Ma’ruza №10 Cho‘ktirish mashinalarida boyitish Reja: Foydali qazilmalarni «cho‘ktirish»



Yüklə 348,01 Kb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü348,01 Kb.
#138019
1   2   3
10-mavzu

Cho‘ktirish sikli
Cho‘ktirish sikli deb, bir tebranishlar davrida taglikdagi muhit xarakatining qonuniyat bilan o‘zgarishiga aytiladi.
Cho‘ktirish siklini muhit va zarrachalar xarakati tezliklarini vaqtga bog‘liqligini grafik usulda tasvirlash qabul qilingan.
Oqimning yuqoriga va pastga qarab xarakatlanishi davrida har qanday siklda muhitda «ko‘tarilish» (pod’yom) «sokinlik» (pauza) va «tushish» (opuskanie) jarayoni yuz beradi. Sikllar bir-biridan ko‘tarilish, sokinlik, tushish jarayonlarining davomiyligi bilan farqlanadilar.
Simmetrik va asimetrik cho‘ktirish sikllari mavjud.
Vaqt ichida muhit tezligini sinusoidali ko‘rinishda o‘zgaruvchi garmonik sikl – simmetrik siklga kiradi (1.12a - rasm), boshqalari esa assimetrik sikl guruhi hisoblanadilar (12b, v, g - rasmlar).
Garmonik siklda muhitning ko‘chish masofasi harakat tezligini o‘zgarishi
(45)


(46)
ifodalar bilan aniqlanadi.
Bu erda: S – muhitni ko‘chish masofasi, mm;
L – tebranishlar amplitudasi:
n – bir minutdagi muhitning tebranishlar soni;
t – vaqt, sikl boshlanishidan hisoblanadi;
U – muhit oqimining tezligi.
Agar, panjara ostidan bir xil tezlik bilan qo‘shimcha suv berilsa Un muhit oqimining tezligi



ifoda bilan aniqlanadi.
Garmonik sikldan tashqari olimlar tomonidan juda ko‘p har xil sikllar taklif qilingan. Eng ko‘p tarqalganlari Mayer, Berda va Tomos sikllaridir.
Mayer siklida (12, b-rasm) oqimning yuqoriga va pastga qarab harakatlanish davrlari qisqa, sokinlik davri esa uzoq davom etadi.
Berda siklida (12, v -rasm) oqimning yuqoriga harakatlanish tezligi katta, davri qisqa, pastga qarab harakatlanish tezligi kichik, davri ko‘proq «sokinlik» yo‘q.
Tomas (12, g-rasm) oqimni pastga qarab harakatlanishiga nisbatan yuqoriga qarab harakatlanish tezligi kichik, davri uzoq. Oqim yuqoriga qarab ancha vaqt bir xil tezlik bilan harakat qiladi.



12- rasm. Cho‘ktirish sikllari sxemasi
a)- garmonik; b)- sikl Meyera; v) – sikl Berda; g – sikl Tomasa; 1 – muhitni bosib o‘tgan yo‘li (s); 2- tezligi (u) tb- ko‘tarilish; tn-pauza; tn- tushishi uchun ketgan vaqt

Porshensiz cho‘ktirish mashinalarini sikli «havo berish», «sokinlik» va «havoni chiqarish» davrlari nisbatlari bilan tavsiflanadi. Masalan: 30-10-60 bo‘lsa bir siklning umumiy vaqtdan 30% kameraga havo berish, 10% «sokinlik», 60% vaqt havo chiqarish uchun sarflanadi. Zarrachalarni saralanishiga sikl katta ta’sir qiladi. Boyitilayotgan rudaning fizik va mexaniq hossalariga qarab sikl tanlanadi.


Kvars – oltin. Ajratilayotgan zarrachalarning zichliklari farqi katta. Sikl-oqimni yuqoriga qarab harakatlanishi va qisqa muddatli «sokinlik»
Kvars-pirolyuzit. Zichliklar farqi kichik, sikl-oqimni pastga qarab harakatlanishi, qisqa muddatli «sokinlik».
Ko‘mirni boytish amaliyotida 40-60 va 40-10-50 sikli keng tarqalgan.
Panjara ostidan suv berish ma’lum ahamiyatga ega. Konsentrat tozaroq olinadi. Siklda oqimni pastga qarab harakatlanish tezligi sekinlashadi.
Shuni aytish kerakki, mexanik usul bilan ishlaydigan (porshenli, diafragmali) cho‘ktirish mashinalarida sikl aniq o‘tkaziladi. Moslash oson. Havo yordamida pulsatsiyalanadigan mashinalarida siklni moslash qiyinroq chunki havoda siqiluvchanlik hossasi bor.
Porshenli cho‘ktirish mashinalarida suvning harakat tezligi porshen harakat tezligidan farq qiladi. Sababi, porshen bilan devor orasidagi (zazor) oraliq orqali bir qism suv tashqariga chiqib turadi. Bu farq koeffitsiyenti  orqali hisobga olinadi.  ni qiymati 7 – jadvalda keltirilgan. Bundan tashqari, porshen yuzasi bilan panjara yuzalarini nisbatlari koeffitsiyent K orqali hisobga olinadi. U holda, muhit chastotasining tezligi

7- jadval


 ni qiymatini porshen harakat amplitudasi va panjara teshiklari o‘lchamiga bog‘liqligi

Porshen
harakati amlitudasi,
mm

Panjara teshiklari o‘lchami, mm

1

2

3

4

10

16

5

0,50

0,56

0,60

0,75

0,84

0,94

10

0,52

0,57

0,66

0,78

0,89

0,95

15

0,55

0,59

0,68

0,80

0,94

0,96

20

0,60

0,65

0,70

0,85

0,97

0,98

30

0,73

0,79

0,84

0,89

0,98

0,99

50

0,88

0,92

0,95

0,97

0,99

0,99

100

0,90

0,93

0,96

0,97

0,99

0,99



yoki (52)


; (53)

ifodalar bilan hisoblanadi.


Texnologiyani parametrlari


Cho‘ktirish jarayoniga quyidagi omillar ta’sir qiladi:

  1. Boyitilayotgan ruda hossasi (yirikligi, granulometrik, fraksion tarkibi, shakli, qattiqliligi) unumdorligi.

  2. Gidrodinamik (suvning sarfi, t:j; suv bosimi, zichligi, qovushqoqligi va boshqalar)

  3. Aerogidrodinamik (cho‘ktirish sikli, chastota, amplituda)

  4. Konstruktiv – panjara yuzasi, pulsatsiya hosil qilishi usuli, qattiq moddalarni mashinadan chiqarish usuli.

8-jadval
Cho‘ktirish mashinalari amplitudasi va chastotasi



Foydali qazilmaning
Turi

d, mm

L

1 daqiqadagi tebranishlar soni

Mashina turi

Temir rudasi

-50+8

-12
-6


-1

20

16
10-14


4-6

55

180
250-300


260

Porshensiz
Harakatlanuvchi konusli
-//-
-//-

Marganets rudasi

-60+3

-20+8
-8+3


-3
-1

200 gacha

40-50
18-40


10-15
4-5



67

120-128
140-200


225
350

Porshensiz
Porshenli
-//-
-//-

Harakatlanuvchi konusli



Sochma oltin rudasi

-1

15-30

125-180

Diafragmali

Jarayonni moslash uchun operativ va nooperativ faktorlardan foydalaniladi. Nooperativ faktorlarga konstruktiv va ruda xossalari xamda suv va havo bosimi kiradi. Cho‘ktirish usuli bilan boyitish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilib chiqamiz.



  1. Boyitalayotgan ruda zarrachalarini o‘lchamini kichiklashishi ajralish zichligini (∆r) oshiradi, o‘rtacha ehtimollik farqini (E) ozaytiradi. Ajralish zichligini oshishiga sabab, mayda zarrachalarni ko‘payishi muhitni og‘irlashtiradi. Ikkinchisiga sabab, muhitning geologik hossalarini yomonlashuvi va taglikda mayda zarrachalar harakat tezligini saqlashdir. Masalan: ko‘mirni boyitishda d=6 mm bo‘lsa E=100 kg/m3, ∆r = 14001500 kg/m3 , d=-3+1 mm bo‘lsa E=180-190 kg/m3 , ∆r=1700-1900 kg/m3 bo‘ladi.

Cho‘ktirish usulidan oldin rudalarni shlamlardan tozalash kerak.

  1. Rudani fraksion tarkibi boyitishga katta ta’sir qiladi. Boyitilishi qiyin rudalarda mahsulotlar toza chiqmaydi.

  2. Mexanik mustahkamligi kichik bo‘lsa shlam hosil bo‘lishi mumkin.

  3. Ruda zarrachasini yalpoq bo‘lishi taglik hossalarini yomonlashtiradi.

  4. Yukni kattalashishi cho‘ktirish mashinasida materiallar xarakat tezligini oshirishga, mashinada bo‘lish vaqtni ozaytirishga, ajralish aniqligini kamayishiga olib keladi. Yukni ozayishi esa og‘ir mahsulotni engil zarrachalar bilan ifloslanishiga olib keladi.

6. Tebranishlar chastotasi (pulsatsiya) kam bo‘lsa oqimni yuqoriga harakatlanish tezligi oshirish mumkin, tebranishlar amplitudasi katta bo‘ladi, taglik ko‘tarilishi maksimal darajaga yetadi. Taglikni bo‘shoqligi oshadi. Ammo marom turg‘un bo‘lmaydi.
Tebranishlar chastotasi katta bo‘lsa maromni turg‘unligni yuqori bo‘ladi, ammo taglikning bo‘shoqlik darajasi kamayadi.
7. Havo bosimini oshishi mutanosib ravishda oqimni yuqoriga va pastga harakatlanish tezliklarini, tebranishlar amplitudasini, taglikni ko‘tarilishini oshiradi.
8. Panjara ostiga suv berish yo‘li bilan cho‘ktirish mashinalarining ish faoliyatini yahshilashga (moslashga) osonroq erishiladi.
Panjara ostiga beriladigan suv sarfi

Yüklə 348,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə