yillarida jurnalistik ko’plab publitsistik va hajviy asarlar yozdi va o’zbek adabiyotidagi birinchi roman “O’tkan kunlar ” ni yaratdi . U 1917-1918 yillardan boshlab asosiy asari bo’lmish “O’tkan kunlar ” romani uchun material yig’ishga kirishdi .U xalqning hayoti, ahvoli –ruhiyatini , yirik badiiy asarda tasvirlash ruhiyatini yirik badiiy asarda tasvirlash zaruriyatini his etardi. O’zbekning qanday xalq ekanligini ko’rsatib beradigan katta hajmli asarga ulkan ehtiyoj borligini sezardi . “O’tkan kunlar ” romani xalqimizning XIX asr o’rtalaridagi hayotidan hikoya qiladi. U insonparvarlik , adolatparvarlik ,vafodorlik ,qahramonlik zolimlarga va xiyonatchilarga chesiz nafrat ruhi bilan sug’orilgan . Romanda feodal xon va beklar o’rtasidagi o’zaro urushlar qattiq ,qoralanadi . Muallif o’sha zamon kishilari ahvoli –ruhiyati ,orzu –intilishlari ,quvonch va tashvishlarini zo’r mahorat bilan yorqin obrazlar orqali ko’rsatadi . “O’tkan kunlar ” ro’maning ma’no –mundarija doirasi keng .Unda xilma xil ijtimoiy-siyosiy,ma’naviy –axliqiy muamolar qalamga olingan .Biroq ular orasida eng muhimi – yurtning, millatning taqdiri ,mustaqiligi masalasidir .

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə