7-ma’ruza: didaktika ta’lim nazariyasi. Pedagogik jarayon. Ta’lim tamoyillari va qoidalari. (2 Soat)



Yüklə 81,45 Kb.
səhifə1/29
tarix28.07.2023
ölçüsü81,45 Kb.
#120055
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
7-ma\'ruza


7-MA’RUZA:
DIDAKTIKA TA’LIM NAZARIYASI. PEDAGOGIK JARAYON. TA’LIM TAMOYILLARI VA QOIDALARI.
(2 SOAT)
1. Didaktikaning predmeti va vazifalari.
2. Sharq va G‘arb mutafakkirlarining didaktik g‘oyalari.
3. Didaktikaning asosiy kategoriyalari.
4. Ta'lim paradigmalari, prinsiplari, pedagog olimlarni bilishning asosiy qonuniyatlariga doir fikrlari, o‘qitishning etakchi qoidalari.
5. Ilmiylik, tizimlilik va izchillik prinsiplari, ta'limning amaliyot bilan bog‘liqligi prinsipi, ta'limda onglilik va faollik prinsipi, ko‘rsatmalilik prinsipi, tushunarlilik prinsipi, mustahkamlilik prinsipi, o‘qitishda individual yondashish prinsipi.
6. Pedagogik jarayon mohiyati.
Tayanch so’zlar: Didaktika, ta’lim nazariyasi, o’qish, o’qitish, tizim, dars, bilim, malaka, ko’nikma, ta'lim, metod, jarayon, qonuniyat, tamoyil, tizim, tuzulma, didaktik, genisologik.
1. Didaktikaning predmeti va vazifalari.
Insonning faoliyatida o'qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Ta'lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega bo’lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan iborat bo'lganda ham shunday bo'lgan; keyinchalik ham, ta'lim maqsadga muvofiq muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo'lganida ham shunday bo'lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta'limni nazariy tahlil qilish va o'rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o'z nazariyasiga ega bo'lmadi. Faqatgina XVII asr bu sohada muhim o'zgarishlar olib keldi: aynan o'sha paytda ta'lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi.
Didaktika (ta'lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» «o'rgatuvchi», «didasko» esa - «o'rganuvchi» ma'nosini bildiradi) ta'limning nazariy jihatlari (ta'lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o'qituvchi va o'quvchi faoliyati mazmuni, ta'lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo'llari va hokazo muammolar)ni o'rganuvchi fan.
IV-V-asrlarda Yunoniston maktablarida «didaskal» deb atalgan o’qituvchilar mashg’ulot olib borar edilar (men o’qitaman degan ma’nodagi «didasko» so’zidan, keyinroq «didaktika» ta’lim nazariyasi kelib chiqqan).
Bu tushunchani buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592— 1670-yillar) «Buyuk didaktika» (1657-yil) nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy «didaktika bu faqat ta'limgina emas, balki tarbiyalash ham», deb ta'kidlaydi. Mazkur asarda olim ta'lim nazariyasining muhim masalalari: ta'lim mazmuni, ta'limning ko'rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so'z yuritadi.
Didaktika pedagogika nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo’lib, unda o’qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so’zma-so’z tarjimasi «ta’lim nazariyasi» ma’nosini anglatadi. Didaktika «yunoncha» so’zdan olingan bo’lib, «didacticos» – o’rgatish, o’qitish ma’nosini bildiradi.

Didaktika – ta’lim jarayoni, mazmuni, qonuniyat va tamoyillari, shakl, metod va vositalarini ilmiy asoslab beruvchi ta’lim nazariyasi, pedagogikaning alohida sohasi.

Bu atamani nemis pedagogi V.Ratke (1571-1635) fanga kiritgan, deb hisoblanadi. Didaktika nomi ostida fanni nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. 1657-yilda u chex tilida «Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy «hammani hamma narsaga o’rgatish san’ati» deb tushuntirdi.



«Didaktika» atamasi ilk bor nemis pedagogi Volfgang Ratkening «Didaktika yoki ta’lim san’ati» (1613-yil) deb nomlangan ma’ruzasida qo’llanilgan.




Yüklə 81,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə