Matematika fanini o'qitishda interfaol usullardan foydalanish



Yüklə 18,46 Kb.
tarix29.05.2023
ölçüsü18,46 Kb.
#114005
Ernazarova Latofat Axmadjanovna matematika


MATEMATIKA FANINI O'QITISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH.
Ernazarova Latofat Axmadjanovna Toshkent viloyati Angrendagi 11-umumiy o’rta ta’lim maktabining Matematika va informatika fani o'qituvchisi
Annotatsiya. Mаtеmаtikа kursidа bаrchа tushunchа, хоssа, qоnuniyat bir-birigа bоg’liq qilib o’rgаtilаdi. Mаsаlаn: Bаrchа аrifmеtik аmаllаr o’rgаtilishi jаrаyonidа ulаrni хоssаlаri bаrаvаr o’rgаtilаdi. Undаn tаshqаri аmаlning kоnpоnеntlаri bilаn nаtijаsi оrаsidаgi bоg’lаnish hаm dаrhоl o’rgаtilаdi. Bu bilаn birinchidаn аrifmеtik аmаllаr puхtа o’zlаshtirilsа, ikkinchidаn funksiоnаl bоg’lаnish dеgаn tushunchа yaхshi shаkllаnаdi.
Kalit so’zlar. Illyustratsiyalash, tengsizlik, tenglama, geometriya, algebra, natural sonlar, A.N. Kolmogorov, funksiоnаl bоg’lаnish.
Akademik A.N. Kolmogorov V-IX sinflar dasturlari “natural sonlar bilan (aslida har qanday kattalikdagi) to’rt arifmetik amalni bajarishning puxta ko’nikmalari birinchi to’rtta sinfdayoq o’zlashtiriladi, degan faraz kelib chiqadi” deb bejiz aytilgan emas. Ma’lumki o’quv predmeti ilgarigidek “arifmetik” emas, balki “matematika”deb ataladi. Fan nomining bunday o’zgartirilishi bejiz emas: bu o’zgarish o’zida mazkur o’quv predmetining mazmuni va tuzilishini o’zgartirishni aks ettiradi.
Matematika dasturining asosiy o’zagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidan iborat bo’lib, bu o’zak atrofida algebra va geometriya elementlari birlashadi, bu elementlar arifmetik bilimlar tizimiga tarkiban qo’shilib son, arifmetik amallar va matematik amallar hamda matematik munosabatlar haqida tushunchalarning yuqoriroq darajada o’zlashtirishiga imkon beradi.
Shunday qilib boshlang’ich matematika kursi o’z tuzilishi bo’yicha uch fanni o’z ichiga olgan butun kursdir, unda arifmetik, algebraik va geometrik materialdan iborat qismlarni farq qilish kerak. Zaruriy umumlashtirishlarni shakllantirish uchun eng qulay sharoitlar maqsadlari mazmuniga emas, balki o’quv materiallarining joylashish tizimiga ham javob beradi. O’quv materiali dasturda yo chiziqli, yoki kontsenrik joylashishi mumkin. Algebra elementlarini kiritish chuqur tushunilgan va umumlashgan o’zlashtirish maqsadlariga javob beradi: tenglik tengsizlik, tenglama, o’zgaruvchi tushunchalari konkret asosida ochib beriladi.
Geometrik material bolalarni eng sodda geometrik figuralar bilan tanishtirish, ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish, shuningdek arifmetik qonunyatlarni bog’lanishlarini ko’rsatmali konkret illyustratsiyalash maqsadlariga xizmat qiladi (masalan, to’g’ri to’rtburchakning teng kvadratlariga bo’lingan ko’rsatmali obrazidan ko’paytirishning xossasini illyustratsiyalashda foydalaniladi va h.k.).
Boshlang’ich matematika kursining tuzilishi o’ziga xos xususiyatlarga ega.Birinchi xususiyati. Arifmetik material kursining asosiy mazmunini tashkil etadi. Boshlang’ich kursining asosiy o’zagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidan iborat. Bundan tashqari bu kursga geometriya elementlari va boshlang’ich algebra elementlari birlashadi. Ikkinchi xususiyati. Boshlang’ich kurs materiali kontsentrik o’rgatiladi. Dastlab birinchi o’nlik sanoqlarni (ularni o’nli sonlarga ajratib bo’lmaydi) nomerlash o’rganiladi, bu sonlarni bilish uchun raqamlar kiritiladi, qo’shish va ayirish amallari o’rganiladi. So’ngra 100 ichidagi sonlarni nomerlash qaraladi, son tushunchasi, uni xonalarga ajratish mumkin bo’lgan sonlarni yozishning pozitsion prinsipi ochib beriladi, ikki xonali sonlarni qo’shish va ayirish o’rganiladi, ikkita yangi amal ko’paytirish va bo’lish kiritiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

  1. Jumayev M.E. va boshqalar. Matematika o’qitish metodikasi (kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun o’quv qo’llanma) - T.: ”Ilm-Ziyo”, 2003

  2. Jumayev M.E. Bolalarda matematika tushunchalarni shakllantirish nazariyasi.-T.: ”Ilm-Ziyo”, 2005

  3. www.ziyouz.com

Yüklə 18,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə