Ma’ruza№1 mavzu: kasbiy psixologiya faniga kirish. Fanning pr


GLOSSARIY: Amaliy faoliyat



Yüklə 121 Kb.
səhifə25/27
tarix26.05.2022
ölçüsü121 Kb.
#88109
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Mavlonova

GLOSSARIY:

  1. Amaliy faoliyat – insoniyatning ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida tabiatni va ijtimoiy munosabatlarni o‘zgartirishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyati.

  2. Industrial psixologiyasi – mehnat psixologiyasining psixologik omillarining sanoatdagi rolini o‘rganuvchi, psixologiyaning qonuniyatlariga asoslanib, mehnat unumdorligini oshirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi.

  3. Kasb – shaxsning jamiyat a’zosi sifatida yashash manbai bo‘lib xizmat qiladigan doimiy mashg‘ulot yoki faoliyat turi.

  4. Kasb tanlashga yo‘llash – pedagoglar, psixologlar, vrachlar va boshqa mutaxassislarning yoshlarni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashdagi maslahati, tushuntirishlari kabi tadbirlar tizimi.

  5. Kasbga tayyorgarlik – muayyan kasb bo‘yicha muvaffaqiyatli ishlash imkoniyatini ta’minlovchi maxsus bilim, ko‘nikma, malaka, odat, sifat, xususiyatlar, mehnat tajribasi va xulq normalariga ega bo‘lishlik.

  6. Kasbiy psixologiya – mehnat psixologiyasining kasblarning psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi bilim sohasi.

  7. Mehnat psixologiyasi – psixologiyaning mehnat faoliyatini psixologik muammolarini o‘rganuvchi sohasi.

  8. Muhandislik psixologiyasi – psixologiyaning texnika moslamalari bilan uni boshqaruvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish hamda o‘zaro ta’sirini tekshirish bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi.



Asosiy adabiyotlar:

  1. Умаров Б.М., Шойимова Ш.С. Касбий психология. Дарслик. Тошкент., 2018 й.

  2. Зеер Э.Ф. – Психология профессий: Учебное пособие для студентов вузов. – Москва: Академический проект; Фонд «Мир», 2005 г.

  3. Климов Е.А. Психология профессионального самоопределения. Учебное пособие для студ.высщ.пед.учеб. заведений. – Москва: «Академия» 2004 г


  4. Yüklə 121 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə