5-rasm. XCMG firmasida ishlab chiqarilgan bir kovshli ekskavator umumiy koʻrinishi keltirilgan.
6-rasm. XE370C zanjirli ekskavator sxemasi
1 -jadvalda XE335C va XE370C ekskavatorlari texnik xarakteristikalari keltirilgan.
1- jadval.
|
Markasi
|
XE335C
|
XE370C
|
Ish holatini stardart tartibi
|
Strela 6400mm
|
Strela 6400mm
|
Umumiy vazni , kg
|
33800
|
36600
|
Kovsh hajmi , m3
|
1.3
|
1.5
|
Dvigatel
|
Modeli
|
AA-6HK1XQP
|
AA-6HK1XQP
|
Normal quvvati ,kW
|
190.5
|
190.5
|
Normal chastotasi,
r/min
|
2000
|
2000
|
А: umumiy uzunligi , mm
|
11388
|
11386
|
B: umumiy kengligi , mm
|
3190
|
3190
|
C: umumiy balandligi , mm
|
3515
|
3530
|
D: yer sathidan min balandligi , mm
|
495
|
500
|
E: zanjirlar orasidagi masofa , mm
|
2590
|
2590
|
F: mashina tepa qismning yerdan balandligi, mm
|
1170
|
1197
|
G: dvigatel korpusi balandligi , mm
|
2530
|
2559
|
H: oldi va orqa yulduzchalar orasidagi masofa , mm
|
3813
|
4040
|
J: aylanish radiusi (orqa qismidan), mm
|
3570
|
3570
|
K: zanjir lentasi kengligi , mm
|
600
|
600
|
Yerga beradigan bosimi , kPa
|
66
|
66.6
|
Маx aylanish tezligi , r/min
|
9.7
|
9.7
|
Маx. Yurish tezligi (tez/ sekin), km/h
|
5.5/3.3
|
5.4/3.2
|
Balandlikdan o'tish qobiliyati
|
35°
|
35°
|
7-rasm. Ekskavator ish holati chegaralari
2-jadval.
Markasi
Obyekti
|
XE335C
|
XE370C
|
H1: max. qazish radiusi , mm
|
10650
|
10470
|
H2: max. qazish chuqurligi, mm
|
6972
|
6927
|
H3: max. ko'tarilish balandligi, mm
|
10074
|
10123
|
H4: max. ko'tarish balandligi , mm
|
6898
|
6947
|
H5: transport balandligi, mm
|
3515
|
3515
|
H6: umumiy uzunligi , mm
|
11388
|
11386
|
H7: min. aylanish radiusi , mm
|
4424
|
4424
|
Asosiy afzalliklari:
Nisbatan kichik hajmli yuqori samarali import qilingan kuchli ISUZU dvigateli Evro 2 standartiga mos keladi.
Avtomatik isitish tizimi past haroratlarda dvigatelning ishlashini taʼminlaydi
Ratsional quvvat taqsimoti bilan birgalikda muvozanatli dizayn kam yonilgʻi sarfini va past shovqinni taʼminlaydi
Yaponiyaning mashhur KPM (Kawasaki Precision Machinery) va Kayaba brendlaridan gidravlik nasoslar, boshqaruv valfi, aylanma dvigatel, sayohat motorlari, gidravlik tsilindrlar, boshqaruv tizimining servo klapanlari.
Boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunga oʻxshash ekskavatorlariga qaraganda kuchliroq aylantiruvchi qurilma tezroq va samaraliroq ishlashni taʼminlaydi
Shlangi tizimdagi ikki nasosli texnologiya koʻp yoʻnalishli boshqaruv klapanining barqarorligini va yuqori oqim tezligini taʼminlaydi, bu bom va chelakning samaradorligiga ijobiy taʼsir qiladi.
Tarqatish klapanining avtomatik blokirovkasi xavfli vaziyatlarning oldini oladi va mashinaning xavfsizligini taʼminlaydi
Jahon brendlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ESS mikrokompyuter quvvatini boshqarish tizimi (dvigatel tezligi boʻyicha gidravlik nasos quvvatini boshqarish) turli sharoitlarda mashinaning barqaror tejamkor ishlashini taʼminlaydi.
Siz uchta rejimdan birini tanlashingiz mumkin - ogʻir ish, standart va yengil rejim
Katta ekranli koʻp funksiyali LCD monitor sizga dvigatelning ishlashini kuzatish imkonini beradi - (tezlik, sovutish suvi harorati, yog ʼbosimi va boshqalar).
Boshqarish paneli oson ishlash uchun sensorli tugmalar bilan jihozlangan
Oʻrnatilgan GPS tizimi texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash, favqulodda vaziyatlar va hokazolar uchun mashinaning joylashishini kuzatish imkonini beradi.
Kabina keng koʻrinishni taʼminlaydi, oltita moy amortizatoriga oʻrnatilgan boʻlib, bu operator uchun qulay ishlashni taʼminlaydi.
Operator oʻrindigʻi koʻp yoʻnalishlarda sozlanishi va agar kerak boʻlsa, uzunlamasına harakatlanishi mumkin.
Kabina ish vaqtida optimal ish iqlimini saqlaydigan kuchli import qilingan konditsioner bilan jihozlangan.
Aylanadigan stolning mustahkamlangan ramkasi
Ramka tipidagi ekskavatorning kattalashtirilgan X shaklidagi ramkasi yuqori yuklarga bardosh bera oladi.
Shunga oʻxshash mashinalar bilan taqqoslaganda, barqaror ishlashni taʼminlash uchun qarshi ogʻirlik oshiriladi.
Yog ʼ-suv ajratgich va filtrlarga oson texnik xizmat koʻrsatish uchun osongina kirish mumkin
Radiator himoyasi tozalash uchun osongina olib tashlanishi mumkin
Uzoqroq ishlash uchun katta yonilgʻi baki
Keng asboblar qutisi
Yer qazish mashinalarida ishlash va ularni texnikaviy qarovdan oʻtkazish vadtidagi xavfsizlik texnikasi
Yer qazish mashinalarida ishlash va ularni texnikaviy qarovdan o'tkazish vaqtida ro'y beradigan baxtsiz xodisalar texnik hamda tashkiliy sabablarga ko'ra yuz berishi mumkin.
Texnik sabablarga kura yuz beradigan baxtsiz hodisalarga buzuq mashinani ishlatish, texnikaviy qarov qoidalariga rioya qilmaslik, aylanuvchi qismlarning muhofaza qurilmasi yoʻqligi yoki buzilganligi, signalizatsiya
vositalarining yoʻqligi yoki unga rioya qilmaslik oqibatida kelib chiqadigan hodisalar kiradi.
Tashkiliy sabablarga koʻra yuz beradigan baxtsiz hodisalarga: mashinistlar malakasining pastligi; texnik nazorat yoʻqligi va xavfsizlik texnikasidan qonaqarli instruktaj oʻtkazilmaganligi, ishchilarga muhofaza moslamalari va maxsus kiyimlar oʻz vaqtida berilmaganligi va ulardan ishchilarning haqiqatda foydalanilayotganligi nazorat qilinmasligi hamda yetarlicha tayyorgarlik ishlarini ko'rmasdan ishchilarni ishdan tashqari vaqtda ham ishlatish oqibatida kelib chiqadigan baxtsiz hodisalar kiradi.
Mashinaning bekamikoʻstligi va mashinist malakasining yuqori boʻlishi mashinada xavfsiz ishlashning asosiy shartlaridan biridir . Shuning uchun ham buzuq mashinada ishlash man etiladi. Mashinani boshqarish va texnikaviy qarov o'tkazish ishlari esa shu tipdagi mashinani boshqarishga huquqi bor shaxslargagina topshirilishi mumkin.
Mashinist mashinani yaxshi bilishi, uni yaxshi boshqarishi, buzilish sabablarini aniqlay bilishi va ularni tuzata olishi kerak (agar bu nuqson mashinani remont qilishni talab qilmasa). Berilgan mashinada ishlash va uni texnikaviy qarovdan utkazishdagi xavfsizlik texnikasi qoidalarini bilishi shart.
Mashinani boshqarishga ruxsat berilgan har bir ishchi, bilimi va mashinani boshqarish uchun hujjati borligidan qatʼi nazar, ish sharoitlari va ishlash joyining xususiyatlariga koʻra mashinani ishlatish va texnikaviy qarovni toʻgʻri utkazish buyicha instruktaj olishi shart. Shu vaqtda unga signalizatsiyaga doir maʼlumotlar ham beriladi.
Bir necha kishi ishlaydigan mashinalarda mashinist bilan ishchilarning xatti-harakatining kelishmasligi natijasida xavf-xatar yanada ortadi. Shunga koʻra, bunday hollarda mashinani yurgizish, tuxtatish, uni rostlash va to'gʻirlash ishlari faqat mashinist signali bo'yicha bajarilishi kerak.
Ish rejimini, yurish tezligini va yunalishini uzgartirishdan oldin mashinist
barcha ishchilarni bu tugʻrida signal berib ogohlantirishi shart. Mashinani boshqarish vaqtida unga aloqasi boʻlmagan kishilarning boshqarish pulti oldida turishi va ishlayotganda mashinaning ayrim qismlarida oʻtirishi (yoki turishi) man etiladi.
Tirkama mashinalarni ishlatish vaqtida ikkita mashina (tyagach va tirkalgan mashina) o'rtasida hech kim turmasligi kerak, tirkov uskunasining ostidan yoki ustidan òtish mumkin emas. Muntazam boshqarishni talab qiladigan mexanizm shturvali yoki richaglaridan mashinist qo'lini olmasligi kerak.
Pnevmatik qo'sh gildirakli mashinalar ishlayotganida uni orqasida turish mumkin emas, chunki qoʻshaloq gildiraklar aylanganida, ular orasiga kirib qolgan grunt va toshlar otilishi mumkin.
Mashinist vaqtincha biror joyga ketsa, dvigatelni to'xtatib ketishi kerak. Dvigatel bilan transmissiya orasidagi uzatmani uzmasdan turib, mashinadan tushish mumkin emas. Radiatordagi suv kamayib qolgan bulsa, uni tuldirish uchun qopqogʻini (dvigatel qizib turganida) qoʻlqopsiz ochish mumkin emas. Shuni esda tutish kerakki, issiq suv baʼzan radiatordan otilib chiqib (suv bug'lari bosimi ostida), qoʻl -yuzni kuydirishi mumkin.
Mashinani yurgizishdan oldin uning tagida va oldida odam yoki yoʻlni to'sadigan darajada begona buyumlar yoʻqligiga ishonch xosil qilish kerak. Harakat vaqtida va mashina toʻxtab turganida ish organlari uzatmasini uzmasdan turib tozalash, moylash va rostlash mumkin emas. Kechasi ishlaydigan mashinalar kerakli yoritish uskunalari bilan jihozlangan bo'lishi kerak.
Oʻrta va yirik mashinalarda oʻt oʻchirgichlar bulishi lozim. Mashinalarning texnikaviy qarovi maxsus tanlangan qulay joylarda oʻtkaziladi, yirik mashinalarni texnikaviy qarovdan oʻtkazish uchun ularni zaboyga xavfsiz va qulay qilib oʻrnatish kerak.
Texnikaviy qarovdan oʻtkaziladigan mashinaning dvigateli oʻchirib qoʻyiladi. Dvigatel va mexanizmlarning qanchalik rostlanganligini va salt ishlashini tekshirish kerak boʻlgan hollardagina dvigatelni ishlatish mumkin.
Mashina mexanizmlarini tekshirishda tur bilan muhofaza qilingan elektr lampasidan (12 volt kuchlanishgacha) foydalanish tavsiya etiladi. Konstruksiyasi murakkab mashinalar komplektida shunday lampochka buladi.
Mashinaning ayrim qismlari va detallarini koʻtarish uchun domkrat yoki taldan foydalaniladn. Lekin bunda kutarilgan uzel ostiga chorpoya yoki maxsus tagliklar (puxta tayanch vazifasini bajara oladigan) qo'yiladi. Koʻtarilgan uzel tagiga chorpoya yoki tagliklar quymasdan texnikaviy qarov oʻtkazish man etiladi.
Texnikaviy qarovni faqat yaxshi ishlaydigan asbob bilan oʻtkazish kerak. Oʻz uoʻchamlariga toʻgʻri kelmaydigan, yeyilib ketgan klyuchdan foydalanish (orasiga qistirma quyib) mumkin emas. Gaykalarni burashda zubilo, bolta va uzaytirilgan richaglardan foydalanish yaramaydi. Yulduzcha va shkivlar aylanib turganida zanjir va tasmalarni qoʻyish man etiladi.
Mashina mexanizmlarni rostlash vaqtida teshiklarni, detallar orasidagi zazorni barmoq tiqib tekshirish mumkin emas.
Neft mahsulotlarini ehtiyot qilmaslik va nooʻrin ishlatish baxtsiz hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin. Neft mahsulotlaridan ajralib chiqayotgan bugʻ kishini zaxarlaydi va yongʻin jihatidan xavfli hisoblanadi.
Etillangan benzin bugʻlari ayniqsa xavflidir. Traktorlarni oʻrganishda bunday benzinni ishlatish qoidalari batafsil koʻrib chiqiladi.
Neft mahsulotlari bilan ishlaganda terini shikastlantirmaslik uchun toza maxsus kiyim kiyib olish kerak. Kishi badaniga bexosdan neft madsuloti tukilib ketsa, shu joyni issiq suv bilan sovunlab yuvib tashlash zarur. Ishni tamom qilgandan keyin ham issiq suv bilan sovunlab yuvinish kerak.
Yongʻin chiqish xavfining oldini olish maqsadida neft mahsulotlari tekkan kiyimda olov yaqiniga kelish, gugurt yoqish yoki chekish; neft mahsulotlari saqlanadigan joyda ochiq olovdan foydalanish yoki chekish; neft mahsulotidan bo'shagan idishni urish; uning ichini gugurt yoqib ko'rish hamda momaqaldiroq vaqtida mashinaga yonilgʻi quyish mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: |