Mashgʻulot turi: ma’ruza 2-mavzu. Tenglama tuzib yechiladigan masalalar


Quyidagi masalalarni metodikasi bilan bajaring



Yüklə 317,63 Kb.
səhifə5/6
tarix11.12.2023
ölçüsü317,63 Kb.
#143740
1   2   3   4   5   6
HARAKATGA DOIR MASALALARNING TURLARI

Quyidagi masalalarni metodikasi bilan bajaring.

Masalaga qisqa shart, ishlanish yo`llari va javob ko`rsatmasi mavjud bo`lsin.

4-sinf darslikdan.
1. Agar mototsikl haydovchisi 76 km/soat tezlik bilan yursa, oralaridagi masofa 230 km bo‘lgan ikki shahar orasini 3 soatda o‘ta oladimi?
Qisqa shart:
Masofa – 230 km
Vaqt – 3 soat
Tezlik - 76 km/soat
Yechish: 1-soatda 76 km/soat yuradi
76*3=228 km 3-soatda
230-228=2 km
Javob : 3 –soatda 228 km yo’l yuradi . 3-soatda bosib o’ta olmaydi
2. Shaharlar orasidagi masofa 390 km. Poyezd bir shahardan ikkinchisiga qarab yo‘lga chiqdi. Soatiga 65 km tezlik bilan 4 soat yurganidan keyin poyezd yana qancha yo‘l yurishi kerak bo‘ladi?
Qisqa shart:
Masofa – 390 km
65 km tezlik bilan 4 soat yurdi
Yana qancha km yurishi kerak?
Yechish:
65*4=260 km yurdi
390-260=130 km yurishi kerak
Javob : 130 km yurishi kerak
3. Bir velosipedchi soatiga 12 km tezlik bilan 48km yo‘l yurdi. Ikkinchisi esa shu masofani soatiga 16 km tezlik bilan bosib o‘tdi. Birinchi velosipedchi ikkinchi velosipedchiga nisbatan necha soat ortiq yo‘l yurgan?
Qisqa shart:
1-velosipedchi soatiga 12 km tezlik 48 km yurdi
2-velosipedchi shu masofani 16 km tezlikda yurdi
1-velosipedchi 2-velosipedchiga nisbatan - ? soat ortiq yurdi
Yechish : 48:12=4 soat 1-velosipedchi
48:16=3 soat 2-velosipedchi 4-3=1 soat
Javob: 1-velosipedchi 2-velosipedchiga nisbatan - 1 soat ortiq yurdi.


Murakkab masalalar bajarish.
1. Namangandan ikkita mashina bir vaqtda qarama-qarshi yo'­nalishda yo'lga chiqdi. Birinchi mashinaning tezligi 56 km/soat, ikkinchisiniki esa 64 km/soat. 4 soatdan so'ng ular orasidagi ma­sofa necha kilometr bo'ladi?

Qisqa shart:

Birinchi mashina – 56 km/soat

Ikkinchi mashina – 64 km/soat

4 soatdan so’ng ular orasidagi masofa - ? km

Yechish: 56*4=224 km 1-mashina

64*4=256 km 2-mashina

224+256=480 km

Javob : 480 km masofa

2. Shahrisabzdan ikkita avtomobil bir vaqtda qarama-qarshi yo'nalishda yo'lga chiqdi. Birinchi avtomobilning tezligi 65 km/soat. 3 soatdan so'ng ular orasidagi masofa 405 km bo'ldi. Ikkinchi avtomobilning tezligini toping.

Qisqa shart:

1 – avtomabil – 65 km/soat

3 soatdan so’ng – 405 km bo’ldi

2-avtomabil tezligi - ? km/soat

Yechish :

405:3=135 km/soat jami tezlik

135-65=70 km/soat

Javob : 2- avtomabil 70 km/soat tezlik bilan yurgan.
3. A shahardan poyezd 60 km/soat tezlik bilan yo'lga chiqdi. Oradan 1 soat o'tgach, qarama-qarshi yo'nalishda 80 km/soat tezlik bilan avtomashina yo'lga chiqdi. Avtomashina yo'lga chiqqanidan necha soatdan so'ng poyezd va avtomashina A shahardan baravar uzoqlikda bo'ladi?

Qisqa shart:

A – shahardan poezd - 60 km/soat tezlik

Avtomashina 1 –soatdan so’ng qarama –qarshi yo’nalishda 80 km/soat tezlik

Avtomashina yo'lga chiqqanidan necha soatdan so'ng poyezd va avtomashina A shahardan baravar uzoqlikda bo'ladi?

Yechish:

S1=S2=S

t1=t t2=t+1

v1=80 km/soat v2=60 km/soat

t1 = ?

S1=t1*v

S2=v2*t2 t1*v1=v2*t2

t*80=(t+1)*60

80t=60t + 60

20t=60

t=60/20=3 soat

javob :3 soatdan so’ng

4. Oralari 100 km bo'lgan Guliston va Jizzax shaharlaridan ikki velosipedchi bir-birlariga qarab bir vaqtda yo'lga chiqdi. Birin­chi velosipedchining tezligi 12 km/soat, ikkinchisiniki 13 km/soat.


Yüklə 317,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə