Ma’ruza №10 Cho‘ktirish mashinalarida boyitish Reja: Foydali qazilmalarni «cho‘ktirish»



Yüklə 348,01 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü348,01 Kb.
#138019
1   2   3
10-mavzu

V=qoS, l/s (54)
ifoda bilan aniqlanadi.
Bu erda q – koeffitsiyent (0,180,25);
o – eng katta zarrachani erkin tushish tezligi, mm/s;
S – panjara yuzasi, m2.
Jarayonni unumdorligini hisoblash uchun quyidagi tenglamadan foydalaniladi:
t/soat (55)
Bu erda: ur – zarrachalarni o‘rtacha zichligi, t/m3 ;
S – cho‘ktirish yuzasi, m2;
N – taglik balandligi;
K – taglikni qatlamlanish tezligi, 1/s
 - koffitsiyent.


ajralish mezoni.
Bu erda: - boyitmadagi yod fraksiyalar yinigdisi, dastlabki material hisobiga nisbatan, %.
=5,29,6 tasniflangan materiallar uchun.
=12,7-32,7 tasniflanmaganlari uchun.
Dastgoh unumdorligi qancha katta bo‘lsa ning qiymati shuncha yuqori bo‘ladi.
 ning qiymati 1,6 dan 2,9 gacha.
K ning qiymati 0,01 dan 0, 5 1/s gacha bo‘ladi.
Agar =6,18 bo‘lsa


bo‘ladi.


Cho‘ktirish mashinalarining asosiy parametrlari va ishlash tartibi
Cho‘ktirish samaradorligi konstruksion hususiyatlari va bir qator texnologik va gidrodinamik parametrlarga bog‘liq.
Cho‘ktirish mashinalarining asosiy parametrlari: solishtirma ishlab chiqarish quvvati; diafragmaning tebranish chastotasi yoki yurishi; taglik turi, panjara osti sarfi.
Cho‘ktirish mashinalarining solishtirma ishlab chiqarish turli turdagi foydali qazilmani boyitishda keng chegarada o‘zgarib turadi. Masalan: ko‘mirni boyitish 5 dan 30 t/m2soat gacha bo‘lsa (zarra o‘lchamiga qarab), temirli va marganetsli rudalarni boyitish 5dan 15 t/m2soat gacha, oltin va volframli rudalarni boyitish Z dan 20 t/m3soat ni tashkil qiladi. Mahsulotning yirikligidan tashqari cho‘ktirish mashinasining meyoriy solishtirma ishlab chiqarish quvvatini tanlashga boyitilayotgan mahsulotning zichligi va fraksiya tarkibi, cho‘ktirish mashinasining konstruksion hususiyati va shuningdek cho‘ktirish mahsulotlari sifatiga qo‘yiladigan talablar ta’sir qiladi.
Solishtirma quvvati meyordan chiqib ketsa, cho‘ktirish samaradorligi pasayadi. Solishtirma ishlab chiqarish quvvati juda katta bo‘lsa, boyitilayotgan mahsulotning mashinada bo‘lish vaqti kamayib, mahsulot etarli darajada qavatlanishga ulgurmaydi va uning sifati yomonlashadi.
Huddi shuningdek, solishtirma ishlab chiqarish quvvati kamayib ketsa, qavatlangan mahsulot aralashib ketadi va bunda ham mahsulotning sifati yomonlashadi.
Chuktirish mashinalarining quvvati panjaraning 1m kengligi yoki 1m2 yuzasiga to‘gri keladigan solishtirma ishlab chiqarish normasiga asosan aniqlanadi.
Cho‘ktirish mashinalarining unumdorligini quyidagi formula bo‘yicha hisoblash mumkin:
Q=5,6HB t/soat.
bu erda: N-mashina kamerasidagi mahsulot qatlamining balandligi, m.
V-cho‘ktirish kamerasining kengligi, m.
 -mahsulotni kamerada o‘rtacha bo‘ylama harakatlanish tezligi, m/sek.
-mahsulotning zichligi, kg/m.
-mahsulotning g‘ovaklanish darajasi, =0,5.
Cho‘ktirish vaqtida suv oqimining tebranishlari amplitudasi va chastotasi mahsulotnn zichligiga qarab qavatlanishi uchun g‘ovaklanishi va muallaq, holga o‘tishini muvaffaqiyatli ta’minlay olishi kerak.
Diafragma yoki porshenning yurishi (ruda zarrachalari tebrana boshlashi uchun) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
60/(2n)=h/cn
h = 30 ct/n
bu erda: n - diafragma yoki porshenning tebranishlar chastotasi; min -1
st - zarrachaning siqilib tushish oxirgi tezligi, m/s.
Cho‘ktirish uchun yaxshi shart-sharoit suv oqimining uncha katta bo‘lmagan chastotasi va kattaroq, amplitudasida yaratiladi, chunki bu holda mahsulot muallaq holda uzoqroq turadi va uning tezroq, qavatlanishi sodir bo‘ladi.
Tebranishlar chastotasi kamayib ketsa cho‘ktirish beqaror bo‘lib qoladi va uning borishini yaxshilab kuzatish kerak bo‘ladi.
Minimal tebranishlar chastotasi quyidagi tenglamadan topiladi;
n > 27,3 st /h
Amalda rudani zarrachalarini cho‘ktirish usulida boyitishda tebranishlar chastotasi zarracha yirikligiga qarab 50 dan 300 min-1 gacha bo‘ladi.
Cho‘ktirish mashinasidagi panjara taglikning turi ham cho‘ktirish jarayoniga ta’sir qiluvchi muhim omil hisoblanadi. Agar taglikning balandligi yetarli bo‘lmasa, bu uning ba’zi joylarida yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimining uzilib, qavatlashgan mahsulotning aralashib ketishiga olib keladi va aksincha, taglik juda qalin bo‘lsa mahsulot yetarli darajada g‘ovaklanmaydi va cho‘ktirish buziladi.
Mayda mahsulotni boyitishda sun’iy taglik ishlatiladi. Sun’iy taglik zarrachalarining o‘lchami panjara teshiklari o‘lchamidan 3-4 marta katta bo‘lishi kerak.
Magnetit, ferrosilitsiy, sulfidlar va po‘lat, cho‘yan zoldirlar klassifikatsiyalanmagan yoki mayda rudani cho‘ktirishda ishlatiladi. Chunki mayda teshikli to‘rlar tez ishdan chiqadi va teshiklari yopilib qoladi. Sun’iy taglik yirik teshikli tur ishlatishga imkon beradi.
Yirik mahsulotni cho‘ktirishda tabiiy taglik balandligi
h=(5-10)d max
teglama bilan aniqlanadi
d max - cho‘ktirishga tushayotgan mahsulot tarkibidagi eng katta bo‘lakning o‘lchami.
Sun’iy tagliklarning qalinligi esa panjara osti mahsulotining chiqishiga qarab qabul qilinadi. Sun’iy taglikning balandligi qancha katta bo‘lsa, uning o‘tkazish qobiliyati shuncha kam bo‘ladi va buning aksicha, qancha kam bo‘lsa, shuncha ko‘p mahsulot o‘tkazadi. Shuning uchun boy rudalarni cho‘ktirishda sun’iy taglik qalinligi kambag‘al rudalarni cho‘ktirishdagidan kam bo‘lishi kerak. Sun’iy taglik ustidagi mahsulotning ba­landligi boyitilayotgan ruda tarkibidagi eng katta zarra o‘lchamidan 20 marta ortiq, bo‘lishi kerak.
Cho‘ktirish jarayonida suv sarfiga alohida ahamiyat berish kerak. Suv cho‘ktirish mashinasiga ruda bilan va qo‘shimcha tarzda panjara ostiga beriladi. Panjara osti suvi cho‘ktirish mashinasini boshqarishda muhim omil hisoblanadi. Panjara ostiga suv yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimi tezligini oshirish va pastga harakatlanadigan suv oqimi tezligini pasaytirish uchun beriladi. Bu bilan yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimi yordamida taglikni optimal g‘ovaklantirishga va pastga harakatlantiruvchi suv oqimi yordamida uni samarali qavatlanishiga sharoit yaratib beriladi. Pastga harakatlanuvchi suv oqimi tezligining kamayishi yengil zarrachalarning taglik yuqori qavatidan pastga surilishini xam kamaytiradi.
Panjara osti suvining sarfi dastlabki mahsulotning hossasiga bog‘liq bo‘lib, o‘rtacha har tonna ruda uchun 2,5 m3 ni tashkil etadi.
Cho‘ktirish mashinasining meyorda ishlashini ta’minlovchi muhim shartlardan yana biri boyitilayotgan mahsulotni mashinaga sekin va bir tekis berish hisoblanadi.

Yüklə 348,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə